Sadiqova Minuraxon Adxamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kuyikdan keyingi kontrakturasi keltirib chiqargan qiyin intubatsiyada anesteziologik usullarni optimallashtirish», 14.00.37–Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib728.
Ilmiy rahbar: Avakov Vyacheslav Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Anvar Sabirjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Isroilova Venera Karipbekova tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot nomi:“A.V.Vishnevskiy nomidagi milliy jarroxlik tibbiyot tadqiqot markazi” Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuyishdan keyingi yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kontrakturalari jarrohligida traxeya murakkab intubatsiyasining qo‘shimcha prognostik mezonlarini ishlab chiqish, nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi va og‘riqsizlantirishni ta’minlashning qiyosiy usullarini tanlash yo‘li orqali anesteziologik vositani optimallashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli prognostik testlar va shkalalar kombinatsiyasidan foydalanib, endotraxeal intubatsiya imkoniyatlari va murakkab nafas yo‘llarini baholashning ob’ektivlashtirish asosida quyishdan keyingi yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kontrakturalari bo‘yicha jarrohlik aralashuvlarini anesteziologik ta’minoti takomillashtirilgan;
o‘rganilayotgan bemorlar guruhida murakkab nafas yo‘llari ko‘rsatkichlarini aniqlashda o‘ziga xos va eng axborotli shkala biz tomonimizdan o‘zgartirilgan hisob bo‘yicha atlant-oksipital burchak yig‘indisining ko‘rsatkichi bilan birgalikda MOSKVA–TD shkalasi ekanligi, ushbu sohalar rekonstruktiv plastik xururgiya anesteziologik vositani tanlashda taqdim etilgan qiyosiy algoritmi ishlab chiqilgan;
kuyishdan keyingi bo‘yin kontrakturalarini mahalliy regionar anesteziya (bo‘yin o‘rama blokadasi va UTT navigatsiyasi asosida pastki jag‘ nervi) ostida ularni bartaraf etish yo‘li orqali jarrohlik aralashuvlarda murakkab nafas yo‘llari masalalarini hal qilishda kompleks yondashuv asoslangan;
traxeyaning kutilishi mumkin bo‘lgan qiyin intubatsiyasini tashxislash uchun murakkab laringoskopiyani bo‘yin old soha chandiqlar joyi, qalqonsimon-tilosti membranalar, tilosti suyagi darajasida oldingi bo‘yin yumshoq to‘qimalari qalinligi ul`tratovush tashxisoti yordamida tashxislashning asoratlarni oldini olishi asoslangan;
yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishli kuyishdan keyingi kontrakturalar va asoratlar uchrash darajasi bo‘yicha rekonstruktiv plastik xururgiyada ko‘chirib o‘tkazilgan teri qoplamalarining haroratli tavsifi, har xil turdagi anesteziologik vositalarning to‘qima kislorodi kuchlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha mikrotsirkulyasiyaga ta’sirini baholash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 30 noyabrdagi №06/32 sonli hulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: turli prognostik test va shkalalar kombinatsiyasidan foydalanib, endotraxeal intubatsiya imkoniyatlari va murakkab nafas yo‘llarini (MNY) baholashning ob’ektivlashtirish asosida quyishdan keyingi yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kontrakturalari bo‘yicha jarrohlik aralashuvlarini anesteziologik usullarni optimallashtirish yo‘llari birinchi marta taklif etilganligi Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati bo‘yicha (20.11.2023 y.; №99) hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (20.11.2023 y.;№368) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:turli prognostik testlar va shkalalar kombinatsiyasidan foydalanib, Yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasining kuyishdan keyingi kontrakturalari bo‘lgan bemorlar uchun eng samarali va o‘ziga xos MNYni baxolash uchun MOSKVA-TD shkalasi va ishlab chiqilgan modifikatsiya bo‘yicha atlanto-oksipital burchagini xisoblash, kasallikning asoratlarini oldini olish va davolash natijalarini yaxshilash, anesteziya asoratlarini kamaytirish orqali bemorlarning xayot sifatini yaxshilash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:turli prognostik test va shkalalar kombinatsiyasidan kuyishdan keyingi yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kontrakturalari bo‘yicha jarrohlik aralashuvlarini anesteziologik ta’minotini optimallashtirish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 6 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 78000 so‘mni va o‘rin kunlarni 2 kunga qisqartirish orqali 156000 ming so‘mga, hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=106) 16536000 iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa:turli prognostik test va shkalalar kombinatsiyasidan foydalanib, endotraxeal intubatsiya imkoniyatlari va murakkab nafas yo‘llarini (MNY) baxolashning ob’ektivlashtirish asosida kuyishdan keyingi yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kontrakturalari bo‘yicha jarrohlik aralashuvlarini anesteziologik usullari optimallashtirilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kuyikdan keyingi kontrakturasi keltirib chiqargan qiyin intubatsiyada anesteziologik usullarni optimallashtirish»mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 06/3048-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘rganilayotgan bemorlar guruhida murakkab nafas yo‘llari ko‘rsatkichlarini aniqlashda o‘ziga xos va eng axborotli shkala biz tomonimizdan o‘zgartirilgan hisob bo‘yicha atlant-oksipital burchak yig‘indisining ko‘rsatkichi bilan birgalikda MOSKVA–TD shkalasi samaradorligi, ushbu sohalar rekonstruktiv plastik xururgiya anesteziologik vositani tanlashda taqdim etilgan qiyosiy algoritmi ishlab chiqilganligi Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati bo‘yicha (20.11.2023 y.; №99) hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (20.11.2023 y.;№368) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarda havo yo‘llari qiyinlashuvi va traxeya intubatsiyasini bashoratlashda o‘ziga xos va eng axborotli shkala biz tomonimizdan takomillashtirish natijasida sezgirlik va spesifiklik ahamiyatli hisoblanadi. Murakkab nafas yo‘llarni bashoratlashda va kuyishdan keyingi yuz bo‘yin, ko‘krak qafasini oldingi yonbosh sohasida eng samarali usul MOSKVA–TD va atlant–oksipital burchak va traxeyaning murakkab intubatsiyasida ROC-AUC tahlili ahamiyatlidir. Sezgirlik va spesifiklik, PPV va NPV mos ravishda 90,9%, 100%, 100%, 96,8% va 72,7%, 83,3%, 61,5% va 89,3% ni tashkil qilish imkonini berdi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yuz, bo‘yin, ko‘krak qafasining yuqori qismlarining kuyishdan keyingi kontrakturasi bo‘lgan bemorlarda havo yo‘llari qiyinlashuvi va traxeya intubatsiyasini bashoratlash atlant-oksipital burchak yig‘indisining ko‘rsatkichi bilan birgalikda MOSKVA–TD shkalasidan foydalanish hisobiga iqtisodiy samaradorlik davolash usuliga qarab alohida bemorlarning umumiy soni uchun hisoblangan umumiy xarajat bilan 1 bemor uchun tashxislash usulini joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samara 24000 so‘mni, bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirishdan tejalgan ulushi 156000 so‘mni, yuz, bo‘yin va ko‘krak sohasining kuyishdan keyingi kontrakturasi bo‘lgan bemorlarda murakkab nafas yo‘llarini faoliyatini tiklash natijasida iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun o‘rtacha 180000 so‘mni va amalga oshirish ko‘lami bo‘yicha (106 nafar bemor) 19 080 000 so‘mni, bir yilda bir bemor uchun 64080000 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi.
Xulosa: yuz, bo‘yin, ko‘krak qafasining yuqori qismlarining kuyishdan keyingi kontrakturasi bo‘lgan bemorlarda havo yo‘llari qiyinlashuvi va traxeya intubatsiyasini bashoratlashda atlant-oksipital burchak yig‘indisining ko‘rsatkichi bilan birgalikda MOSKVA–TD shkalasi qo‘llanilganda har bir bemor uchun o‘rtacha 180000 so‘mni, umumiy nazorat olingan 106 nafar bemor uchun 19 080 000 so‘mni, bir yilda bir bemor uchun 64080000 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kuyikdan keyingi kontrakturasi keltirib chiqargan qiyin intubatsiyada anesteziologik usullarni optimallashtirish»mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 06/3048-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: kuyishdan keyingi bo‘yin kontrakturalarini ul`tratovush navigatsiyasi yordamida bo‘yin o‘rami blokada (BO‘B), uch shoxli nerv shoxlarining regionar blokadasining texnikasini qo‘llash yo‘li orqali jarrohlik aralashuvlarda murakkab nafas yo‘llari masalalarini hal qilishda kompleks yondashuv taklif va tadbiq qilinganligi Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati bo‘yicha (20.11.2023 y.; №99) hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (20.11.2023 y.;№368) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuyishdan keyingi yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasining yuqori qismi kontrakturalarida UTT navigatsiyasi yordamida uch shoxli nervning 3-shoxi va bo‘yin o‘ramining bir va ikki tomonlama blokadasi orqali jarrohlik aralashuvlarda murakkab nafas yo‘llari masalalarini hal qilishdaregionar og‘riqsizlantirishning samarali usuli ishlab chiqilishi regionar, total vena tomiri ichiga anesteziyani yuborish orqali samaradorligi solishtirma aspektlari baholangan. Ul`tratovush uskunalari mavjud bo‘lganda, bemorlarda regionar anesteziyani yuborgandan keyingi traxeyaning intubatsiyasi va o‘pkaning sun’iy ventelyasiyaga extiyoj yo‘qotilishi, traxeya intubatsiyasining asoratlarini va davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish orqali dvolash sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligiquyidagilardan iborat: kuyishdan keyingi yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasining yuqori qismi kontrakturalarida UTT navigatsiyasi yordamida uch shoxli nervning 3-shoxi va bo‘yin o‘ramining bir va ikki tomonlama blokadasi orqali jarrohlik aralashuvlarda murakkab nafas yo‘llari masalalarini hal qilishdakompleks yondashuv asosida bemorga ishlatiladigan anesteziya vositalarini sonini kamaytirish orqali unga sarflanadigan xarajatlarning kamayishi natijasida joriy etilgan usullarning iqtisodiy samaradorligi oshadi: Kuyishdan keyingi kontrakturasi bo‘lgan 1 nafar bemorga analogida–182414 so‘m(umumiy anesteziya narxidan kelib chiqqan holda–sibazon (1 ampula) 5800 so‘m+ketamin 5600 so‘mx2 ampula=12000 so‘m, arduan 8500 so‘mx2 ampula=17000 so‘m, fentanil 3769so‘m x 6 amp=22614 sum +intubatsiya trubkasi (1 dona) 8500 so‘m+laringeal niqob (1 dona) = 100000 so‘m).
Kuyishdan keyingi kontraktura bilan xastalangan 1 nafar bemorda ul`tratovush navigatsiyasi ostida regionar anesteziya paytida qo‘llaniladigan, amalga oshirilgan usulning iqtisodiy samaradorligi: 60000 so‘m (6 ampula 0,5% bupivakain kursi bo‘yicha 7500x6= 45 000 so‘m, igna, 1 dona = 15000 so‘mni, iqtisodiy samaradorlik har bir bemorga davolash kursiga 122414 so‘mni tashkil etadi. Tatbiq ko‘lamiga nisbatan esa 56 nafar bemor uchun 6855184 so‘m iqtisod qilinadi.
Xulosa:kuyishdan keyingi yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasining yuqori qismi kontrakturalarida UTT navigatsiyasi yordamida uch shoxli nervning 3-shoxi va bo‘yin o‘ramining bir va ikki tomonlama blokadasi bemorlar uchun anesteziya uchun sarflangan pulni sezilarli darajada tejash bilan bir qatorda, anesteziya paytida ham, operatsiyadan keyingi davrda ham asoratlar xavfi kamayishiga 6855184 so‘m iqtisod qilinadi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kuyikdan keyingi kontrakturasi keltirib chiqargan qiyin intubatsiyada anesteziologik usullarni optimallashtirish»mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 06/3048-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuz, bo‘yin va ko‘krakning chandiqli kontrakturalari kuzatilgan bemorlarda murakkab intubatsiyani tashxislashda uchun oldingi chandiqlar joyi, qalqonsimon-tilosti membranalar, tilosti suyagi oldingi bo‘yin yumshoq to‘qimalari qalinligi ul`tratovush yordamida tashxislash usuli taklif va tadbiq qilinganligi Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati bo‘yicha (20.11.2023 y.; №99) hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (20.11.2023 y.;№368) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kutilishi mumkin bo‘lgan qiyin intubatsiyani tashxislash uchun oldingi chandiqlar joyi, qalqonsimon-tilosti membranalar, tilosti suyagi oldingi bo‘yin yumshoq to‘qimalari qalinligi ul`tratovush yordamida, samarali mustaqil tashhislash ekanligi aniqlandi. An’anaviy skrining testlari bilan birgalikda ular murakkab intubatsiya ehtimollarini aniqlash imkonini beradi va shifokor anesteziologlarga, anesteziologik usullar taktikasini tanlashda yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: kutilishi mumkin bo‘lgan qiyin intubatsiyani tashxislash uchun oldingi chandiqlar joyi, qalqonsimon-tilosti membranalar, tilosti suyagi oldingi bo‘yin yumshoq to‘qimalari qalinligi ul`tratovush yordamida tashhislashni bemorlarda tadbiq etilish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 122414 so‘mni, tatbiq ko‘lamiga ko‘ra esa (n=106) 12975884 so‘m, bir yilga 1 nafar bemor uchun 44681110 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: bo‘yinning old yuzasi yumshoq to‘qimalari qalinligini tashriholdi ul`tratovush tekshirish murakkab intubatsiyaning axborotli va mustaqil prediktori hisoblanib, ishonchlilikning yuqori darajasini ko‘rsatadi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kuyikdan keyingi kontrakturasi keltirib chiqargan qiyin intubatsiyada anesteziologik usullarni optimallashtirish»mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 06/3048-sonli xati yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: kuyishdan keyingi kontrakturalar va asoratlar uchrash darajasi bo‘yicha rekonstruktiv plastik xururgiyada ko‘chirib o‘tkazilgan teri qoplamalarining haroratli tavsifi, har xil turdagi anesteziologik vositalarning to‘qima kislorodi kuchlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha mikrotsirkulyasiyaga ta’sirini baholash birinchi marta isbotlanganligi Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati bo‘yicha (20.11.2023 y.; №99) hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (20.11.2023 y.;№368) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: regionar anesteziya qilish va mikrotsirkulyasiyani yaxshilash, zararlangan xududda haroratni oshishiga olib keladi, bu esa amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatinini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuyishdan keyingi kontraktura va asoratlar uchrash darajasi bo‘yicha rekonstruktiv plastik xururgiyada ko‘chirib o‘tkazilgan teri qoplamalarining haroratli tavsifi, har xil turdagi anesteziologik vositalarning to‘qima kislorodi kuchlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha mikrotsirkulyasiyaga ta’sirini baholab 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 122414 so‘mni, tatbiq ko‘lamiga ko‘ra esa (n=56) 6 855 184 so‘mni, bir yilga 1 nafar bemor uchun 43579384 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: kuyishdan keyingi kontrakturalar va asoratlar uchrash darajasi bo‘yicha rekonstruktiv plastik xururgiyada, tashrih sohasi va ko‘chirib o‘tkazilgan teri qoplamalarining yasharish darajasi, ularning kislorod bilan to‘yinishi va harorat gradientida mikrotsirkulyasiyaga regionar anesteziyaning ijobiy ta’siri baholangan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kuyikdan keyingi kontrakturasi keltirib chiqargan qiyin intubatsiyada anesteziologik usullarni optimallashtirish» mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy yangiligini boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 06/3048-sonli xati yuborilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz, bo‘yin va ko‘krak qafasi kuyikdan keyingi kontrakturasi keltirib chiqargan qiyin intubatsiyada anesteziologik usullarni optimallashtirish» mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy yangiligini boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 06/3048-sonli xati yuborilgan.