Yusupov Akmal Po‘latovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertasiya himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Brusellyozning seroepidemiologik tashxisotini takomillashtirish» 14.00.30-Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.2.PhD/Tib1986.
Ilmiy rahbar: Qosimov Odiljon Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar:Mamatqulov Ibrohim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ne’matov Aminjon Sabdarovich,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi brusellyozning seroepidemiologik tashxisotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor chiziqli regressiya usuli  bilan bashorat qilinganda  brusellyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini oshishi asoslangan;
ilk bor B.abortus 19 tirik vaksina shtammlari bilan emlanganda,  faolsizlantirilgan brusella kulturasi suspenziyasi bilan emlanganga nisbatan barqaror va davomli immun javob shakllanishi asoslangan;
ilk bor B.melitensis 16 M, B.abortus 544 va B.suis 1330 etalon shtammlar yordamida diagnostik zardoblarning faolligi isbotlangan;
ilk bor gemokulturadan ajratilgan brusellalarni identifikasiyasida polivalent, brusellyoz diagnostik zardobidan foydalanish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 14 dekabr 3 n-z/26 -son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor chiziqli regressiya usuli bilan bashorat qilinganda brusellyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini ortishi asoslangan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qashqadaryo  va Toshkent viloyatlari boshqarmalarining O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalari amaliyotiga joriy etilgan (SSV ning 2023 yil 04 yanvardagi 8i-z/5-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: matematik usulda brusellyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichlari chiziqli regressiya usuli bilan bashorat qilinganda,  brusellyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini ortishini oldindan bashorat qilish profilaktik chora-tadbirlar sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: matematik usulda brusellyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichlari chiziqli regressiya usuli  bilan bashorat qilinganda  brusellyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini ortishini oldindan bashorat qilish erta epidemiologik tashxislash va erta o‘tkir davrida tashxis qo‘yish orqalibrusellyozning surunkali shaklini yuqumli kasalliklar shifoxonasida bir nafar bemorni davolanishi uchun bir kuniga sarflanadigan xarajatlarini 98773 so‘mga, bir kurs davolanish uchun davlat byudjetidan 987730 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: chiziqli regressiyali bashorat qilish  usulini qo‘llash, brusellyozning epidemik o‘choqlarini tez va o‘z vaqtida baholash hamda bartaraf etish bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilish hamda brusellyozning surunkali shaklinibir kurs davolanishi uchun davlat byudjetidan 987730 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Brusellyozning seroepidemiologik tashxisotini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 26 avgustdagi 04/616-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor B.abortus 19 tirik vaksina shtammlari bilan emlanganda, faolsizlantirilgan brusella kul`turasi suspenziyasi bilan emlanganga nisbatan barqaror va davomli immun javob shakllanishi asoslangan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qashqadaryo  va Toshkent viloyatlari boshqarmalarining O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalari   amaliyotiga joriy etilgan (SSV ning 2023 yil 04 yanvardagi 8i-z/5-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tirik vaksina bilan sezgirligi yuqori va maxsus diagnostik zardob olish hisobiga bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yiladi, kasallikni surunkali shakliga o‘tishini oldini olinadi, rezidual brusellyozning, nogironlikning  kelib chiqishini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tirik vaksina bilan sezgirligi yuqori va maxsus diagnostik zardob olish hisobiga bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yilib, bemorlarda nogironlikni oldini olish orqali, bir oyda nogironlikga to‘lanadigan bir nafar bemorga sarflanadigan 747000 so‘m, bir yilda 8964000 so‘m nafaqalar iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tirik vaksinadan foydalanib olingan diagnostik zardoblar bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yilib, nogironlikni oldini olishga xizmat qiladi va bir yilda nogironlikga sarflanadigan 8964000 so‘m nafaqalarni iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Brusellyozning seroepidemiologik tashxisotini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 26 avgustdagi 04/616-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor B.melitensis 16 M, B.abortus 544 va B.suis 1330 etalon shtammlar yordamida diagnostik zardoblarning faolligi isbotlangan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari boshqarmalarining O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalari amaliyotiga joriy etilgan (SSV ning 2023 yil 04 yanvardagi 8i-z/5-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: etalon shtammlar zardobning yuqori faolligini tasdiqlashi, uning sezgirligi yuqoriligi va maxsusligidan dalolat beradi, bu esa diagnostik zardob olish hisobiga bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va kasallikni surunkali shakliga o‘tishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: etalon shtammlar zardobning yuqori faolligini tasdiqlashi, uning sezgirligi yuqoriligi va maxsusligidan dalolat beradi, bu esa diagnostik zardob olish hisobiga bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yilishi orqali brusellyozning surunkali shaklini yuqumli kasalliklar shifoxonasida bir nafar bemorni davolanishi uchun bir kuniga sarflanadigan xarajatlarini 98773 so‘mga va tashxisotiga sarflanadigan xarajatlarini 128000 so‘mga, bir kurs davolanish va tashxisoti uchun davlat byudjetidan 1115730 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Diagnostik zardoblarning B.melitensis 16 M, B.abortus 544 va B.suis 1330 etalon shtammlar bilan yuqori faolligi shuni ko‘rsatadiki, olingan diagnostik zardoblar brusellyozning barcha turdagi shtammlarini aniqlash imkonini beradi va tashxisoti hamda davolanish uchun sarflanadigan xarajatlarini 1115730 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Brusellyozning seroepidemiologik tashxisotini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 26 avgustdagi 04/616-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor gemokul`turadan ajratilgan brusellalarni identifikatsiyasida polivalent, brusellyoz diagnostik zardobidan foydalanish mumkinligi isbotlangan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qashqadaryo  va Toshkent viloyatlari boshqarmalarining O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyalari   amaliyotiga joriy etilgan (SSV ning 2023 yil 04 yanvardagi 8i-z/5-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: polivalent, brusellyoz diagnostik zardobidan foydalanish hisobiga bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yiladi, kasallikni surunkali shakliga o‘tishini oldini olinadi, rezidual brusellyozning, nogironlikning kelib chiqishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: polivalent, brusellyoz diagnostik zardobidan foydalanish hisobiga bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yiladi, kasallikni surunkali shakliga o‘tishini hamda nogironlikning kelib chiqishini oldini olish orqali 1 nafar bemorni davolanishiga va nafaqasiga sarflanadigan jami xarajatlari 1724773 so‘mga iqtisod qilinadi. Xulosa: gemokul`turadan ajratilgan brusellalarni identifikatsiyasida polivalent, brusellyoz diagnostik zardobidan foydalanish brusellyozga o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkonini beradi va bemorlarni davolash hamda nafaqasiga sarflanadigan jami xarajatlari 1724773 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:«Brusellyozning seroepidemiologik tashxisotini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 26 avgustdagi 04/616-sonli xat yuborilgan.
Bemorlardan ajratilgan brusellyoz qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Agglyutinasiya reaksiyasi uchun polivalent, brusellyoz diagnostik zardobi» nomli  Vaqtinchalik farmakopeya moddasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi TV/M 00664/07/23 – sonli guvohnoma). Mazkur Vaqtinchalik farmakopeya moddasi brusellyoz diagnostik zardobining sifatini davlat standartiga muvofiqligini aniqlash imkonini bergan. Agglyutinasiya reaksiyasi uchun polivalent, brusellyoz diagnostik zardobini mamlakatimizda ishlab chiqarish orqali chet eldan 1 ml diagnostik zardob olib kelishga sarflanadigan 624000 so‘m, bir yilga 46800000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish