Shamsiddinova Ra’noxon Najmiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy Nil isitmasi virusologik va epidemiologik jihatlari», 03.00.04 –Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/Tib609.
Ilmiy rahbar: Asilova Muhayyo Ubaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiyopponentlar: Ne’matov Aminjon Sabdarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuruzova Zuxra Abdikadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: L.M. Isaev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga moyilik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy Nil istmasi virusi va boshqa arboviruslarning bir qator virusologik, molekulyar-genetik, serologik va epidemiologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor G‘arbiy Nil istmasi virusining shtami bemorning orqa miya suyuqligidan ajratilib, LD50 ko‘rsatkichi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonda Denge virusi aniqlangan va uning shtami ajratilgan, ushbu virusning LD50 ko‘rsatkichi aniqlangan;
etiologiyasi noaniq isitmali bemorlarda seroz meningitni keltirib chiqaradigan omillardan biri G‘NI virusi ekanligi aniqlangan;
ilk bor respublikada sog‘lom aholi vakillari orasida G‘arbiy Nil istmasi virusiga nisbatan paydo bo‘lgan seroprevalensiyasi ko‘rsatkichlari asosida virus o‘choqlari mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Ekspert kengashning 2023 yil 22 noyabrdagi 2n-z/23-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor G‘arbiy Nil Istmasi virusining shtami bemorning orqa miya suyuqligidan ajratildi, ushbu virusning in vitro usulida izlanishlar olib borilib, LD50 ko‘rsatkichi aniqlandi va ajratilgan shtamm I-II guruh patogenlar Milliy kolleksiyasi laboratoriyasiga topshirildi (Karantin va o‘ta havfli yuqumli kasalliklar muhofazasi Markazining patogen biologik agentlarning Milliy kolleksiyasi laboratoriyasiga topshirganligi to‘g‘risidagi 2018 yil 24 apreldagi dalolatnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari G‘NI infeksiyasining erta tashxisotini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, Samarqand viloyat klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialida o‘rganishlar amalga oshirildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 8n-r/273-son xulosasi). Ilmiy yanglikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘ta xavfli patogenlarni to‘plash va o‘rganish tegishli yuqumli kasalliklarni tashxislash, oldini olish va davolashning yangi usullarini ishlab chiqishga imkon beradi. Ilmiy yanglikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: isitmasi noaniq bo‘lgan bemorlarning G‘NI virusga tekshirish iqtisodiy xarajatlari, nerv sistemasi (demensiya, shol, eshitish va gapirishda salbiy o‘zgarishlar, v.h.) kasalliklarini davolashdan kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytiradi, bu har bir bemorga yiliga 94 372 334 so‘m, isitmasi noaniq bemorning G‘NI virusiga skrining tekshiruvi esa, 175 426 so‘mni tashkil etdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda Denge virusi aniqlandi va uning shtami ajratildi, ushbu virusning LD50 ko‘rsatkichi aniqlangan, ajratilgan shtamm I-II guruh patogenlar Milliy kolleksiyasi laboratoriyasiga topshirildi (Karantin va o‘ta havfli yuqumli kasalliklar muhofazasi Markazining patogen biologik agentlarning Milliy kolleksiyasi laboratoriyasiga topshirganligi to‘g‘risidagi 2018 yil 24 apreldagi dalolatnomasi). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xalqaro miqiyosda tez tarqalishi ehtimolligi katta virusli isitmalar qatoriga kiritilgan Denge virusi, Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarida aks etilgan. Shu qatorda Vazirlar Mahkamasining 31 iyul 2015 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarori asosida, hamda 18 noyabr 2019 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi» Vazirlar Mahkamasining qarorining 70 bandida aks etilgan ko‘rsatmalar asosida boshqa mamlakatlardan kirib keluvchi barcha gumonli (isitmasi mavjud, holsiz holatdagi, terida toshmalari bor, v.h.) sayohatchilar Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi tabiiy o‘choqli o‘ta xavfli virusli infeksiyalar laboratoriyasida tekshirilib kelmoqda. Ilmiy yanglikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Denge kasalligining o‘rta og‘irligidagi klinik shakli bilan kasallangan bemorlarda uzoq vaqt davomida (2-3 oygacha) holsizlik, bosh og‘rig‘i, mushaklar va suyakdagi og‘riqlar kuzatiladi. Agar tashxisoti va davolash choralari kechikib bajarilsa gemorragik shok holati (20%)ga o‘tib ketishi mumkin. Ilmiy yanglikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Denge kasalligining engil klinik shaklini davolashda bitta bemor uchun, bir kunda 260 000 so‘m sarflansa, og‘ir shakldagi bitta bemorning davosi 4 023 174 so‘mni tashkil etadi;
uchinchi ilmiy yangilik: etiologiyasi noaniq isitmali bemorlarda seroz meningitni keltirib chiqaradigan omillardan biri G‘NI virusi ekanligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasidan joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 8n-r/273-son xulosasi). Ilmiy yanglikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 36 dona keltirilgan OMS namunalarining 12%da G‘NI virusining markyori aniqlangan. Bu esa etiologiyasi noaniq isitmali bemorlarning tashxisotining ahamiyatli ekanligini isbotlaydi, shu qatorda og‘ir kechuvchi neyroinvaziv kasalligini oldini olish uchun zamin yaratadi. Ilmiy yanglikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: G‘NI asoratlaridan biri bo‘lmish serozli meningitning erta tashxisoti isitmasi noaniq bemorlarning skriningini o‘tkazgan holda, meningit va menigoensefalitli bemorlarni davolashdan kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Engil shakldagi G‘NI kasalligining davosi har bir bemorga yiliga 2 420 400 so‘mni tashkil etsa, meningial simptomlar bilan kechuvchi G‘NI kasalligining davosi har bir bemorga yiliga 94 372 334 so‘mni tashkil etgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor respublikada sog‘lom aholi vakillari orasida G‘arbiy Nil istmasi virusiga nisbatan paydo bo‘lgan seroprevalensiyasi ko‘rsatkichlari asosida virus o‘choqlari mavjudligi isbotlangan, olingan ma’lumotlar asosida hududiy xarita tuzilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti tabiy o‘choqli o‘ta havfli virusli infeksiyalar laboratoriyasi amaliyotiga joriy qilindi. Ilmiy yanglikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: virusni epidemiologik jihatlarini aniqlanib, boshqa arbovirus vakillarning hududiy xaritasini tuzish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: G‘NI virusini hududlar bo‘ylab tarqalishini aniqlash o‘ta xavfli viruslar bilan kurashish chora-tadbirlar uchun ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanishga, ya’ni kasallikni tarqalishining yuqori bo‘lgan hududlarga ko‘proq e’tibor qaratishga asos bo‘ldi. Denge kasalligining engil klinik shaklini davolashda bitta bemor uchun, bir kunda 260 000 so‘m sarflansa, og‘ir shakldagi bitta bemorning davosi 4 023 174 so‘mni tashkil etadi, ajratib olingan virusni virusologik jixatlarini aniqlash kelgusida kasallikni maxsus profilaktikasini amalga oshirish, kasallik o‘choqlarini erta aniqlash va  davolashga saralanadigan mablag‘larni tejash imkonini yaratgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 8n-r/273-son xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish