Normo‘minov Bahodir Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zgaruvchan qalinlikli qovushqoq-elastik plastina va qavariq qobiqlarning nochiziqli parametrik tebranishlarini baholash uchun samarali algoritm va dasturlar ishlab chiqish”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” hamda 01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/FM885
lmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor Abdikarimov Rustamxan Alimxanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huziridagi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor Mavlonov Tulqin
Yetakchi tashkilot – Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zgaruvchan qalinlikdagi plastinkalar va qavariq qobiqlar tipidagi yupqa devorli konstruksiyalar qovushqoq elastik elementlarining katta deformatsiyalardagi dinamikasini hisoblashning matematik modellari va ularning nazariy asoslarini ishlab chiqish, IDT sistemalari asosida deformatsiyalanuvchi sistemalarning matematik modelini ishlab chiqish, yupqa devorli konstruksiyalarning qovushqoq elastiklik elementlarining nochiziqli parametrli tebranishlari haqidagi masalalarni echish uchun sonli usullarini, hisoblash algoritmlarini va dasturiy muhitni yaratish va qovushqoq elastiklik elementlarining kuchlanishli-deformatsiyali hamda ularning dinamik holatini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Bir jinsli bo‘lmagan materialning qovushqoq-elastiklik xususiyatlarini va davriy kuchlar ta’sirida konstruksiyaning geometrik nochiziqli deformatsiyasini hisobga olgan holda, yupqa devorli konstruksiyalar elementlarining dinamik harakatini baholash va prognoz qilish uchun matematik model ishlab chiqilgan.
Materialning qovushqoq-elastiklik xossalari va konstruksiyalarning geometrik nochiziqli deformatsiyasini hisobga olgan holda davriy dinamik kuchlar ta’siri ostida o‘zgaruvchan qalinlikdagi yupqa devorli konstruksiyalar elementlarining mustahkamligini baholash uchun shaxsiy kompyuterlarda uslublar, algoritmlar va dasturlar yaratilgan.
Yaratilgan dastur va hisoblash eksperimenti asosida o‘zgaruvchan qalinlikdagi qovushqoq-elastik izotrop, ortotrop plastinalar va qavariq qobiqlarning nochiziqli parametrik tebranishlari masalalari uchun dinamik noustuvorlik sohalari chegaralarini belgilashga berilgan geometrik o‘lchamlar va mexanik xususiyarlarining ta’siri tahlil qilingan.
Ko‘chishlar va solqiliklarning ko‘phadli aproksimatsiyasi yaqinlashuvi asosida qovushqoq-elastik o‘zgaruvchan qalinlikdagi ortotrop, izotrop to‘g‘ri burchakli plastina va qavariq qobiqlar parametrik tebranishlari uchun dinamik noustuvorlik sohasi chegaralarini baholash imkoniyatlari o‘rganilgan va materialning qovushqoq-elastik xususiyatlarini hisobga olgan holda dinamik noustuvorlik sohasi chegaralarining torayishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining guvohnomalari (hammualliflikda) bilan himoyalangan bir qator kompyuter dasturiy mahsulotlari ishlab chiqilgan (№DGU 05428.15.05.2018 va №DGU 13846.18.05.2021).Bu dasturiy mahsulotlar katta deformatsiyalarda o‘zgaruvchan qalinlikli yupqa devorli konstruksiyalar qovushqoq-elastik elementlari parametrik tebranishlarining dinamik xususiyatlarini hisoblash imkonini beradi.
Ilmiy-tadqiqot ishining ba’zi natijalari, yaʼni, tadqiqotning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha olingan matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturlar hozirda “REAL Lion Houses” va “Grand Capital” MChJ lar tomonidan qurilayotgan bino va inshootlarning mustahkamligi va chidamliligini baholashda qo‘llanilmoqda (ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tadbiq qilish bo‘yicha dalolatnomalar ilova qilingan).

Yangiliklarga obuna bo‘lish