Adilov Farxadjan Foziljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Plastik deformatsiyalanishni hisobga olgan holda yoriqlarga ega bo‘lgan materiallarni mustahkamlikka hisoblash usulini ishlab chiqish», 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM511.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abirov Rustam Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Axmedov Akram Burxanovish, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Abdusattorov Abdusamat, texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi materiallarning haqiqiy xususiyatlarini, yoriqlar shaklida to‘plangan shikastlanishlarni hisobga olgan holda konstruksiya elementlarini hisoblash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoriqlarga ega bo‘lgan plastinalarda kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlashning nochiziqli masalasi chegaraviy elementlar usulida shakllantirilgan va chekli soha uchun echish usuli Papkovish-Neyberning fundamental echimiga asosan ishlab chiqilgan;
ko‘chishlardagi elastiklik nazariyasi masalasini fundamental echimi asosida kuchlanish konsentratorlari mavjud bo‘lgan materiallarning nochiziqli masalasini echish uchun uzlukli ko‘chishlar usuli ishlab chiqilgan;
yoriqlarning rivojlanishiga oid tekis masala sonli echimlariga asoslangan hisoblar natijasiga ko‘ra kuchlanish konsentratsiyasi qiymatining  yoriq o‘lchamiga bog‘liqligining grafik ko‘rinishidagi qonuniyati taklif qilingan hamda boshlang‘ich yoriqqa ega bo‘lgan jismda chegaraviy shartlarning kuchlanish konsentratsiyasiga bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
anizotrop muhit sifatida muntazam yoriqlar tizimiga ega bo‘lgan jism modellashtirilgan, chegaraviy integral tenglamalar usuli asosida uni echishning sonli sxemasi taklif qilingan va uning asosida chegaraviy masalani echish uchun sonli natijalar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Plastik deformatsiyani hisobga olgan holda yoriq materiallarning mustahkamligini hisoblash usulini ishlab chiqish bo‘yicha dissertatsiya ishida olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich yoriqlarga ega bo‘lgan metall, temir-beton va kompozit panel materiallarda yoriqlar ta’sirini statik yuklanganlik holatini hisoblash usuli Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi “FARPI HITECh ENGINEER” UK tomonidan binolarini texnik holatini baholash uchun qo‘llanilgan (O‘zR qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yildagi 22 iyunidagi 24-06/6801-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari turar-joy binolarining texnik holatini baholash va ularning mustahkamligini ta’minlash uchun yoriqlarni hisobga olib ishlov berishda mehnat unumdorligi 1.2 baravar oshishiga va ob’ektlarning buzilishi ehtimoli kamayishiga erishilgan;
bino va inshootlarni tashkil etgan qurilish materiallarida boshlang‘ich yoki paydo bo‘lgan yoriqlarni tarqalishi, statik charchashlarini aniqlash va kechiktirilgan buzilishlarni oldini olish uchun ishlab chiqilgan usuli Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi “FARPI HITECh ENGINEER” UK tomonidan Farg‘ona shahri, Sh.Rashidov MFY, S.Temirov ko‘chasi, 57d-uyda joylashgan 5 qavatli turar joy binosini zilzilabardoshlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazish, konstruksiyalarining seysmik mustahkamligini baholashga joriy etilgan (O‘zR qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yildagi 22 iyunidagi 24-06/6801-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari kompozit materiallarning to‘plangan shikastlanish darajasini hisoblash va uning parametrlarini nazariy usullar bilan aniqlash, eksperimental tajribalar o‘tkazishga nisbatan iqtisodiy samaradorligini 18% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish