Saynazarov Abdukaxxar Matibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sulfidli mis boyitmalarini kislorod mash’ala eritish pechida qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2855.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Soxibjon Turdalievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Tolibov Behzod Ibrohimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: MTTU “MISiS”ning Olmaliq fliali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rangli metallarning minimal yo‘qotilishini va ularni xomaki misga maksimal darajada ajratib olishni ta’minlaydigan kislorod mash’ala eritish pechida mis sulfidli boyitmalarini qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
misni ajratib olishni qiyinlashtiradigan magnetit miqdorini kamaytirishda kvars birikmalarini qo‘llash orqali sulfidli mis boyitmalarini qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;
kislorod mash’ala eritish pechida maxsus yondirgichlar orqali shixta va texnik kislorodni etkazib berish burchagini o‘zgartirish orqali vodorod sulfidining gaz fazasida qolish vaqtini qisqartirish hamda chiqindi gazlar bilan shixtadagi asosiy komponentlarning yo‘qotilishini 4-5% ga kamaytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
shlakdagi mis tarkibiga ta’sir qiluvchi asosiy omil pechdagi issiqlik rejimining buzilishi va kislorodning solishtirma sarfi nazariy jihatdan talab qilinadigan miqdoriga nisbatan o‘zgarishi ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
kislorod mash’ala pechida eritiladigan shixtaning tarkibiga qarab jarayonning optimal rejimlarini hisoblash uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan.
eritishdan hosil bo‘lgan shlaklarni issiqlik energiyasi ta’sirida 5-10 mikrondan 50-70 mikrongacha bo‘lgan mayda mis va uning sulfidlari zarralari koagulyasiyasi sodir bo‘lish dinamikasi asosida pechdan tashqarida “kovsh” (cho‘mich)larda sekin sovitish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kislorod mashʼala pechiga texnik kislorod berishdan oldin shixta tarkibiga kremniy asosli xom ashyo  qo‘shib yuklash texnologiyasi joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yil 5 apreldagi SL 0456-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida eritmada hosil bo‘ladigan magnetitning miqdori pasayib, shlakda misning yo‘qolishini 0,3 - 0,5% ga kamaytirish imkonini bergan.
Kislorod mashʼala pechiga maxsus yondirgichlar orqali shixta va texnik kislorodni berish burchagini 260 dan 300 gradusga o‘zgartirish texnologiyasi joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yil 5 apreldagi SL 0456-son ma’lumotnomasi). Natijada sulfidli mis boyitmasini gaz fazasida bo‘lish vaqtini kamayishiga, pech futerovkasini tez emirilishini oldini olishga hamda shixta tarkibidagi asosiy komponentlarnining gaz bilan yuqolishini 4-5% ga kamaytirish imkonini bergan.
Sulfidli mis boyitmalarini kislorod mashʼala pechida eritishda kislorodni berish ko‘rsatkichini o‘zgartirish orqali pechdagi issiqlik harakatlanish tartibini boshqarish texnologiyasi joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yil 5 apreldagi SL 0456-son ma’lumotnomasi). Natijada shlakda ko‘pik hosil bo‘lish jarayoni kamaydi hamda shteynga misning o‘tish darajasi 94,0-95,0% ga oshirishga erishilgan. Joriy etishdagi yillik iqtisodiy samaradolik 702 760 950 (etti yuz ikki million etti yuz oltmish ming to‘qqiz yuz ellik) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish