Qaxxorov Uktam Abduraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poymadagi ko‘ndalang dambalar bilan simmetrik siqilgan oqim qonuniyatlari», 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T535.
Ilmiy rahbar: Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Davranov Gulamjan Turabovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zan va poymaning har xil g‘adir-budurliligi, o‘zandagi va poymadagi oqimlarning o‘zaro ta’sirini inobatga olgan holda poymada simmetrik joylashgan ikki tomonlama ko‘ndalang dambalarni hisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poymadagi oqimni ikki tomonlama tanasidan suv o‘tkazmas ko‘ndalang dambalar bilan siqilgan holati uchun yuqori uyurma zonalar uzunligini, yuza bo‘yicha siqilish koeffisientini, dimlanishni hisoblash usullari o‘zan va poymadagi oqimlarning o‘zaro ta’sirini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
poymadagi dambalar bilan simmetrik siqilgan kesimdagi tezlikni hisoblash usuli dambaning o‘rnatilish burchagi va sarf bo‘yicha siqilish koeffisientini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
poymadagi tanasidan suv o‘tkazmas ko‘ndalang dambalar bilan simmetrik siqilgan oqimning siqilish zonasidagi tezlik maydonini hisoblash usuli tezliklarni notekis taqsimlanishini, bo‘ylama va ko‘ndalang sath o‘zgarishlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
siqilgan kesimdan keyin oqimning yoyilish tartibotlari, uyurma zonasining uzunligini hisoblash o‘zan hamda poymaning bir xil va har xil g‘adir-budurliklarini, o‘zandagi va poymadagi oqimlarning o‘zaro ta’sirini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poymadagi tanasidan suv o‘tkazmas ko‘ndalang dambalar bilan ikki tomonlama simmetrik siqilgan oqimni hisoblash usullaridan olingan natijalar asosida:
ikki tomonlama poymali daryolarda o‘zandagi va poymadagi oqimlarning o‘zaro ta’siri zonasida tezlik taqsimlanishi, siqilgan kesimdagi tezlikni hisoblash usuli, siqilgan kesimdan keyingi oqimning yoyilishi tartibotlari, yuvilish zonasi chegaralarini belgilash va damba boshidagi maksimal chuqurlikni hisoblash usullari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli “Qaramazi-Qilichbay” irrigatsiya tizimlari boshqarmasida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 16 dekabrdagi 02/23-635/1-son ma’lumotnomasi). Natijada siqilgan kesimda va yoyilish zonalarida tub va qirg‘oq yuvilishlarini oldini olish imkoni yaratilgan;
o‘zan hamda poymaning har xil g‘adir-budurliligi va oqimlarning o‘zaro ta’sirini inobatga olgan holda uyurma zonasining uzunliklarini va dambalar oralig‘idagi masofani to‘g‘ri belgilash usullari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi «O‘zsuvta’mirfoydalanish» respublika birlashmasiga qarashli Qirg‘oqlarni himoyalash dambalari va o‘zanlarni tartibga solish inshootlari boshqarmasida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 16 dekabrdagi 02/23-635/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida daryo qirg‘oqlaridagi oqimni asosiy o‘zanga boshqarish va poymadagi ekin maydonlarini suv bosishidan himoya qilish imkonini bergan.