Latipov Saidmurod Tuyg‘unovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yog‘-moy korxonalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T2506.
Ilmiy rahbar: Jalilov Rashid Babakulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar:
Toirov Olimjon Zuvurovich – texnika fanlari doktori, professor.
Odamov Umarboy Omonovich – texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarining elektr energiyasi iste’moli rejimlarini tahlil qilish asosida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘-moy korxonalaridagi texnologik agregatlarning quvvat iste’moli o‘zgarishini hisobga olgan holda energiya samarador ish rejimlarini aniqlash va energetik xarakteristikalarni qurish imkonini beruvchi universal algoritm va matematik model ishlab chiqilgan;
yog‘-moy korxonalarida chigitning navi, moyliligi, namligi va miqdori uchun sarflanayotgan energetik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda elektr energiyasini tejash zahiralarini baholash usuli ishlab chiqilgan;
yog‘-moy korxonalarining chigit, qora moy, rafinatsiyalangan moy, shulxa va shrot uchun elektr energiya solishtirma sarfining umumlashgan me’yor ko‘rsatkichlarini asosiy va yordamchi texnologik agregatlarining energetik xarakteristikalari asosida aniqlash imkonini beruvchi korrektirovkalash usuli takomillashtirilgan;
yog‘-moy korxonalarida energiya samaradorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy texnologik omillarni ko‘p omilli regression tahlil usuli asosida mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan elektr energiya solishtirma sarfini aniqlash imkonini beruvchi prognozlash modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
yog‘-moy korxonalarida energiya samarador ish rejimlarini aniqlash uchun texnologik agregatlarning energetik xarakteristikasini olish imkonini beradigan matematik model va universal algoritm asosida elektron hisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur «EVROSNAR» MChJ da joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligining 2023 yil 18 sentyabrdagi 04-13-5523 - son ma’lumot-nomasi). Natijada, texnologik agregatlarni energiya samarador ish rejimida ishlatish hisobiga yiliga 75258 kW·h elektr energiyasini tejash imkonini bergan;
yog‘-moy korxonalarida elektr energetik ko‘rsatgichlar asosida chigitning navi, moyliligi, namligi va miqdoriga bog‘liq holda elektr energiyasini tejash zahiralarini baholash usuli «EVROSNAR» MChJ da joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligining 2023 yil 18 sentyabrdagi 04-13-5523 - son ma’lumot-nomasi). Natijada, chigit namligini me’yoriy ko‘rsatkichlarini ta’minlash hisobiga 33,866 mln.so‘m iqtisod qilishga erishilgan;
chastotaviy boshqariladigan asinxron elektr yuritma asosida moy pressining energiya va resurs tejamkor ish rejimlari «EVROSNAR» MChJ da joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligining 2023 yil 18 sentyabrdagi 04-13-5523 - son ma’lumot-nomasi). Natijada, moy pressining paxta chigiti uchun solishtirma elektr energiya sarfi 0,49 kW·h/t ga kamaytirishga va yillik 24917 kW·h elektr energiyasini tejashga erishilgan.