Kodirova Dildora Allayorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homila saqlay olmaydigan antifosfolipid sindrom, gipergomotsisteinemiya bor ayollarda gemostaz tizimining holati» 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD/Tib2557.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12. 2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Babadjanova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, Dudina Galina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlik paytida antifosfolipid antitanachalar aniqlangan ayollarda gomotsistein darajasini endotelial disfunksiyani aks ettiruvchi gemostaziologik, gematologik, immunologik ko‘rsatkichlar xamda trombotsitlar faolligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni `aholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antifosfolipid antitanachalar va gomotsistein me’yorida bo‘lgan homilador ayollarda trombotsitlarning intravaskulyar faollashishi va morfologik o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
gomotsistein me’yorida bo‘lsa ham antifosfolipid antitanachalar mavjud bo‘lganda, endotelial disfunksiya markyorlari anneksin 5 va PAI 1 darajasi oshishi aniqlangan;
homiladorlarda gomotsistein me’yoriy ko‘rsatkichlarida antifosfolipid antitanachalari mavjud bo‘lgan guruhlarda fibrinolizni ishonchli pasayishi aniqlangan;
antifosfolipid antitanachalar va gomotsistein ko‘rsatkichlar asosida homilador ayollarda gemostaz tizimidagi buzilishlarni erta tashxislash va oldini olish yo‘llari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 27-fevral №7n-r/2 sonli xulosasi (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha) Sog‘liqni saqlash vazirligiga Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 30 noyabrdagi 10-sonli bayonnomasi yuborilgan;
birinchi ilmiy yangilik: antifosfolipid antitanachalar va gomotsistein me’yorida bo‘lgan homilador ayollarda trombotsitlarning intravaskulyar faollashishi va morfologik o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan, olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shahridagi 2-son tug‘ruq kompleksiga 01.09.2022 yildagi №296-sonli buyruq hamda Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksiga 14.09.2022 yildagi №188-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxis usullari va ular asosidagi kuzatuv algoritmidan foydalanish, tromboz xavfi mavjud bo‘lgan homila saqlay olmaydigan ayollarni erta tashxislash imkonini beradi va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gomotsistein darajasi me’yorida bo‘lgan, lekin antifosfolipid antitanachalar mavjud homilador ayollarda, trombotsitlarning intravaskulyar faollashishi va morfologik o‘zgarishlarni aniqlash tashxis usuli homila saqlay olmaydigan 78 ta ayollarda tromboz xavfini erta tashxislash va o‘z vaqtida davolash choralari natijasida homilani saqlab qolish va homilador ayollarni shifoxonada yotqizish vaqtini qiqarishi hamda shifoxonada yotib davolanish xarajatlari kamayishiga olib kelgan. Homilador ayollarni shifoxonada yotish muddatini 10 kundan 5 kungacha (5 kunga) qisqartirtirib, harajatlar 78 ta homilador ayolga xisoblanganda 32 760 000 so‘mga kamaygan (tug‘ruqqa tayyorlash majmuasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun yotish 84.000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: homila saqlay olmaydigan antifosfolipid sindromi, gipergomotsisteinemiya bor ayollarda taklif etilgan trombotsitlar agregatsiyasi intravaskulyar faolligi, morfologik tuzilishning o‘zgarishini aniqlash tashxis usuli tromboz xolatini oldini olish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: gomotsistein me’yorida bo‘lsa ham, antifosfolipid antitanachalar mavjud bo‘lganda, endotelial disfunksiya markyorlari anneksin 5 va PAI 1 darajasi oshishi aniqlangan, olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shahridagi 2-son tug‘ruq kompleksiga 01.09.2022 yildagi №296-sonli buyruq hamda Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksiga 14.09.2022 yildagi №188-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endotelial disfunksiya mavjudligini ko‘rsatib beradigan anneksin 5 va plazminogenni faollashtiruvchisiing ingibitori PAI 1ni tashxislash amaliyotda homiladorlikda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga va kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anneksin 5 va plazminogenni faollashtiruvchi ingibitori PAI 1ni tashxislash hisobiga shifoxonada davolanish muddati qisqarishi natijasida harajat kamayib, 78 ta bemor uchun 12 983 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: gomotsistein me’yor darajasida bo‘lgan antifosfolipid antitanachalar mavjud homilador ayollarda anneksin 5 va plazminogen aktivator ingibitori orqali endotelial disfunksiyaning markyorlarini aniqlash homiladorlik asoratlarining oldini olish uchun muhim tashxisiy ahamiyatga ega.
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlarda gomotsistein ko‘rsatkichi me’yor darajasida bo‘lsa ham, antifosfolipid antitanachalari mavjud bo‘lgan guruhlarda fibrinolizni ishonchli pasayishi aniqlangan, olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shahridagi 2-son tug‘ruq kompleksiga 01.09.2022 yildagi №296-sonli buyruq hamda Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksiga 14.09.2022 yildagi №188-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gomotsistein darajasi me’yorda bo‘lgan antifosfolipid antitanachalar mavjud homilador ayollarda anneksin 5 va plazminogen aktivator ingibitori orqali endotelial disfunksiyaning markyorlarini o‘z vaqtida aniqlash va davolash homilaning nobud bo‘lishi (o‘smay qolishi), homiladorlik asoratlarini oldini olish hamda shifoxonaga yotish muddatini 2,5 barobarga kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gomotsistein me’yori darajasida bo‘lgan antifosfolipid antitanachalar mavjud bo‘lgan homilador ayollarda anneksin 5 va plazminogen aktivator ingibitori orqali endotelial disfunksiyaning markyorlarini o‘z vaqtida tashxislash va davolash bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 5 kunga (5 kun iqtisod qilinadi) qisqargan,78 ta xomilador ayol shifoxonada yotish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 32 311 500 so‘mlik dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 82850 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: gomotsistein darajasi me’yorda bo‘lgan antifosfolipid antitanachalar sirkulyasiyasi va unga ega homilador ayollarda fibrinolitik faollik vaqtining sezilarli darajada oshishi giperkoagulyasiyaga xolatiga olib keladi.
turtinchi ilmiy yangilik; antifosfolipid antitanachalar va gipergomotsisteinemiya mavjud bo‘lganda homilador ayollarda gemostaz tizimidagi buzilishlarni tashxislash va oldini olish muvofiqlashtirilgan, olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shahridagi 2-son tug‘ruq kompleksiga 01.09.2022 yildagi №296-sonli buyruq hamda Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksiga 14.09.2022 yildagi №188-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuzatuv asosida anamnezida homila saqlay olmaydigan ayollar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh antifosfolipid antitanachalar mavjud bemorlar bo‘lib, ularga tromboz xavfini aniqlash maqsadida tadqiqotda ko‘rsatilgan tashxis usullari qo‘llaniladi. Ikkinchi guruh antifosfolipid antitanachalar mavjud bo‘lmagan bemorlar tor mutaxassislarga yuboriladi. Shu tariqa shifokorlar vaqti tejaladi, qo‘shimcha tashxislash usullaridan foydalanish kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gomotsistein darajasi me’yorda bo‘lgan antifosfolipid antitanachalar mavjud bo‘lgan homilador ayollarda anneksin 5 va plazminogen aktivator ingibitori orqali endotelial disfunksiyaning markyorlarini o‘z vaqtida tashxislash natijasida qo‘shimcha tekshirish usullaridan foydalanish holatining kamayishi xisobiga 78 nafar homilador ayollar uchun o‘rtacha 11 512 800 so‘m iqtisod qilingan (1 nafar bemor uchun koagulogramma 147600 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: gomotsistein darajasi me’yorda bo‘lgan antifosfolipid antitanachalar mavjud bo‘lgan homilador ayollarda tromboz xavfini baholashni amaliyotda qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunlik byudjet mablag‘larini o‘rtacha 84 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 828 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.