Saibov Hakimjon Mavlonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shilib kelgan bosh miya yopiq shikastlanishlarida jarohat muddatini aniqlashni sud-tibbiy baholash», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1341.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Muxarrama Almaredanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jumanov Ziyadulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlarida etkazilish muddatini aniqlashning sud-tibbiy baholash mezonlarini yanada takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarini etkazilish muddatlarini tahlilida, qondagi etanol miqdoriga qarab bosh miya qo‘shma jarohatlanishlarining morfologik o‘zgarishlarning o‘ziga xosligi asoslangan;
qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlari oqibatida o‘lim holatlarida jarohatlarning bevosita o‘limga olib keluvchi omil (miyaning shikastlanish natijasida qon tomirlarning yorilishi va insul`t) natijasida yuzaga kelgan o‘limga sud-tibbiy tashxisotining ahamiyati asoslangan;
qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarida asosiy ichki a’zolar (jigar va buyrak), tayanch-harakat tizimi, orqa miya va tizimlarning patomorfologik o‘zgarishlarini sud-tibbiy baholash tartibi takomillashtirilgan;
qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarining turi, vaqti, o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan tartibda sud-tibbiy baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 5 yanvardagi 08/01-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 5 yanvardagi 09-06590-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarini etkazilish muddatlarini tahlilida, qondagi etanol miqdoriga qarab bosh miya qo‘shma jarohatlanishlarining morfologik o‘zgarishlarning o‘ziga xosligi asoslangani Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 11.01.2022 yildagi 2/T-son hamda Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 27.01.2023 yildagi 34-1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash tartibi ilk bora sud-tibbiyoti amaliyotida qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarini etkazilish muddatlarining tahlilida qondagi etanol miqdorining mavjud natijasida bosh miyaning qo‘shma jarohatlanishlarining morfologik o‘zgarishlarning yuzaga kelishi, turli jarohatlanishlar qatorida bosh miya qshma jarohatlarni yuzaga kelishini ortirishi va o‘ziga xosligi baholashning optimal varinati yaratilganligi orqali sud tibbiy ekspertizaning sifati yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sud-tibbiyoti amaliyotida qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarini etkazilish muddatlarining tahlilida qondagi etanol miqdorining aniqlash natijasida bosh miyaning qo‘shma jarohatlanishlarining morfologik o‘zgarishlar asosida o‘ziga xosligini baholash orqali murakkab ekspertizasini o‘tkazishga talab kamayishi natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra birlamchi ekspertiza uchun xarajatlar 2200000 so‘mni tashkil qilsa, murakkab ekspertiza uchun esa 19800000 so‘m tashkil qiladi). Xulosa: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarini etkazilish muddatlarining tahlilida qondagi etanol miqdorining aniqlash natijasida bosh miyaning qo‘shma jarohatlanishlarining morfologik o‘zgarishlarni murrakab ekspertizasini amalga oshirmaslik natijasida 1 ta ekspertiza hisobiga byudjet mablag‘larini 17600000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlari oqibatida o‘lim holatlarida jarohatlarning bevosita o‘limga olib keluvchi omil (miyaning shikastlanish natijasida qon tomirlarning yorilishi va insul`t) natijasida yuzaga kelgan o‘limga sud-tibbiy tashxisotining ahamiyati asoslangani Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 11.01.2022 yildagi 2/T-son hamda Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 27.01.2023 yildagi 34-1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlari oqibatida o‘lim yuz bergan holatlarda jarohatlarning bevosita o‘limga olib keluvchi omillarga, bosh miyaning shikastlanish oqibatida yuzga kelgan miyaning shikastlanish natijasida qon tomirlarning yorilishi va uning asoratida yuzga kelgan va insul`tlar natijasida yuzaga kelgan o‘lim natijasida sud-tibbiy tashxislash tartibi tizimlashtirish natijasida o‘limning sababi va oqibatilarini aniqlashga sharoit yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlari oqibatida o‘lim yuz bergan holatlarda jarohatlarning bevosita o‘limga olib keluvchi omilni baholash orqali birlamchi sud tibbiy ekspertizasini amalga oshirish natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra birlamchi ekspertiza uchun xarajatlar 2200000 so‘mni tashkil qilsa, murakkab ekspertiza uchun esa 19800000 so‘m tashkil qiladi). Xulosa: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlari oqibatida o‘lim yuz bergan holatlarda jarohatlarning bevosita o‘limga olib keluvchi omilni baholash natijasida bosh miyaning qo‘shma jarohatlanishlarining morfologik o‘zgarishlarni murrakab ekspertizasini amalga oshirmaslik natijasida 1 ta ekspertiza hisobiga byudjet mablag‘larini 17600000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarida asosiy ichki a’zolar (jigar va buyrak), tayanch-harakat tizimi, orqa miya va tizimlarning patomorfologik o‘zgarishlarini sud-tibbiy baholash tartibi takomillashtirilgani Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 11.01.2022 yildagi 2/T-son hamda Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 27.01.2023 yildagi 34-1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul tirik shaxslarda yuzdagi chandiqlarni ko‘ngdalang teksiligidagi gipoexogenligi, derma va derma ostidagi giperexogenligi chegaraning uzilishining sud-tibbiy ekspertizani amalga oshirish orqali birlamchi ekspertizaning samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tirik shaxslarda va murda ekspertizalarida qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarida asosiy ichki a’zolar, tayanch-harakat tizimi, orqa miya va tizimlarning patomorfologik o‘zgarishlarining sud-tibbiy baholash tartibining sud-tibbiyoti amaliyoti uchun muhimligi asoslanganligi 17600000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan (Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra birlamchi ekspertiza uchun xarajatlar 2200000 so‘mni tashkil qilsa, murakkab ekspertiza uchun esa 19800000 so‘m tashkil qiladi). Xulosa: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya shikastlanishlarida asosiy ichki a’zolar, tayanch-harakat tizimi, orqa miya va tizimlarning patomorfologik o‘zgarishlarining muddatlarini sud-tibbiy baholash orqali bosh miyaning qo‘shma jarohatlanishlarining morfologik o‘zgarishlarni murrakab ekspertizasini amalga oshirmaslik natijasida 1 ta ekspertiza hisobiga byudjet mablag‘larini 17600000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarining turi, vaqti, o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan tartibda ishlab chiqilgan sud-tibbiy baholash mezonlari Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Qashqadaryo filiali bo‘yicha 11.01.2022 yildagi 2/T-son hamda Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 27.01.2023 yildagi 34-1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarining qaysi sohasida qanday tartibida yuzaga kelishining turi, sodir bo‘lgan vaqti, bosh miyaning yopiq jarohatlanishini yuzaga keltiradigan jihozlarning o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan sud-tibbiy baholash tartibini o‘z ichiga olgan agoritmning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan mezonlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlarining turi, vaqti, o‘rni va ahamiyatini aniqlash uchun birlamchi sud tibbiy ekspertizasini amalga oshirish natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra birlamchi ekspertiza uchun xarajatlar 2200000 so‘mni tashkil qilsa, murakkab ekspertiza uchun esa 19800000 so‘m tashkil qiladi). Xulosa: qo‘shilib kelgan yopiq bosh-miya jarohatlanishlari oqibatida o‘lim yuz bergan holatlarda jarohatlarning bevosita o‘limga olib keluvchi omilni baholash natijasida bosh miyaning qo‘shma jarohatlanishlarining morfologik o‘zgarishlarni murrakab ekspertizasini amalga oshirmaslik natijasida 1 ta ekspertiza hisobiga byudjet mablag‘larini 17600000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.