Siddiqova Nodira Kamildjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi sharoitida ninabargli daraxtlarning zamburug‘li kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx537.
Ilmiy rahbar: Kamilov Shuxrat Ganievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Boyjigitov Fozil Muxammadievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; Mustafaev Iler Murodullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi sharoitida ninabargli daraxtlarning mikobiotasini aniqlash, ularning asosiy kasalliklarining tur tarkibini aniqlash hamda ular ichidagi iqtisodiy jihatdan xavfli bo‘lgan kasallik turlariga qarshi kurash choralarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitidagi o‘rmon xo‘jaliklarida etishtirilayotgan ninabargli daraxtlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi 4 ta bo‘lim, 8 ta sinf, 16 ta tartib, 23 ta oila, 26 ta turkumga mansub 30 ta mikromiset turlari aniqlangan, shuningdek, ninabargli daraxtlarning urug‘ mikobiotasi o‘rganilgan bo‘lib, unda 5 ta sinf, 5 ta tartib, 5 ta oila, 6 ta turkumga mansub 7 ta mikromiset turlari aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida o‘rmon xo‘jaliklaridagi ninabargli daraxtlarda kasalliklarning tarqalishi va rivojlanishi monitoringdan o‘tkazilgan va Fuzarium oxysporum, F. solani, Altenaria altemata, Botrytis cinerea, Verticillium dahlia va Globisporangium debaryanum kabi turlarning keng tarqalganligi, hamda ushbu kasalliklar tufayli qrim qarag‘ayi urug‘larining unuvchanligi 70% gacha kamayishi, nihollarning esa 90%gacha nobud bo‘lishi aniqlangan;
ninabargli daraxtlarning urug‘larida kasallik qo‘zg‘atuvchi Mucoromycota, Oomycota, Ascomycota bo‘limlarga mansub 7 ta zamburug‘ turi aniqlangan hamda ajratilgan zamburug‘larning sof kulturasi tayyorlanib, laboratoriya sharoitida ularning biologik va patogenlik xususiyatlari aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida o‘rmon xo‘jaliklarida ninabarli daraxtlarning o‘suv davridagi hamda urug‘larda keng tarqalgan va havfli patogenlik xususiyatga ega bo‘lgan zamburug‘li kasalliklariga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy fungisidlarning biologik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi sharoitida ninabargli daraxtlarning zamburug‘li kasalliklarini o‘rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga asosida:
ninabargli daraxtlarni etishtirishga ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklari mutaxasislari uchun “Ninabargli daraxtlarning zamburug‘li kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari” nomli tavsiyanoma chop etilib, tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 yanvardagi 02/029-12-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi Davlat Ko‘mitasining 2022 yil 12 yanvardagi 03/21-116 ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda o‘rmon xo‘jaliklarida ninabargli daraxtlar kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda mutaxasislar uchun muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Eldor qarag‘ayi, Qrim qarag‘ayi, Virgin archasi va Oddiy archalarda ildiz chirish va fuzarioz kasalliklariga qarshi Fundazol 50% n.kuk. (2,0 kg/ga), Maksim 2,5% sus.k. (1,0-1,5 l/t), Topsin-M 70% n.kuk. (1,0-1,5kg/t), Vitavaks 200 75% n.kuk. (3,0-4,0 l/t), Baraka, 60% ps. (1,0-2,0 kg/t) urug‘dorilagichlari Andijon viloyatining Asaka tumani Niyozbotir o‘rmon xo‘jaligida, Baliqchi tumani Olimbek o‘rmon xo‘jaligida, Farg‘ona viloyati Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaliklarida 2,75 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 yanvardagi 02/029-12-sonli va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi Davlat Ko‘mitasining 2022 yil 12 yanvardagi 03/21-116 ma’lumotnomasi). Natijada archa daraxtida Maksim 2,5% sus.k urug‘dorilagichi (1,5 l/t) qo‘llanilganda 287%, Topsin-M 70% preparati (1,5 kg/t) qo‘llanilganda 195%, Qrim qarag‘ayida Maksim 2,5% sus.k urug‘dorilagichi (1,5 l/t) qo‘llanilganda 286%, Topsin-M 70% preparati (1,5 kg/t ) qo‘llanilganda 216%, rentabellikka erishilgan.
o‘rmon xo‘jaliklari xududidagi katta yoshdagi daraxtlarda shyutte kasalligiga qarshi Difen Super 55% n.kuk. preparati, zang kasalligiga qarshi Kolosal 25% k.em. fungisidlari Izboskan tumani Lug‘umbek o‘rmon xo‘jaligida, Namangan viloyati, Norin tumani O‘rta orol davlat o‘rmon ishlab chiqarish bo‘limi maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 yanvardagi 02/029-12-sonli va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi Davlat Ko‘mitasining 2022 yil 12 yanvardagi 03/21-116 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Difen Super 55% n.kuk. preparatining biologik samaradorligi 90,9% ni, zang kasalligiga qarshi Kolosal 25% k.em. fungisidi 86,6% yuqori biologik samaradorlikka erishilgan.