Tadjibaev Baxtiyar Musajonovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa
doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mutagenez uslubini qo‘llash asosida tola sifati va hosildorligi yuqori g‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub navini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2 PhD/Qx.1104.
Ilmiy rahbar: Ravshanov A’zam Erkinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti g‘o‘zaning “SP-2531” navi (NAP 00244).
II. Tadqiqotning maqsadi: mutagenez uslubi orqali Respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitiga bardoshli, tezpishar, tola sifati IV tipga mos, yuqori va sifatli hosil beradigan G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘za navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Co60 elementi gamma-nurining turli (5,10,15 kr) dozalarida nurlantirilib olingan g‘o‘zaning mutant avlodlarida morfologik xo‘jalik belgilarining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi hamda belgilarning ijobiy majmuiga ega bo‘lgan transgressiv o‘simliklarning paydo bo‘lishida mutagenez usulining ahamiyati ilmiy asoslangan;
Co60 elementi gamma-nurining turli xil dozalarida qimmatli xo‘jalik belgilarning ijobiy majmuasiga ega rekombinantlarni ajralib chiqishi isbotlangan hamda tanlab olingan mutant shakllarning yuqori bo‘g‘inlarida seleksiya jarayonini olib borish natijasida bir qator oila va tizmalar ajratib olingan.
Co60 elementi gamma-nurining 10 kr dozasi qo‘llanilgan variantda M6 avlodlarida qimmatli xo‘jalik belgilarning yuqori majmuasiga ega bo‘lgan konstant shakllar namoyon bo‘lishi isbotlangan;
mutagenez usulini qo‘llash asosida yakka tanlash va yuqori avlod mutant shakllarini o‘rganish orqali morfologik, xo‘jalik va navdorlik belgilari bo‘yicha andoza S-6524 g‘o‘za navidan farqlanadigan tezpishar, tola chiqimi va sifati yuqori yangi SP-2531 g‘o‘za navi yaratilib, Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mutagenez uslubi orqali g‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub, tola sifati IV tipga mos g‘o‘za navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
mutagenez uslubida o‘zgaruvchanligi kengaytirilgan populyasiyadan yakka tanlash orqali g‘o‘zaning tezpishar, tola sifati IV tipga mansub SP-2531 navi yaratilgan, joriy qilingan va unga №NAP00244 raqamli ratent olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2 maydagi 05/34-06/432-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta tolali g‘o‘za genofondi turli stress omillarga bardoshli, tezpishar, tola sifati IV tipga mos bo‘lgan yangi nav bilan boyitilgan va keng ekiladigan navlarga nisbatan 12,0-14,2% samaradorlikka erishish imkonini bergan.
o‘rta tolali SP-2531 navi 2015 yildi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon” tajriba uchastkasida yangi g‘o‘za navi 1,0 ga maydonda birlamchi urug‘chilik ko‘chatzorlari tashkil etilgan (Qishloq vazirligining 2023 yil 2 maydagi 05/34-06/432-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navdan rayonlashgan navlarga nisbatan 3,2-4,5 s qo‘shimcha hosil olingan.
o‘rta tolali SP-2531 navining orginal urug‘larini ko‘paytirish va ekin maydonini kengaytirish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Orifjon” navning urug‘ini dastlabki ko‘paytirish elita xo‘jaligida va Denov tumanida jami 55 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2 maydagi 05/34-06/432-son ma’lumotnomasi). Natijada, original urug‘larini ko‘paytirish maqsadida 2977 kg sara urug‘lik jamg‘arilgan va zaxiraga olingan.