Isaev Akbarjon Abdulxamidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda transportdan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Gr48.
Ilmiy maslahatchi: Nizamiev Abdurashit Gumirovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor;  Jumaxanov Shavkatjon Zairjanovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Turaev Bahodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston transport tizimini tahlil qilish asosida uning transportdan foydalanish imkoniyatlarini (TFI) baholash va hududiy tashkil etishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi transport yo‘laklari shakllanish jarayoni aniqlanib, kelgusida Uchquduq–Qizilo‘rda temir yo‘l va avtomobil yo‘lagi qurilishining geografik jihatlari (transport geografik o‘rni, aholi va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, tabiiy resurslardan birgalikda foydalanish) asoslangan, avtomobil va temir yo‘li qurishining mintaqalararo ahamiyati  va iqtisodiy geografik jihatlari asoslangan;
hududlarning transport imkoniyatlarini baholash, transportdan foydalanish qobiliyatini hisobga olgan holda transport tarmoqlaridan samarali foydalanish mexanizmi turli hududiy birlikda  tahlil qilinib, transport tugun, markaz va punktlari guruhlashtirilgan va shu asosida temir yo‘l (Urgut, Sherobod, Mo‘ynoq) shoxobchalarini qurish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari aholisi bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida hududlarning transport imkoniyatlaridan foydalanishning hozirgi holati baholangan, transport infratuzilmasining hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri asoslangan;
O‘zbekistonda transportdan foydalanish imkoniyatini baholashning  integral ko‘rsatkichlarda ifodalangan shkalasi takomillashtirilgan va mintaqalar reytingi aniqlangan;
O‘’zbekiston transport to‘’ri va turlarining aholi joylashuviga, shaharlarning transport yo‘’laklariga, transport yo‘’llarning esa shahar aglomeratsiyalariga tasir etish xususiyatlari asoslangan hamda mintaqalar transport geografiyasining asosiy muammolari aniqlangan va uning istiqbolda takomillashtirish va rivojlanishining yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining transport tizimlari hududiy tarkibi va foydalanish imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi transport yo‘laklari shakllanish jarayoni asosida kelgusida Uchquduq–Qizilo‘rda temir yo‘l va avtomobil yo‘lagi qurilishining iqtisodiy geografik baholashlari O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2023 yil 1 avgustdagi 4/5193-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon iqtisodiy rayoni transport xarajatlari va masofa amaldagi 1300 km.dan 280 km.ga qisqarishiga erishilgan, transport-tranzit imkoniyati va transportda yuk tashish xajmi oshirish imkonini bergan;
hududlarning transport imkoniyatlarini baholash, transportdan foydalanish qobiliyatini hisobga olgan holda transport tarmoqlaridan samarali foydalanish mexanizmlaridan O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2023 yil 1 avgustdagi 4/5193-son ma’lumotnomasi). Natijada, transportdan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha viloyatlar reyting o‘rinlarini aniqlash hamda hududlarda transportdan foydalanishni takomillashtirish imkonini bergan;
O‘zbekistonning yagona transport tizimini shakllantirish va hududlarning transport tugun va markazlarida transport infratuzilmasi rivojlanishini takomillashtirishga va jamoat transportidan foydalanishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2023 yil 1 avgustdagi 4/5193-son ma’lumotnomasi) Natijada, tranzit yuk va yo‘lovchi tashish ko‘payishiga erishilgan, 2030-yilgacha hududlar transport infratuzilmasini va yirik shaharlarda jamoat transportini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi va vazifalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari aholisi bilan hududlarning transport imkoniyatlaridan foydalanishning hozirgi holatiga baho berish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib davlat dasturlarini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023 yil 26 iyuldagi 22-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, mintaqalar transport geografiyasining asosiy muammolari belgilangan va omillardan kelib chiqib, maxsus dasturni ishlab chiqishda imkonini bergan;
O‘’zbekiston transport to‘’ri va turlarining aholi joylashuviga, shaharlarning transport yo‘’laklariga, transport yo‘’llarning esa shahar aglomeratsiyalari shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri yuqori bo‘’lishi yuzasidan ishlab chiqlgan amaliy chora tadbirlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023 yil 26 iyuldagi 22-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, aholi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni joyning transport geografik xususiyatlaridan kelib chiqib takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish