Amanov Bobir Ne’matovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy qo‘shimchalar va probiotik preparatlar bilan javdar nonini ishlab chiqarishning diskret texnologiyasini yaratish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3608.
Ilmiy rahbar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Suvonqul Saparovich, texnika fanlari doktori, dotsent;  Maxmudov Rafiq Amonovich,  texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy qo‘shimchalar hamda laktobakteriyalar va bifidobakteriyalar asosidagi probiotik preparatlardan foydalangan holda javdar nonining diskret texnologiyalari va resepturalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish uzlyuksiz tsiklida olingan mahsulotlarga xos xususiyatlarga ega nonning javdar navlarini diskret texnologiyadan foydalangan holda ishlab chiqarish uchun tomat siqilmasini qayta ishlash mahsulotlari va probiotik preparatlarni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi nazariy va eksperimental asoslangan;
javdar yarim tayyor mahsulotlarining biotexnologik xossalarini shakllantirishda tomat siqilmasini qayta ishlash mahsulotlari va laktobakteriyalar hamda bifidobakteriyalar asosidagi preparatlar kombinatsiyasining, shuningdek, ularning tayyor mahsulot sifatiga ta’sirining sinergetik effekti aniqlangan;
novvoylik korxonalarining diskret ish rejimida ikki fazali (xamirturushli) va bir fazali (xamirturushsiz) usullar bilan javdar non navlarini ishlab chiqarishda o‘rganilayotgan qo‘shimchalarning sinergetik birikmalaridan foydalanishning texnologik samaradorligi ilmiy asoslangan;
yuqori avtolitik faollikka ega bo‘lgan javdar unini qayta ishlashda mazkur kompozisiyalardan foydalanish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Javdar unidan non ishlab chiqarishda noan’anaviy qo‘shimchalardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tomat siqilmani qayta ishlash mahsulotlaridan foydalangan holda “Tomatli javdar noni” (TI 64-304689072-01:2021) javdar nonini ishlab chiqarish diskret ikki fazali (etishtirish siklisiz) texnologiyasi “Ko'k Saroy Wachtel” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AKning 2021 yil 27 dekabrdagi 10-1-11/157-1741-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, reseptura bo‘yicha sidirma javdar unining sarfi 5,0% (kukun) va 6,0% (pyure) ga kamaytirilishiga, non chiqishi esa o‘rtacha 2,0% ga oshirish imkonini bergan;
tomat siqilmani qayta ishlash mahsulotlaridan va quruq probiotik preparatlardan foydalangan holda “Sog‘liq” (TI 64-304689072-02:2021) javdar nonini ishlab chiqarishning ikki fazali (etishtirish siklisiz) va bir fazali (xamirturushsiz) texnologiyasi “Ko'k Saroy Wachtel” MChJda amaliyotga joriy etildi (“O‘zdonmahsulot” AKning 2021 yil 27 dekabrdagi 10-1-11/157-1741-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, un sarfi kamaytirildi va texnologik jarayon davomiyligi 2,5...3,0 soatga qisqartirildi, bu esa korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish