Usmanova Nargiza Kudiratullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston florasidagi Melilotus va Arachis turkumlariga mansub o‘simliklar biologik faol moddalarining kimyoviy tarkibi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K367.
Ilmiy rahbar: Botirov Erkin Xojiakbarovich, kimyo fanlari doktori, professor..
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salima Fozilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Jalolov Iqboljon Jamolovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Melilotus albus, Melilotus officinalis, Arachis hypogaea o‘simliklaridan biologik faol birikmalar ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishini va farmakologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Melilotus albus, Melilotus officinalis hamda Arachis hypogaea L o‘simlik turlarining er ustki qismi tarkibidan biologik faol moddalarini ajratib olishning samarali usuli ishlab chiqilgan;
Melilotus officinalis va Melilotus albus o‘simlik turlaridan jami 12 ta birikmalar toza holda ajratib olingan bo‘lib, ulardan 9 tasi Melilotus officinalis o‘simligidan birinchi marta ajratib olingan;
Melilotus officinalis o‘simligi urug‘ining lipid tarkibi hamda 14 turdagi to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari tarkibi gaz xromatografiyasi usuli yordamida isbotlangan;
Melilotus officinalis, Melilotus albus va Arachis hypogaea o‘simliklarining er ustki qismidan gidrodistillyasiya usulida ajratib olingan efir moylarining tarkibidan mos ravishda 49 ta, 5 ta va 47 ta jami 101 ta birikmalar GX-MS usulida identifikatsiya qilingan;
Melilotus officinalis, Arachis hypogaea o‘simligidan ajratib olingan efir moylari va ekstraktlari in vitro sharoitida gram-musbat, gram-manfiy bakteriya, zamburug‘larga nisbatan sezilarli faollikni namoyon qilishi isbotlangan;
Melilotus officinalis o‘simligidan ajratib olingan kumarin, pinitol va 70% spirtli ekstraktning antioksidant, antigipoksant, qandli diabetda gipoglikemik, yallig‘lanishga qarshi faolliklar ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Melilotus albus, Melilotus officinalis va Arachis hypogaea o‘simliklari kimyoviy tarkibini va biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Melilotus officinalis o‘simligining quritilgan er ustki qismidan ajratib olingan efir moyi va ekstraktlarining tanlangan bakteriya va zamburug‘larga qarshi ta’siri natijalaridan “Tabiiy va sintetik birikmalarning biologik faolligini in vitro o‘rganish. Oqsil injenerligi. Rekombinant oqsillarni tayyorlash. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va boshqa turdagi kasalliklar diagnostikasi uchun aniq molekulyar-genetik markyorlarni ishlab chiqish” mavzusidagi bazaviy fundamental (2020-2024 yy) tadqiqotlarda ayrim kasalliklar diagnostikasi uchun molekulyar-genetik markyorlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 15-sentyabrdagi № 4/1255-1955-son ma’lumotnomasi). Natijada, efir moyi va etilatsetatli ekstraktlar gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga (B. subtilis va S. aureus) nisbatan sezilarli faollikni namoyon etishi aniqlangan va kelajakda tibbiyotda zarur bo‘lgan dori vositalarini yaratish imkonini bergan;
Melilotus officinalis o‘simligining er ustki qismi kimyoviy tarkibi hamda biologik faolliklaridan Rossiya Federatsiyasi Surgut davlat universitetida “Texnologii virashhivaniya i izvlecheniya biologicheski aktivnix soedineniy severnix yagodnix kul`tur i lekarstvennix trav (YugraBioFarm)” amaliy loyihasida shimoliy mintaqa dorivor o‘simliklari tarkibidagi biologik faol birikmalarni sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilishda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2023 yil 2 maydagi № 03-01/143-son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simliklarni kimyoviy tarkibi va biologik faollik bo‘yicha solishtirish va loyiha uchun zarur natijalarni tahlil qilish imkonini bergan.