Mamajonova Diyoraxon Mirzaali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirusga qarshi emlangan ayollarda homiladorlikning klinik diagnostik aspektlari» 14.00.01 –Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib.2611.
Ilmiy rahbar: Shukurov Farxad Ishkulovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dostent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nilufar Nabijonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Asrankulova Dilorom Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlikgacha koronavirusga qarshi emlangan homilador ayollarda emlashning fetoplatsentar tizimi, gemostaz tizimi, sitokinlar holati, akusherlik va perinatal natijalariga ta’sirini o‘rganish hamda immunogenlik darajasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda qo‘llanilgan vaktsinaning fetoplatsentar tizim, gemostaz tizimi, tsitokinlar holatiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmasligi isbotlangan;
homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda qo‘llanilgan vaktsinaning immunogenlik darajasi hamda, IgG titr miqdor darajasiga ko‘ra koronavirus kasalligi bilan kasallanish xavf darajasini prognozlash usuli ishlab chiqilib uning qiymati baholangan;
homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda IgG antitanachalari titr darajasinining emlashdan keyingi muddatiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri korrelyatsion bog‘liqligi aniqlangan;
homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda akusherlik va perinatal natijalar ko‘rsatkichlari baholangan;
homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarni emlashdan keyingi davrni kuzatishning modifikatsiyalashtirilgan V-safe “Homilador” milliy dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 23 noyabrdagi №11/047 son xulosasiga ko‘ra;
birinchi ilmiy yangilik. homiladorlikkacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda homiladorlikni II trimestrini 20-22-24-haftalari va III trimestrini 28-30-32-haftaliklarida qo‘llanilgan vakinaning xavfsizligi va samaradorligi baholangan, homiladorlikkacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda homiladorlikni II- va III-trimestrlarida qon zardobida IgG antitanachalarini titr darajasiga ko‘ra koronavirus kasalligini yuqishini prognozlash usuli ishlab chiqilgan bu koronavirsga qarshi emlangan ayollarda emlashdan keyingi davrni olib borishga yordam beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ayollarda homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlashning homiladorlikni kechishini klinik-diagnostik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan Toshkent shahar 3-son va 9-son tug‘ruq komplekslari amaliyotiga joriy etilgan.
asoratlari salmog‘i retrospektiv tahlillar asosida tashxislash, kasallikni tashxislash va davolash ajratiladigan bir qiymat uchun sarflanadigan 174 000 so‘m va uch martalik emlash uchun 522 000 so‘mni iqtisod qilish imlconini bergan. COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda emlashdan keyingi davmi faol kuzatish maqsadida modifikastiyalangan V-safe “Homilador” milliy kuzatuv dasturi ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilishi emlashdan keyingi mahalliy va umumiy nojo‘ya ta’sirlarni vaqtida bartaraf qilish imkonini bergan.
Xulosa. Homiladorlikgacha koronavirus kasalligiga qarshi emlash ayollarda homiladorlik davrida asoratlarni kamaytirishi emlashni homiladorlikgacha qo‘llash tavsiya etilgan. Homiladorlikgacha koronavirus kasalligiga qarshi emlashda qo‘llanilgan vakstinaning kasallikni samarali profilaktikasi va shifoxonada bo‘lish kunlariga ehtiyojini bartaraf etilishi oqibatida o‘rtacha bir kun uchun davlat byudjetidan 611 000 so‘m iqtisod qilinishi imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik. homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda emlashdan keyingi davrni faol kuzatish maqsadida modifikastiyalashtirilgan V-safe “Homilador” milliy kuzatuv EHM dasturi ishlab chiqilganligi ilmiy asoslanganligi bilan izohlangan;
Homiladorlikkacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlashning homilador ayollarda xavfsizligi, samaradorligi, emlashdan keyingi immunogenlik darajasini baholash va ularda koronavirus kasalligi bilan kasallanishni prognozlash imkonini beradi.
Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq komplekcsi bo‘yicha 2023-yil 2-maydagi 94-sonli buyruq bilan, Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2023-yil 3-may 72/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda emlashda qo‘llanilgan vakstinaning fetoplastentar tizim exodopplerografik va plastentar gormonlar ko‘rsatkichlariga, gemostaz tizimiga, stitokinlar holati hamda akusherlik va perinatal natijalariga ta’siri o‘rganilgan, ushbu o‘tkazilgan tadqiqotlar emlashdan keyingi patologik o‘zgarishlar va emlashning xavfsizligini isbotlash imkonini bergan.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollarda kuzatiladigan akusherlik va perinatal asoratlarni oldini olish imkonini berdi. Natijada, ularda kuzatilishi mumkin bo‘lgan akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik. COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda fetoplastentar tizimining holati tahlililari natijasida emlashning fetoplastentar ko‘rsatkichlariga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmasligi isbotlangan.
Homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollar qon zardobida LgG antitanachalari titri darajasiga ko‘ra qo‘llanilgan vaksinaning immunogenlik darajasi hamda LgG antitanachalar titr miqdor darajasiga ko‘ra emlangan ayollarda COVID-19 kasalligi bilan kasallanish xavf darajasini prognozlash usullarini ishlab chiqilganligi bilan izohlangan.
Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2023-yil 2-maydagi 94-sonli buyruq bilan, Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2023-yil 3-may 72/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Homiladorlikkacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollar qon zardobida IgG antitanachalari titri darajasiga ko‘ra qo‘llanilgan vakstinaning immunogenlik darajasi hamda IgG antitanachalar titr miqdor darajasiga ko‘ra emlangan ayollarda COVID-19 kasalligi bilan kasallanish xavf darajasini prognozlash koronavirus bilan kasallanish profilaktikasini sifatini oshiradi.
Koronavirus kasalligini samarali profilaktikasi va shifoxonada bo‘lish kunlariga ehtiyojini bartaraf etilishi oqibatida o‘rtacha bir kun uchun davlat byudjetidan 611 000 so‘m iqtisod qilinishi imkonini bergan.
Homiladorlikgacha ayollarni koronavirus kasalligiga qarshi emlash homiladorlik davrida koronavirus kasalligi bilan kasallanishni oldini olishga imkon bergan.
Homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda fetoplatsentar tizim exodopplerografik va platsentar gormonlar ko‘rsatkichlari, gemostaz tizimi, stitokinlar holatini o‘rganishga qaratilgan laborator va instrumental tekshiruvlarning sonini kamayishi hisobiga har bir bemordan eng kam miqdorda 650 ming so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
Homiladorlikgacha COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda emlashdan keyingi davrni faol kuzatish maqsadida modifikastiyalangan V-safe “Homilador” miliy kuzatuv dasturi ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilishi emlashdan keyingi mahalliy va umumiy nojo‘ya ta’sirlarni vaqtida bartaraf qilish, bu esa o‘z navbatida mazkur nojo‘ya tasirlarni laborator va instrumental tashxislashga sarflanadigan bir bemor uchun 265 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 31 800 000 so‘mni (120 nafar bemor uchun) tashkil qiladi.
Homiladorlikkacha koronavirus kasalligiga qarshi emlash homiladorlik davrida kuzatiladigan akusherlik va perinatal asoratlarni oldini olish va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 103 500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 12 420 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Mamajonova Diyoraxon Mirzaali qizining “Koronavirusga qarshi emlangan ayollarda homiladorlikning klinik diagnostik aspektlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasini 2023-yildagi 29-apreldagi 01/795-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda IgG antitanachalari titr darajasinining emlashdan keyingi muddatiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan homilador ayollarda LgG antitanachalari titr darajasinining emlashdan keyingi muddatiga nisbatan to‘g‘ridan - to‘g‘ri korrelyastion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan korrelyasiya koeffisenti (r=0,29) tashkil etganligi bilan izohlandi.
Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2023-yil 2-maydagi 94-sonli buyruq bilan, Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2023-yil 3-may 72/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Homilador ayollarda koronavirus kasalligi bilan kasallanishini oldini olish maqsadida ushbu virusga qarshi emlash homiladorlik davrida mazkur kasallik bilan bog‘liq akusherlik va perinatal asoratlarini oldini olish hamda tug‘ruqni muvafaqqiyatli yakun topishiga imkoniyat bergan.
COVID-19 kasalligiga qarshi emlanmagan homilador ayollarda koronavirus kasalligi bilan kasallanish ular va ularning homilasining salomatligini tiklash uchun shifoxonada davolanish sarf-xarajatlarni bir kunlik davolanish uchun minimal miqdorda 151 000 so‘m iqtisod qilib sarf-xarajatlar kamaytirildi.
Xulosa. homilador ayollarda koronavirus kasalligi bilan kasallanish ular va ularning homilasining salomatligini tiklash uchun shifoxonada davolanish sarf- xarajatlarni bir kunlik davolanish uchun minimal miqdorda 151 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
Mamajonova Diyoraxon Mirzaali qizining “Koronavirusga qarshi emlangan ayollarda homiladorlikning klinik diagnostik aspektlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 29-apreldagi 01/795-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.