Shodiev Jahongir Axatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali ekssudativ otit rivojlanishining klinik-biokimyoviy jihatlari va uni davolashni optimallashtirish» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1872.
Ilmiy rahbar: Voxidov Ulug‘bek Nuridinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro  davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbaydjon davlat shifokorlarni malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali ekssudativ otit rivojlanishida  klinik-biokimyoviy o‘zgarishlarning rolini aniqlash va ularni inobatga olgan holda davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqum murtagi gipertrofiyasining evstaxiy nayini berkitishi, burun va burun yondosh bo‘shliqlaridagi surunkali yallig‘lanishning evstaxiy nayi xalqum teshigiga tarqalishi, evstaxiy nayining burunxalqum teshigi doimiy ochiqligi olib kelishi surunkali ekssudativ otitning rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan;
surunkali ekssudativ otitda nog‘ora pardaning bo‘rtishi, bo‘shliqdagi suyuqlikning quyuqlashishi, rangining o‘zgarishi, eshitishning konduktiv tipda pasayishi va evstaxiy nayi o‘tkazuvchanligining buzilishi kasallikning seroz va mukoz bosqichlari xarakterli belgilari bo‘lib, uning salbiy tomonga o‘zgarishi ekssudativ otit kechimining og‘irlashishiga ta’sir qilishi aniqlangan;
nog‘ora bo‘shlig‘idagi ekssudatda fermentlardan malon dial`degid, glutationperoksidaza, azot oksidi, katalaza, mieloperoksidaza, miqdori oshishi, mediatorlardan gistamin va prostaglandin miqdori oshishi, mikroelementlardan kaliy va natriy miqdori oshishi, bo‘shlig‘idagi ajralmaning quyuqlashishiga, keyinchalik fibroz jarayonga o‘tishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
surunkali ekssudativ otitni sekretor, mukoz va fibroz bosqichlarini kompleks davolashda nog‘ora bo‘shlig‘iga timpanik naycha orqali dori vositalarini yuborish, mahalliy fizioterapevtik usullarni qo‘llash va evstaxiy nayi o‘tkazuvchanligini tiklash orqali davolash samaradorligi 92,5%gacha oshganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro  davlat tibbiyot instituti ekspert kengashinig 2023 yil 4 dekabrdagi 23-Z/087-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (29.09.2023 yildagi № 4721) hamda S nur medikal klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (29.09.2023 yildagi  № A-20) bilan amaliyotga joriy etildi.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: curunkali ekssudativ otit bo‘lgan bemorlarda kasallikka   olib keluvchi omillarni aniqlash, kasallik kechimining  turli bosqichlarida    bemorlani erta tashxislash va kompleks davolash sifatini yaxshilaydi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali ekssudativ otit bo‘lgan bemorlarda kasallikka olib keluvchi omillarni  aniqlash, kasallik kechimining turli bosqichlarida erta tashxislashning kompleks usullari taklif qilindi bo‘lib, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 1 250 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: surunkali ekssudativ otit bo‘lgan bemorlarda kasallikka olib keluvchi omillarni  aniqlash, kasallik kechimining turli bosqichlarida erta tashxislashning kompleks usullari taklif qilindi bo‘lib, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 250 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni  360 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. «Surunkali ekssudativ otit rivojlanishining klinik-biokimyoviy jihatlari va uni davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 04/8160-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq 29.09.2023 yildagi  № 4721 hamda S nur medikal klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq 29.09.2023 yildagi  № A-20) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali ekssudativ otitning turli klinik bosqichlarida endoskopik va kompyuter tomografiya tekshiruv usullari yordamida kasallikni erta aniqlash davolash usulini to‘g‘ri tanlash hamda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali ekssudativ otitning turli klinik bosqichlari bo‘yicha endoskopik, kompyuter tomografik, audiometrik, timpanometrik, evstaxiy nayi o‘tkazuvchanligini aniqlash tekshirishlarni o‘z ichiga kompleks tekshiruv natijasida o‘ziga xos klinik belgilarining borligini hisobga olinishi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 360 000 so‘mga kamaytirgan (S nur medikal klinik shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 120 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 90 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: surunkali ekssudativ otitning turli klinik bosqichlari bo‘yicha endoskopik, kompyuter tomografik, audiometrik, timpanometrik, evstaxiy nayi o‘tkazuvchanligini aniqlash tekshirishlarni o‘z ichiga kompleks tekshiruv natijasida o‘ziga xos klinik belgilarining borligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi. «Surunkali ekssudativ otitda klinik-biokimyoviy o‘zgarishlarni baholash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 04/8160-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (29.09.2023 yildagi  № 4721) hamda S nur medikal klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (29.09.2023 yildagi № A-20) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali ekssudativ otitning seroz, mukoz va fibroz bosqichlarida o‘tkazilgan biokimyoviy tekshirish kasallikning klinik kechimini to‘g‘ri baholash, ajralma tarkibini tahlil qilish va kasallikni davolashda patogenetik asoslangan davo usulini tanlash imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali ekssudativ otit bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan biokimyoviy tekshirish yordamida tekshirishning optimal hajmi aniqlandi hamda har 1 nafar bemor uchun o‘rta hisobda 182 600 so‘m iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: surunkali ekssudativ otit bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan biokimyoviy tekshirish yordamida tekshirishning optimal hajmi aniqlandi hamda har 1 nafar bemor  hisobda byudjet mablag‘larini 182 600 so‘mga iqtisod qilinishi imkonini beradi. «Surunkali ekssudativ otit rivojlanishining klinik-biokimyoviy jihatlari va uni davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 04/8160-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali ekssudativ otitni sekretor, mukoz va fibroz bosqichlarini kompleks davolashda nog‘ora bo‘shlig‘iga timpanik naycha orqali ximotripsin va gialuronidaza  dori vositasini yuborish, mahalliy Ul`traton apparatini qo‘llash va evstaxiy nayi o‘tkazuvchanligini tiklash orqali davolash jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (29.09.2023 yildagi  № 4721) hamda S nur medikal klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (29.09.2023 yildagi № A-20) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali ekssudativ otitni sekretor, mukoz va fibroz bosqichlarini kompleks davolashda nog‘ora bo‘shlig‘iga timpanik naycha orqali ximotripsin va gialuronidaza  dori vositasini yuborish, mahalliy Ul`traton apparatini qo‘llash va evstaxiy nayi o‘tkazuvchanligini tiklash orqali davolash jarayonini tezlashtirib, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  surunkali ekssudativ otitni sekretor, mukoz va fibroz bosqichlarini kompleks davolashda nog‘ora bo‘shlig‘iga timpanik naycha orqali ximotripsin va gialuronidaza  dori vositasini yuborish, mahalliy Ul`traton apparatini qo‘llash va evstaxiy nayi o‘tkazuvchanligini tiklash orqali davolash jarayonini tezlashtirib asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 250 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni  360 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: surunkali ekssudativ otitni sekretor, mukoz va fibroz bosqichlarini kompleks davolashda nog‘ora bo‘shlig‘iga timpanik naycha orqali ximotripsin va gialuronidaza  dori vositasini yuborish, mahalliy Ul`traton apparatini qo‘llash va evstaxiy nayi o‘tkazuvchanligini tiklashni davolanish jarayoniga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 250 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 360 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. «Surunkali ekssudativ otit rivojlanishining klinik-biokimyoviy jihatlari va uni davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 9 dekabrdagi 04/8160-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish