Avlonazarov Xurshid Abduxafizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Multifokal aterosklerozni davolashda gibrid jarroxlik aralashuvlarning o‘rni», 14.00.34 - Yurak qon-tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1782.
Ilmiy raxbar: Irnazarov Akmal Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Ma’mur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Janubiy Ural davlat tibbiyot universiteti” Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: gibrid jarrohlik aralashuvlarini qo‘llash orqali aorta yoyi shoxlari va oyoq arteriyalarining aterosklerotik ko‘p qavatli shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aorta yoyi shoxlari va oyoq arteriyalarining mul`tifokal aterosklerotik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashning takomillashtirilgan taktikasi og‘ir shikastlanishlarda yaxshi natija olish imkonini bergani holda, jarrohlik agressiyasini minimallashtirishi isbotlangan;
arterioskleroz fonida oyoq arteriyalari trombozini davolashda retromboz foizini kamaytiruvchi va shu bilan uzoq muddatda natijalarni yaxshilash imkonini beruvchi kechiktirilgan shoshilinch gibrid aralashuvlarni amalga oshirishning afzalligi aniqlangan;
shikastlanishning og‘irlik darajasini baholashning spesifik mezonlarini verifikatsiyasi bilan ateroskleroz kechishining klinik va patogenetik xususiyatlariga aniqlik kiritilgan, ular asosida esa xirurgik davolashning gibrid usullarini qo‘llash uchun ko‘rsatmalar aniqlangan;
braxiotsefal segmentda katta, travmatik tashrixlardan voz kechish va shu bilan insul`t fonida o‘lim xavfini kamaytirish imkonini beruvchi uyqu arteriyalarining ko‘p qavatli shikastlanishlarini xirurgik davolash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 14 dekabrdagi 12/50 son xulosasiga ko‘ra (Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 04.08.2023y., 09-06325 sonli xat yuborilgan):
mul`tifokal aterosklerozni davolashda aorta yoyi shoxlari hamda oyoq arteriyalarining ko‘p sonli zararlanishi bor bemorlarda qon tomirlar anatomik, fiziologik va morfologik xususiyatlarini hisobga olish, minimal invaziv qon tomirli shuntlash aralashuvning turi va hajmini aniqlab, amaliyot vaqtidagi, yaqin va uzoq muddatli kuzatuv davridagi natijalarni takomillashtirib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy salbiy qon-tomir hodisalari chastotasini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mul`tifokal aterosklerozni davolashda gibrid aralashuvlarning ahamiyati natijalari bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 13.07.2023-yildagi 54-sonli hamda Samarqand tibbiyot unversiteti ko‘ptarmoqli klinikasining 05.07.2023-yildagi 64-buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mul`tifokal aterosklerozni davolashda aorta yoyi shoxlari hamda oyoq arteriyalarining ko‘p sonli zararlanishi bor bemorlarda jarrohlik davolash taktikasi takomillashtirilgan aralashuvlaridan keyin yuzaga kelish mumkin bo‘lgan asoratlar sonini minimallashtirish; amaliyotdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va mehnat faoliyatiga qaytarish; uzoq muddatli kuzatuv davrida asosiy salbiy qon-tomir hodisalarini sezilarli kamaytirish; intraoperatsion asoratlarning chastotasi mos ravishda kamaytirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aorta yoyi shoxlari va oyoq arteriyalarining ko‘p qavatli aterosklerotik shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda gibrid texnologiyalarni joriy etilishi hamda taklif etilgan davolash algoritmi natijasida operatsiyadan keyingi erta davrda o‘tkir miokard infarkti chastotasini 10% dan 4,5% gacha, II - 9,1% dan 4,7% gacha, yuqori amputatsiya - 6,7% dan 4,3% gacha kamaytirish imkonini berdi va uzoq muddatli davrda insult va amputatsiyadan holi bo‘lish ko‘rsatkichi egri chizig‘ini yaxshilanganligi aniqlangan. Yuqoridagi tahlillar natijasida, mazkur patologiyasi mavjud bemorlarda qon-tomir jarrohlik amaliyotining qo‘llanishi uchun jami umumiy xarajatlar o‘rtacha 57 420 700 so‘mni tashkil etadi. Bu kabi murakkab patologiyalarda taklif etilayotgan gibrid usullarni qo‘llash natijasida jami o‘rtacha 51 338 200 so‘m sarflanadi. Demak, bunda 1 nafar bemor uchun: 6 082 500 so‘m iqtisod qilinadi Bunda 1 nafar bemordan 6 082 500 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 30 412 500 so‘mni tashkil etadi (5 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 12 165 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 18 247 500 so‘m miqdorda iqtisod qilingan. Xulosa: taklif etilayotgan gibrid usuldan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi bir bemor uchun 6 082 500 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 5 nafar bemor uchun bu iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi yillik 30 412 500 so‘mni tashkil etdi. Shundan, yillik byudjet mablag‘laridan 12 165 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 18 247 500 so‘m miqdorda iqtisod qilingan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Mul`tifokal aterosklerozni davolashda gibrid jarrohlik aralashuvlarning o‘rni” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 04.08.2023y. 09-06325 - sonli xat yuborilgan;
“Mul`tifokal aterosklerozda oyoq kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning jarrohlik taktikasi” dasturi ishlab chiqilgan ((KJNK-MA.exe) DGU 2021 2067. 16.06.2021) va taklif etilgan dasturdan foydalanish mul`tifokal aterosklerozda oyoq kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasini aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mul`tifokal aterosklerozni davolashda gibrid aralashuvlarning ahamiyati natijalari bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 13.07.2023-yildagi 54-sonli hamda Samarqand tibbiyot unversiteti ko‘ptarmoqli klinikasining 05.07.2023-yildagi 64-buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: stenoz fonida oyoq arteriyalarining trombozida kechiktirilgan shoshilinch gibrid operatsiyalarini amalga oshirish; erta va kech muddatli davolanish natijalarini yaxshilash; ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot tarziga qisqa mudatda qaytarish; bemorlarda tashxislash muddatlarini qisqartirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: oyoqlarning kritik ishemiyasida taqqoslangan har ikkala guruhning an’anaviy va gibrid aralashuvi natijalarining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatdiki, nazorat guruhida erta davrda 24 nafar (100,0%) bemordan faqat 19 nafarida (79,0%) ijobiy gemodinamik va klinik samara, operatsiya qilingan tomonda elka-tovon indeksining oshishi qayd etildi. Asosiy guruhda esa bu ko‘rsatkichlar 9 nafarni (90,0%) tashkil etdi, ijobiy dinamika ham aksariyat bemorlarda kuzatilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, gibrid operatsiyalari o‘tkazilgan guruhda qiyosiy natijalar yaxshiroq. Elka-tovon indeksi 0,31±0,011 dan 0,48±0,017 gacha ko‘tarildi (p<0,001). Asosiy guruhda bu ko‘rsatkichlar 0,38±0,014 dan 0,58±0,021 gacha etdi (p<0,001). Bunda ateroskleroz fonida oyoq arteriyalari trombozini davolashda taklif etilayotgan kechiktirilgan shoshilinch gibrid aralashuvlar uslub va taktikasi natijasida bajariladigan qon-tomir amaliyotlarda umumiy sarf va xarajtlar qisqarishiga olib keldi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar asosida quyidagi iqtisodiy natijalarga erishildi, bunda 1 nafar bemorning shifoxonadagi davrining iqtisodiy ko‘rsatkichi: bemorlarning ushbu kategoriyasida davolashda ratsional yondashuv natijasida bemorlarning reanimatsiyada bo‘lish davri, bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha davri, asoratlar sonini kamaytirish hisobidan sarflanadigan qo‘shimcha xarajatlar va umumiy perioperativ davrni qisqarishi natijasida 1 nafar bemorga to‘lanadigan to‘lov 2 532 600 so‘mga kamaygan. Ushbu guruhdagi bemorlarni davolashdagi individual ratsional yondashuv natijasida odatdagi davolash taktikasiga nisbatan har bir bemordan o‘rtacha 2 532 600 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Natijada, gibrid jarrohlik amaliyotining joriy etilishi 1 yilda o‘rtacha (9 ta bemor uchun) 22 793 400 so‘m iqtisod qilinishiga olib keladi. Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 6 838 020 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 15 955 380 so‘m miqdorda iqtisod qilingan. Xulosa: ateroskleroz fonida oyoq arteriyalari trombozini davolashda kechiktirilgan shoshilinch gibrid aralashuvlarni amalga oshirish natijasida 1 yilda (9 ta bemor uchun) 22 793 400 so‘m iqtisod qilinishiga olib keladi. Shunda, yillik byudjet mablag‘laridan 6 838 020 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 15 955 380 so‘m miqdorda iqtisod qilingan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Mul`tifokal aterosklerozni davolashda gibrid jarrohlik aralashuvlarning o‘rni” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 04.08.2023y. 09-06325 - sonli xat yuborilgan;
tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati olingan xulosa hamda takliflarning keng tarqalgan ateroskleroz kasalligi kechishining klinik va patogenetik xususiyatlari haqidagi mavjud g‘oyalarni kengaytirishga salmoqli hissa qo‘shadigan nazariy ahamiyati, oyoq arteriyalarining mul`tifokal aterosklerozi bilan og‘rigan bemorlarning jarrohlik yo‘li bilan davolash tamoyillari, shuningdek, ko‘p qavatli shikastlanishlarda gibrid operatsiyalar uchun ko‘rsatmalarni aniq belgilash shuningdek ularning afzalliklarini aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mul`tifokal aterosklerozni davolashda gibrid aralashuvlarning ahamiyati natijalari bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 13.07.2023-yildagi 54-sonli hamda Samarqand tibbiyot unversiteti ko‘ptarmoqli klinikasining 05.07.2023-yildagi 64-buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ko‘p qavatli aterosklerotik arterial shikastlanishlarni jarrohlik davolashda gibrid jarrohlik aralashuvlari tanlov usuli hisoblanadi. Shu bilan birga, gibrid aralashuvlar bir vaqtning o‘zida qon oqib kelishi va oqib ketishi yo‘llarini yaxshilash imkonini beradi, bu mul`tifokal aterosklerozni davolashda muhim moment hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ateroskleroz kechishining klinik va patogenetik xususiyatlari asosida, spesifik mezonlarning verifikatsiyasi bilan jarrohlik davolashning gibrid usullarini qo‘llash natijasida bemorlarning kasalxonada qolishining o‘rtacha davomiyligi operatsiyadan keyingi o‘rin-kunning 14,2 dan 8,1 kungacha qisqarishi hisobidan o‘rtacha 6 kunga kamroq statsionarda bo‘lishni tashkil etdi. Buning natijasida, 1 nafar bemor uchun 1 828 200 so‘m iqtisod qilinadi hamda reanimatsiya va intensiv davo bo‘limi (RIDB) da bo‘lish vaqti qisqargan. Buning natijasida, 1 nafar bemor uchun davolanish muddati o‘rtacha 1 kunga qisqarishi natijasida 1 119 200 so‘m iqtisod qilinadi. Buning natijasida, mazkur taklif etilayotgan taktika va amaliyotlar natijasida bir nafar bemor uchun o‘rtacha iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 1 947 400 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 19 474 000 so‘mni tashkil etgan (10 nafar bemor uchun). Xulosa: ateroskleroz kechishining klinik va patogenetik xususiyatlari asosida, spesifik mezonlarning verifikatsiyasi bilan jarrohlik davolashning gibrid usullarini qo‘llash natijasida (reanimatsiya sharoitidagi vaqt; statsionar davolanish vaqti) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni hisobga olgan holda taklif etilayotgan amaliyotni joriy qilinishi natijasida 1 yilda 19 474 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan, shundan 5 842 200 so‘m byudjet mablag‘lari hamda 13 631 800 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Mul`tifokal aterosklerozni davolashda gibrid jarrohlik aralashuvlarning o‘rni” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 04.08.2023y. 09-06325 - sonli xat yuborilgan;
karotid havzaning ko‘p qavatli aterosklerotik shikastlanishlarida gibrid davolash amaliyotini kollegial, shu jumladan, qon-tomir jarrohlar, rentgenologlar va nevropatologlar bilan birgalikda amalga oshirishda ko‘rsatmalar hamda cheklovlarni tizimli ravishda ko‘rib chiqish jarrohlik amaliyotini, shuningdek, natijalarini ham yaxshilagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mul`tifokal aterosklerozni davolashda gibrid aralashuvlarning ahamiyati natijalari bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 13.07.2023-yildagi 54-sonli hamda Samarqand tibbiyot unversiteti ko‘ptarmoqli klinikasining 05.07.2023-yildagi 64-buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: uyqu arteriyalarining total shikastlanishlarini jarrohlik davolashning takomillashtirilgan usuli jarrohlik vaqtini 6,4 soatdan 3,6 soatgacha, operatsiyadan keyingi mahalliy asoratlar foizini 18,2% dan 4,7% gacha kamayishi, “insult+o‘lim darajasi” ko‘rsatkichlarini 9,1% dan 0% gacha pasayishiga olib keladi va bemorning kasalxonada bo‘lish muddati davomiyligi o‘rtacha 14,2 dan 8,1 kungacha sezilarli darajada qisqargan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: karotid havzaning ko‘p qavatli aterosklerotik shikastlanishlarini davolashda turli xil jarrohlik usullarini bajarish samaradorligi o‘zaro taqqoslanganda, gibrid amaliyotlar qo‘llanilishida natijasida statsionar, reanimatsiya va intensiv davo bo‘limi (RIDB) da bo‘lish vaqti 14,2 dan 8,1 kungacha (o‘rtacha 6 kungacha) qisqargan, intraoperatsion va operatsiyadan keyingi mahalliy asoratlar foizini 18,2% dan 4,7% gacha kamaygan. Umuman olganda guruh bo‘yicha jarrohlik vaqtini 6,4 soatdan 3,6 soatgacha (o‘rtacha 3 soatga) qisqargan. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida tahlil qilinganda iqtisodiy tejash ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ldi, statsionar, reanimatsiya va intensiv davo bo‘limi (RIDB) da bo‘lish davrining qisqarishi hisobidan 1 nafar bemor uchun 2 947 400 so‘m iqtisod qilinadi, amaliyotlar qo‘llanilgnada yuzaga kelgan asoratlar (o‘rtacha 4 barobar) qisqarishi natijasida o‘rtacha umumiy sarf-xarajatlar iqtisodiy ko‘rsatkichi 2 238 400 so‘mni tashkil etdi, gibrid jarrohlik texnikasi bo‘yicha bajariladigan amaliyotlarda operativ jarayon vaqtining qisarishi hisobidan 1 nafar bemor uchun 699 750 so‘m iqtisod qilindi. Shunda umumiy 1 nafar bemor uchun iqtisodiy tejash samaradorligi 5 885 550 so‘mni tashkil etdi, unda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 41 198 850 so‘mni tashkil etgan (7 nafar bemor uchun). Xulosa: karotid havzaning ko‘p qavatli aterosklerotik shikastlanishlarini davolashda gibrid operatsiyalar usulidan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 41 198 850 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 12 359 655 so‘m byudjet mablag‘lari, 28 839 195 so‘m esa byudjetdan tashqari mablag‘lardir. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Mul`tifokal aterosklerozni davolashda gibrid jarrohlik aralashuvlarning o‘rni” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 04.08.2023y. 09-06325 - sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish