Fayzullaev Sarvarbek Abdusattor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eron Islom Respublikasining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo vektori», 23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss368.
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Abdusamat Axatovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Eron Islom Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda xavfsizlik sohalaridagi aloqalarini tahlil qilish, Eron Islom Respublikasi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Eron Islom Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan ikki tomonlama hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosati tarixiy, etnik, diniy va madaniy omillarga, uning “Tamaddunlar muloqoti” va “Sharqqa nigoh” konsepsiyalariga ko‘ra ustuvor o‘rin egallashi asoslangan;
Markaziy Osiyo mintaqasida yuz berayotgan regionalizm tendensiyalari, tashqi aktorlar bilan “Markaziy Osiyo+” formatlari doirasidagi ko‘p tomonlama siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarining kengayib borayotganligi Eron Islom Respublikasining mintaqaga konstruktiv ta’sir ko‘rsatish manfaatlarining evolyutsion rivojlanishiga konseptual asos bo‘lishi isbotlangan;
Eron Islom Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘on omiliga ko‘ra mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosatida narkotik moddalar savdosi, terrorizm, ekstremizm va separatizm muammosiga qarshi kurash, “ShHT– Afg‘oniston” muloqot guruhining faoliyati hamda Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni hal qilishga ko‘maklashish masalalari o‘zaro bog‘liq va mushtarak ekanligi asoslangan;
Eron Islom Respublikasi bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish, mintaqalarni bog‘lovchi transport-tranzit imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda eng yaqin dengiz portlariga chiqish uchun imkon beruvchi yo‘laklar yaratishga asoslangan “Markaziy Osiyo — Eron” sammitini tashkil qilish va “Termiz — Mozori Sharif — Hirot — Chobahor” temir yo‘l yo‘nalishini barpo etish maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Eron tashqi siyosatida Markaziy Osiyo vektorining shakllanish va rivojlanish jarayonlarini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflardan:
Eronning Markaziy Osiyoga nisbatan tashqi siyosatining rivojlanish xususiyatlari, geosiyosiy ahamiyati, iqtisodiy ustuvorliklari, xalqaro siyosiy jarayonlarda yirik mintaqaviy kuch sifatida ishtirok etishining ilmiy asoslanganligi va mintaqaviy muloqot rivojiga ta’siri ilmiy jihatdan o‘rganilib, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, afg‘on omiliga ko‘ra mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosatida narkotik moddalar savdosi, terrorizm, ekstremizm va separatizm muammosiga qarshi kurash, savdo-sotiq, transport, logistika va investisiya sohasidagi aloqalarni mustahkamlash borasidagi xulosalardan Oliy Majlisning Eron Islom Respublikasi parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhining 2021- hamda 2022-yillardagi ish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2023-yil 28-avgustdagi 04/6-08-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, parlamentlararo ekspertlar guruhini tuzish hamda yillik ish rejalarining mazmun jihatdan samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan; 
Markaziy Osiyo mintaqasida yuz berayotgan regionalizm tendensiyalari, tashqi aktorlar bilan “Markaziy Osiyo+” formatlari doirasidagi ko‘p tomonlama siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarining kengayib borayotganligi Eron Islom Respublikasining mintaqaga konstruktiv ta’sir ko‘rsatish manfaatlarining evolyutsion rivojlanishiga konseptual asos bo‘lishi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan respublika vazirlik va idoralariga yuboriladigan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Tashqi ishlar vazirligining 2023-yil 25-iyundagi 18/28692-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur sohadagi axborot-tahlil ma’lumotlarining kengayishi, tahliliy materiallarning ilmiy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishiga xizmat qilgan; 
Eron Islom Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan ikki tomonlama hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosati tarixiy, etnik, diniy va madaniy omillarga, uning “Tamaddunlar muloqoti” va “Sharqqa nigoh” konsepsiyalariga ko‘ra ustuvor o‘rin egallashi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining ilmiy-amaliy tadbirlarida, shuningdek, madaniy hamkorlik doirasida milliy-madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlari, jumladan, “O‘zbekiston – Eron” do‘stlik jamiyatining tadbirlar rejasi va yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalaniladi (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 23-avgustdagi 14-07-1074-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy-madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlarining faoliyatini rivojlantirish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi; 
Eron Islom Respublikasi bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish, mintaqalarni bog‘lovchi transport-tranzit imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda eng yaqin dengiz portlariga chiqish uchun imkon beruvchi yo‘laklar yaratishga asoslangan “Markaziy Osiyo — Eron” sammitini tashkil qilish va “Termiz — Mozori Sharif — Hirot — Chobahor” temir yo‘l yo‘nalishini barpo etish zarurligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tranzit strategiyasi, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralar bayoni va boshqa Afg‘oniston-Pokiston yo‘lagi bilan bog‘liq konseptual hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanildi (Transport vazirligining 2023-yil 22-noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, yuqoridagi qayd etilgan hujjatlarni mazmun jihatdan samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish