Maxammadjanov Xusanboy Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tribotexnik xususiyatlarni barqarorlashtirish orqali samarali kompozision termoreaktiv polimer materiallari va ular asosida qoplamalarni ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T3465.
Ilmiy rahbar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshqobilov Olim Xoliqulovich,     texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tribotexnik xususiyatlarni barqarorlashtirish orqali samarali kompozision termoreaktiv polimer materiallari va ular asosida qoplamalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosim va siljish tezligining oshishi bilan ishqalanishni barqarorlashtirish jarayonining davomiyligini kamayishi va bu shishalanish harorati va mikroqattiqligi yuqori bo‘lgan qoplamalar uchun jarayonining davomiyligi ko‘proq ekanligi aniqlangan;
paxta xom ashyosining ifloslanishi 2,5 % dan 30 % gacha bo‘lganda, abraziv ta’sirlashuv jarayonining kuchayishi va o‘zaro ta’sir bosimining notekis ortishi sababli polimer qoplamalarining ishqalanishni barqarorlashtirish jarayonining davomiyligini 19 % gacha ortishiga, paxta xom ashyosining namligini 5 % dan 50 % gacha oshishi esa aksincha, teskari ta’sir tufayli ishqalanishni barqarorlashtirish jarayonining davomiyligini o‘rtacha 25 % ga kamaytirishi aniqlangan;
tribotexnik zaryadning zichligi va o‘zaro ta’sir zonasidagi haroratning oshishi ishqalanishni barqarorlashtirish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va kuchayishiga o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni tribotexnik zaryadning zichligi 1,75*10-4 Kl/m2 dan 3,75*10-4 Kl/m2 gacha oshishi va haroratning 300 K dan 312 K gacha oshganda, ishqalanishni barqarorlashtirish jarayonining deyarli 2 baravar oshishi aniqlangan;
ishqalanish koeffisientining qiymati barqarorlashgandan so‘ng ishqalanishni barqarorlashtirish jarayoni tugallanishi va shu asosda ishqalanishni barqarorlashtirish jarayonida tribotexnik parametrlar ketma-ketligini aniqlaydigan: triboelektrik razryad zichligi < ishqalanish zonasidagi harorat < ishqalanish koeffisienti kabi tartiblangan qatorlar aniqlangan;
kompozision termoreaktiv polimer materiallarining ishqalanishini barqarorlashtirish jarayoniga to‘ldiruvchilarning organomineral zarrachalarini turi va miqdorining ta’siri hamda qattiq to‘ldiruvchilarning kiritilishi bilan kompozision termoreaktiv polimer qoplamalarining mustahkamligi 1,5-2 marta va polimer qoplamalarining ishqalanishini barqarorlashtirish jarayonining davomiyligi mos ravishda ortadi va yumshoq to‘ldiruvchilarning kiritilishi bilan kompozision polimer qoplamalarining mexanik xususiyatlari kamayib, ishqalanishni barqarorlashtirish jarayonining davomiyligi ham pasayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tribotexnik xususiyatlarni barqarorlashtirish orqali samarali kompozision termoreaktiv polimer materiallari va ular asosida qoplamalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tribotexnik xususiyatlarga ega ishlab chiqilgan kompozision termoreaktiv polimer materiallari Piskent paxta tozalash zavodida tozalash mashinalari ishchi organlarida (djin, linter) joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2023 yil 6 iyundagi 02-11/295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta mashinalari va mexanizmlarining samaradorligini 7,0-14,0% ga oshirish va quvvat sarfini esa 5,0-8,0% ga kamaytirish imkonini bergan;
yuqori antifrksion, fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarni ta’minlaydigan kompozision termoreaktiv polimer qoplamalarni olishning ishlab chiqilgan samarali texnologiyasi Piskent paxta tozalash zavodida paxta tozalash mashinalari va mexanizmlarining qoziqli ishchi organlari yuzasida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2023 yil 6 iyundagi 02-11/295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasiga etkazilgan zarar 0,12-0,28% ga, paxta xom ashyosida urug‘larini ezg‘ilashni 0,16-0,32% ga kamaytirish imkonini bergan;
termoreaktiv polimer materiallarian ishlab chiqilgan qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodida tozalash mashinalarining ishchi organlariga joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2023 yil 6 iyundagi 02-11/295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, u energiya manbalaridan tejamkor foydalanishni ta’minlash va metall qoziqlarning umrboqiyligini 2-2,5 barobar oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish