Rajabova Nargiza Xalimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘pka saratonida bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlanishining farmakoiqtisodiy tahlili», 15.00.03 – farmatsevtika ishini tashkil etish. (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Far81.
Ilmiy rahbar: Suyunov Nizom Davurovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Moxinur Gafurovna farmatsevtika fanlari doktori, professor, Xomitov Komiljon Zoitovich iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pka saratonida qo‘llaniladigan dori vositalari bilan bemorlarning ta’minlanishini takomillashtirish, samaradorligini intellektual tahlil usulda farmakoiqtisodiy baholash, kasallik hamda dori vositalari prognozini ishlab chiqish va ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smaga qarshi va o‘pka saratonini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarining assortimenti, bemorlarning tibbiy kartalari retrospektiv, chastotali va dori vositalari bilan ta’minlanishining qiyosiy tahlili asosida sarf-xarajatlarni optimallashtirish yo‘llari aniqlangan;
ilk bor o‘pka saratonining mayda hujayrali, adenokarsinoma, yassi hujayrali turlarini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari samaradorligini farmakoiqtisodiy baholash uchun intellektual tahlil usuli asosida aniqlash bo‘yicha kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;
ilk bor intellektual tahlil usuli asosida mayda hujayrali o‘pka saratoni, adenokarsinoma va yassi hujayrali turlarida kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositalarining samaradorligi bo‘yicha guruhlari isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasida onkologik kasalliklar, o‘pka saratonining 2010–2022 yillardagi epidemiologiyasi asosida, ularning 2023–2026 yillarga prognozi hamda unga mos ravishda o‘smaga qarshi 24 ta dori preparatlarini dori shakli va dozasi bo‘yicha prognozi ishlab chiqilib, farmakoiqtisodiy tahlil va prognoz asosida o‘pka saratonida qo‘llaniladigan dori vositalari ehtiyoji aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘pka saratonida bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlanishining farmakoiqtisodiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«O‘pka saratonini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini farmakoiqtisodiy baholash bo‘yicha tibbiyot mutaxassislari uchun anketa so‘rovnoma» (2.08.2021 y., №8 n-r/698) uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 y. 27 oktyabrdagi 01/003-sonli xulosasi). Natijada anketa-so‘rovnoma o‘pka saratonini davolashda kasallik turlariga muvofiq dori vositalarini tanlash va xarid qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan;
«Intellektual tahlil usullari asosida mayda hujayrali o‘pka saratoni kasalligini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari samaradorligini aniqlash» (26.06.2023 y., №006 U/T) uslubiy tavsiyanoma Toshkent farmatsevtika instituti ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan (Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 y. 27 oktyabrdagi 01/003-sonli xulosasi). Natijada mayda hujayrali o‘pka saratoni bemorlarini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarining ta’minotini optimallashtirish imkonini bergan;
«Intellektual tahlil usullari asosida o‘pka saratonining adenokarsinoma va yassi hujayrali turlarini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari samaradorligini baholash» (26.06.2023 y., №007 U/T) uslubiy tavsiyanoma Toshkent farmatsevtika instituti ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan (Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 y. 27 oktyabrdagi 01/003-sonli xulosasi). Natijada o‘pka saratonining adenokarsinoma va yassi hujayrali turlarini davolashda qo‘llaniladigan asosiy dori vositalari ro‘yxatini takomillashtirish imkonini bergan;
«O‘pka saratonida qo‘llaniladigan kimyoterapevtik dori vositalarining farmakoiqtisodiy tahlili va prognozi» (26.06.2023 y., №008 U/T) uslubiy tavsiyanoma Toshkent farmatsevtika instituti ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan (Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 y. 27 oktyabrdagi 01/003-sonli xulosasi). Natijada onkologik kasalliklar, shu jumladan, o‘pka saratonining statistik ko‘rsatkichlari hamda o‘smaga qarshi dori vositalarini iste’mol hajmini prognozi va bemorlarda qo‘llaniladigan dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish