Xudoynazarov Fozilbek Sayfulloh o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy gaz pirolizida hosil bo‘ladigan qurumning xossalari va qayta ishlash texnologiyasi», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3563.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Farhod Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gaz pirolizida hosil bo‘ladigan qurumni qata ishlash texnologiyasini ishlab chiqish va neft-gaz, polimerlar, rezinalar sanoatida maqsadli qo‘llash sohalarini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy gaz pirolizida hosil bo‘lgan qurumni qayta ishlashda kislota tabiati, konsentratsiyasi va ishlov berish davomiyligi aniqlanib, zollik darajasining 15,8 dan 0,4 % gacha kamayishi asoslangan;
suv va benzolni qurumga adsorbsiyalanishining termodinamik tavsiflari (∆H, ∆G, ∆S) va izotermasi aniqlanib, adsorbsiya izotermasi mikrog‘ovaklar hajmiy to‘yinish nazariyasining ikki va uch hadli matematik tenglamalari asosida isbotlangan;
suvning adsorbsiyasi qayta ishlangan qurumda faol markazlardagi guruhlar ko‘payishi bilan dastlabkiga nisbatan to‘rt marta ortishi isbotlangan;
qurumning faol markazlariga benzol molekulalarining adsorbsiyalanishida π-komplekslar hosil bo‘lishi asoslangan;
adsorbsiyalangan benzol molekulalari qo‘zg‘almas - qattiq holat entropiyasida bo‘lishi isbotlangan;
tabiiy gaz pirolizida hosil bo‘lgan qurumni qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tabiiy gazni pirolizida hosil bo‘luvchi ikkilamchi xomashyo atsetilen qurumini kislotali tozalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
atsetilen qurumini kislotali qayta ishlab chiqarish texnologiyasi «Namangan rezina plast» MChJda amaliyotiga joriy qilingan («Namangan rezina plast» MChJning 2022 yil 20 apreldagi 92-son ma’lumotnomasi). Natijada, N330 va N660 markali import mahsulotlarini  mahalliylashtirish imkonini bergan;
metan pirolizida hosil bo‘lgan atsetilen qurumini qayta ishlash texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»da amaliyotga joriy qilingan («Muborak GQIZ»ning 2022 yil 8 noyabrdagi 948/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik suvlarni ammiak va benzoldan tozalashda import hisobiga qo‘llaniladigan texnik uglerodni mahalliylashtirish imkonini bergan; 
qayta ishlab chiqarilgan atsetilen qurumi “Peng-SHENG” MCHJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Peng-SHENG MCHJ ning 2023 yil 5 dekabrdagi Z/420-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suv tarkibidagi aromatik uglevodorodlar va tuzlarni tozalashda import hisobiga qo‘llaniladigan texnik uglerodni mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish