Abdullaev Baxromjon Dadajanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Toshkent havzasining suv almashinuvini zamonaviy xususiyatlari», 04.00.04 - Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/GM161.
Ilmiy rahbar: Sherfedinov Lenzi Zekeryaevich geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Sabirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Begimqulov Dilshod Qalandarovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent grunt suvlari havzasining zamonaviy suv almashinuvi xususiyatlarini o‘rnatish va yangilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent er osti suvlari havzasining geologik-gidrogeologik tuzilishi hisobga olgan holda uning grunt suvlari qismi uchun gidrogeologik modeli yaratilgan;
cuv ob’ektlari va geologik -strukturali substratning atributlari asosida Toshkent havzasi er osti suvlarining boshqariladigan zahiralari va havza sig‘imi parametrlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
Toshkent havzasi suv-tuz oqimining raqamli ko‘rinishi va uning havza bo‘yicha o‘zgarishini raqamli algoritmi ishlab chiqilgan;
gidravlik yillarning suvlilik darajasi bo‘yicha Toshkent havzasi grunt suvlarining miqdorining o‘zgarishini xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Er osti havzasining suv-tuz balansini zamonaviy xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
havza bo‘yicha suv-tuz oqimi va o‘zgarishining ishlab chiqilgan raqamli algoritmi “Toshkent gidrogeologiya stansiyasi”da amaliyotga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 30 martdagi 08-0708-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent havzasining yuqori qatlamidagi suv-tuz oqimining gidrogeokimyoviy tarkibidagi o‘zgarishlarni matematik model yordamida nazorat qilish imkonini bergan;
Toshkent havzasining yuqori qismidagi suv-tuz oqimining ilmiy asoslangan yo‘nalishi “Toshkent gidrogeologiya stansiyasi”da amaliyotga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 30 martdagi 08-0708-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent havzasining yuqori qatlamida er osti suvlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
er osti suvlari zaxiralari va havza sig‘imini tartibga solish parametrlarini hisoblashning ishlab chiqilgan uslubi “Toshkent gidrogeologiya stansiyasi”da amaliyotga joriy etilgan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 30 martdagi 08-0708-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalik, ichimlik va sanoat suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha geologik qidiruv ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish