Talapova Nargiza Baxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy sohalarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2589.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy sohalarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra byudjet mablag‘lari miqdorini aniqlashda kutilayotgan iqtisodiy natija jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun moliyaviy imkoniyatlar mavjudligi mo‘ljalini olishi zarurligi byudjet resurslaridan foydalanish samaradorligi pastligi YaIMning o‘sish sur’atlarini sekinlashtirishga salbiy ta’sir etishi sababli byudjet muassasasining “ishlash” tamoyilidan voz kechish va “samarali natija” tamoyiliga o‘tishining nazariy jihatlari orqali asoslab berilgan;
hududlardagi rentabellik darajasi 15 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlari tomonidan ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan xarajatlarini foyda (daromad) solig‘iga tortish bazasidan chiqarish yoki har yillik sof foydadan 1 foizgacha mablag‘larni ajratishni yo‘lga qo‘yish orqali mazkur xo‘jalik sub’ektlariga yaqin joylashgan maktablar, kasb-hunar texnikumlari, akademik liseylar va tibbiyot muassalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlariga jalb etishni rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim tizimi faoliyatini moliyalashtirishda davlat byudjet xarajatlarini qisqartirishning yangi manbalari hisoblangan endaument fondlari hamda fandrayzingdan foydalanishning maqbul (Ef ≈ 0,58; Fr ≈ 0,42) nisbatlari asoslab berilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va loyihalarni moliyalashtirish holatining uzoq muddatli dinamikasi va tendensiyalarini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida sohani rivojlanishining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy sohalarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra byudjet mablag‘lari miqdorini aniqlashda kutilayotgan iqtisodiy natija jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun moliyaviy imkoniyatlar mavjudligi mo‘ljalini olishi zarurligi byudjet resurslaridan foydalanish samaradorligi pastligi YaIMning o‘sish sur’atlarini sekinlashtirishga salbiy ta’sir etishi sababli byudjet muassasasining “ishlash” tamoyilidan voz kechish va “samarali natija” tamoyiliga o‘tishining nazariy jihatlari orqali asoslashga oid nazariy ma’lumotlardan 5231900 – Korporaiv boqaruv yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ moliya” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 4-oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda byudjet muassasasining “ishlash” tamoyilidan voz kechish va “samarali natija” tamoyiliga o‘tishi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
hududlardagi rentabellik darajasi 15 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlari tomonidan ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan xarajatlarini foyda (daromad) solig‘iga tortish bazasidan chiqarish yoki har yillik sof foydadan 1 foizgacha mablag‘larni ajratishni yo‘lga qo‘yish orqali mazkur xo‘jalik sub’ektlariga yaqin joylashgan maktablar, kasb-hunar texnikumlari, akademik liseylar va tibbiyot muassalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlariga jalb etishni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ijtimoiy sohalarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi 03/03-3362-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi xo‘jalik sub’ektlarini tomonidan maktablar, kasb-hunar texnikumlari, akademik liseylar va tibbiyot muassalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlariga jalb etishni rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tizimi faoliyatini moliyalashtirishda davlat byudjet xarajatlarini qisqartirishning yangi manbalari hisoblangan endaument fondlari hamda fandrayzingdan foydalanishnining maqbul (Ef ≈ 0,58; Fr ≈ 0,42) nisbatlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ijtimoiy sohalarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi 03/03-3362-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tizimi faoliyatini moliyalashtirishda endaument fondlari hamda fandrayzingdan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va loyihalarni moliyalashtirish holatining uzoq muddatli dinamikasi va tendensiyalarini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida sohani rivojlanishining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ijtimoiy sohalarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi 03/03-3362-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlanishining istiqboldagi asosiy parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish