Shermuxamedov Bexzodjon Usmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida depozit siyosatini metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari depozit siyosati metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
omonatlarni milliy va xorijiy valyutada hamda muddatiga ko‘ra segmentlash orqali depozit portfeli hamda bonuslar (keshbek) tizimini optimallashtirish va bank risklarini pasaytirish va resurs bazasini diversifikatsiyalash o‘rtasidagi muvozanatini ta’minlash asoslangan;
banklarda omonatlar xavfsizligini ta’minlashda operatsion xarajatlarning optimal darajasi chegarasini 10 foiz etib belgilash taklif etilgan;
tijorat banklarini barqaror moliyaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida depozit bazasi tarkibida muddatli va jamg‘arma omonatlar salmog‘i 30 foizgacha etib belgilash taklif etilgan;
bank depozit xizmatlarini favqulodda holatlarga moslashtirish orqali tijorat banklarining resurs bazasidagi keskin tebranishlar darajasini 2,0 foizga pasaytirish asoslangan;
tijorat banklari kreditlari o‘sishining depozit siyosatiga ta’siri va depozit siyosatini amalga oshirishning 2027-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining depozitni siyosatini metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
omonatlarni milliy va xorijiy valyutada hamda muddatiga ko‘ra segmentlash orqali depozit portfeli hamda bonuslar (keshbek) tizimini optimallashtirish va bank risklarini pasaytirish va resurs bazasini diversifikatsiyalash o‘rtasidagi muvozanatini ta’minlash mexanizmini joriy etish taklifi «Asakabank» AJ va «Mikrokreditbank» ATB depozit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Asakabank» AJning 2023-yil 23-maydagi 14/5-12-sonli, «Mikrokreditbank» ATBning 2023-yil 1-iyundagi 04-16/23647-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yil davomida jami majburiyatlar tarkibida depozitlarning salmog‘i yil boshiga nisbatan 7,5 foiz punktiga ko‘paygan;
banklarda omonatlar xavfsizligini ta’minlashda operatsion xarajatlarning optimal darajasi chegarasini 10 foiz etib belgilash taklifi «Asakabank» AJ va «Mikrokreditbank» ATB depozit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Asakabank» AJning 2023 yil 23-maydagi 14/5-12-sonli, «Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 1 iyundagi 04-16/23647-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, 2022-yil davomida bank tomonidan jalb qilingan muddatli omonatlar hajmi 11118,4 milliard. so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1,8 barobarga oshgan, operatsion daromadlar hajmi 1 0765,2 milliard. so‘mga etgan;
tijorat banklarini barqaror moliyaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida depozit bazasi tarkibida muddatli va jamg‘arma omonatlar salmog‘i 30 foizgacha etib belgilash taklifi «Mikrokreditbank» ATB depozit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2023-yil 1-iyundagi 04-16/23647-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida jamg‘arma va muddatli depozitlar hajmi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 5,1 foizga kamayishga erishildi;
bank depozit xizmatlarini favqulodda holatlarga o‘ttiz foizgacha moslashtirish orqali tijorat banklarining resurs bazasidagi keskin tebranishlar darajasini 2,0 foizga pasaytirish asoslangan «Asakabank» AJ va «Mikrokreditbank» ATB depozit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Asakabank» AJning 2023-yil 23-maydagi 14/5-12-sonli, «Mikrokreditbank» ATBning 2023 yil 1 iyundagi 04-16/23647-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020-yil 1-yanvar holatiga jami depozitlar qoldig‘i 8098,5 milliard so‘m bo‘lgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich 2021-yil 1-yanvar holatiga 9704,8 milliard so‘mni, 2023-yil 1-yanvar holatiga14431 milliard so‘mni tashkil etgan;
tijorat banklari kreditlari o‘sishining depozit siyosatiga ta’siri va depozit siyosatini amalga oshirishning 2027-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan «Asakabank» AJ va «Mikrokreditbank» ATB depozit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Asakabank» AJning 2023-yil 23-maydagi 14/5-12-sonli, «Mikrokreditbank» ATBning 2023-yil 1-iyundagi 04-16/23647-son ma’lumotnomasi). Natijada, inflyasiya darajasining bir foizga oshishi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB depozitlari foizini 0,58 foizga, «Asakabank» ATB depozitlari foizini 0,52 foizga, «Mikrokreditbank» ATB depozitlari foizini 0,45 foizga, hamda «Ipotekabank» ATB depozitlari foizini 0,49 foizga ko‘paygan.