Shaxobov Xamidjon Muxamadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini klaster asosida tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari (Namangan viloyati paxta-to‘qimachilik korxonalari misolida)”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1955.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Komoliddin Jurabaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Ibragimov Isroiljon Usmonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta-to‘qimachilik sohasida tadbirkorlik faoliyatini klaster asosida tashkil etish va rivojlantrishning hududiy xususiyatlari bo‘yicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “paxta-to‘qimachilik klasteri” tushunchasining iqtisodiy mazmuni to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga oid iqtisodiy faoliyatning bir-biriga bog‘liq sohalarida tadbirkorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirishda texnologik jarayonlarni uzviyligi va uzlyuksizligini ta’minlash hamda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish imkonini beruvchi o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan takror ishlab chiqarish zanjiri nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
Namangan viloyati tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solishning hududiy idoralari tomonidan hududdagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga oid iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hamkorlikka asoslangan klasterlarni tashkil etishning maqbul variantini loyihalash xizmatini yo‘lga qo‘yish asosida “Art Soft Holding” kompaniyasi tarkibidagi tadbirkorlik sub’ektlari mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik faoliyatini klaster usulida yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish asosida “Art Soft Holding” kompaniyasi tarkibidagi tadbirkorlik sub’ektlarining 2023-2027 yillardagi mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘p omilli prognozi ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari tarkibidagi tadbirkorlik sub’ektlarining istiqboldagi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar asosida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik faoliyatini klaster usulida tashkil etishni afzalliklari va istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “paxta-to‘qimachilik klasteri” tushunchasining iqtisodiy mazmunini to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga oid iqtisodiy faoliyatning bir-biriga bog‘liq sohalarida tadbirkorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirishda texnologik jarayonlarni uzviyligi va uzlyuksizligini ta’minlash hamda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish imkonini beruvchi o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan takror ishlab chiqarish zanjiri nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyotda qo‘llanilayotgan atamalarning izohli lug‘ati” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 21-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “paxta-to‘qimachilik klasteri” tushunchasi yuzasidan texnologik jarayonlarni uzviyligi va uzlyuksizligini ta’minlash hamda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish imkonini beruvchi o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan takror ishlab chiqarish zanjiri sifatida kengroq bilim va ko‘nikmalar shakllantirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyati tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solishning hududiy idoralari tomonidan hududdagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga oid iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hamkorlikka asoslangan klasterlarni tashkil etishning maqbul variantini loyihalash xizmatini yo‘lga qo‘yish asosida “Art Soft Holding” kompaniyasi tarkibidagi tadbirkorlik sub’ektlari mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish taklifi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 02/22-725-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Art Soft Holding” kompaniyasida ishlab chiqarish tannarxini 9,1 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik faoliyatini klaster usulida yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish asosida “Art Soft Holding” kompaniyasi tarkibidagi tadbirkorlik sub’ektlarining 2023-2027 yillardagi mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘p omilli prognozi “Art Soft Holding” kompaniyasi tomonidan 2023-2027 yillarda Namangan viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan amaliy dasturlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 02/22-725-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘rta muddatli istiqboldagi loyihalar asosiy parametrlarining aniqligi va o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari tarkibidagi tadbirkorlik sub’ektlarining istiqboldagi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 02/22-725-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasterlarining istiqboldagi rivojlanish tendensiyalarini aniqlash hamda asosiy faoliyat parametrlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.