Rabimqulov Sherzod Murtozaevichning 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari investisiya faoliyatining samaradorligini oshirish»,
08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3. PhD/Iqt258. 
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Akbar Abduhamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari investisiya faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif  va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qiymati 5 mln. AQSh dollari va undan yuqori bo‘lgan investisiya loyihalarda ularni tashqi infrastruktura, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bilan bog‘liq xarajatlarning loyiha qiymatining 20 foizigacha bo‘lgan qismini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklif etilgan; 
bank umumiy aktivlari tarkibidagi likvidli aktivlar ulushini ko‘paytirish hamda to‘lov qobiliyatini me’yoriy darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida ularning kamida 15 foizini yuqori likvidli aktivlarda saqlab turish taklif etilgan;
investisiyalar portfeli diversifikatsiyasini oshirish maqsadida byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ajratmalar o‘tkazilganidan keyin qolgan foydaning 10 foizini korporativ qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish taklif etilgan;
bank investisiya siyosati samaradorligini oshirish maqsadida so‘ndirish muddati tugagan qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlarning 30 foizini REPO operatsiyalariga qayta investisiya qilish orqali bank risklarini kamaytirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari investisiya faoliyatining samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qiymati 5 mln. AQSh dollari va undan yuqori bo‘lgan investisiya loyihalarda ularni tashqi infrastruktura, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bilan bog‘liq xarajatlarning loyiha qiymatining 20 foizigacha bo‘lgan qismini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklifi AT «Agrobank» 2021-2022 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Agrobank»ning 2022 yil 15 maydagi 04-01-133-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihadagi infrastruktura riski hamda kreditni qoplash muddatining keskin qisqarishi tahlil jarayonida aniqlangan samarasiz loyihalar salmog‘ini 23,7 foizga kamaytirilgan;
bank umumiy aktivlari tarkibidagi likvidli aktivlar ulushini ko‘paytirish hamda to‘lov qobiliyatini me’yoriy darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida ularning kamida 15 foizini yuqori likvidli aktivlarda saqlab turish taklifi AT «Agrobank» 2021-2022 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Agrobank»ning 2022 yil 15 maydagi 04-01-133-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihalar pul oqimi (tushumi) taqchilligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni kamaytirish hisobiga investisiya loyihalariga yo‘naltirilgan aktivlar likvidligi oshirilgan va to‘lovdagi muammolar salmog‘i 21 foizga bartaraf etilib, kredit to‘lovlarining 85 foizi loyihadan keladigan pul oqimlari hisobidan amalga oshirilishiga erishilgan;
investisiyalar portfeli diversifikatsiyasini oshirish maqsadida byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ajratmalar o‘tkazilganidan keyin qolgan foydaning 10 foizini korporativ qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish taklifi AT «Agrobank» 2021-2022 yil uchun investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Agrobank»ning 2022 yil 15 maydagi 04-01-133-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan qimmatli qog‘ozlarga kiritiladigan investisiyalar salmog‘i 11,7 foizga, investisiya kiritilgan tarmoqlar soni 8 foizga, daromadlilik darajasi 2,3 foizga oshgan;
bank investisiya siyosati samaradorligini oshirish maqsadida so‘ndirish muddati tugagan qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlarning 30 foizini REPO operatsiyalariga qayta investisiya qilish orqali bank risklarini kamaytirish taklifi AT «Agrobank» 2021-2022 yil uchun investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Agrobank»ning 2022 yil 15 maydagi 04-01-133-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya qo‘yilmalari diversifikatsiyasi 1,3 foizga kengaygan, REPO operatsiyalari salmog‘i 8 foizga hamda ulardan olinadigan daromad hajmi 5 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish