Mavlyanov Muzaffar Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yashirin iqtisodiyotni baholash», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2500.
Ilmiy rahbar: Bayxonov Baxodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Matkarimov Komoliddin Jurabaevich,  iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yashirin iqtisodiyot ulushini baholashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra «kichik biznes sub’ektlarida yashirin iqtisodiyotni hisoblash usullarining tasnifi»ni axborot manbai turlari, ilmiy-tadqiqot bo‘limlari qamrovi, o‘rganilayotgan materiallarning xususiyati bo‘yicha har xil turdagi faoliyatlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yashirin jarayonlarni baholash usullarini guruhlash asosida takomillashtirilgan;
hududdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi idoralar tomonidan hududdagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida yashirin iqtisodiyotni rag‘batlantiruvchi omillarni davriy baholab borish hamda muayyan natijalar asosida ularni bartaraf etishga oid manzilli tavsiyalar va aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish taklifi asoslangan;
yashirin iqtisodiyotni baholashning mualliflik yondashuviga ko‘ra Namangan viloyatidagi yashirin iqtisodiyot shakllanishidagi asosiy omillar bog‘liqligi va ular ta’siri korrelyasiyasi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi salmog‘i bo‘yicha kichik biznes korxonalarida jami xarajatlar [0,35 ≤ JH ≤ 0,56], boshqaruv organlari ish haqi [0,15 ≤ BIH ≤ 0,26], doimiy [0,23 ≤ DIK ≤ 0,38] va mavsumiy [0,13 ≤ MIK ≤ 0,21] faoliyat yuritayotgan ishchilar soni jihatidan maqbul chegaralari asoslangan;
Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yashirin iqtisodiyot holatiga ta’sir etuvchi omillarni baholash asosida uning   miqyosini qisqartirishning 2027 yilga qadar ko‘p omilli va ssenariyli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yashirin iqtisodiyot ulushini baholashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «kichik biznes sub’ektlarida yashirin iqtisodiyotni hisoblash usullarining tasnifi» axborot manbai turlari, ilmiy-tadqiqot bo‘limlari qamrovi, o‘rganilayotgan materiallarning xususiyati bo‘yicha har xil turdagi faoliyatlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yashirin jarayonlarni baholash usullarini guruhlash asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Ekonometrika asoslaridan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini bajarish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i).  Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda kichik biznes sub’ektlarida yashirin iqtisodiyotni hisoblash usullarini axborot manbai turlari, ilmiy-tadqiqot bo‘limlari qamrovi, o‘rganilayotgan materiallarning xususiyati bo‘yicha har xil turdagi faoliyatlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yashirin jarayonlarni baholash jihatidan guruhlash bo‘yicha nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish imkoni yaratilgan;
hududdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi idoralar tomonidan hududdagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida yashirin iqtisodiyotni rag‘batlantiruvchi omillarni davriy baholab borish hamda muayyan natijalar asosida ularni bartaraf etishga oid manzilli tavsiyalar va aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Hududlarda yashirin iqtisodiyot omillarini baholash hamda ularni bartaraf etishga oid chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 13 dekabrdagi 01/00-02/26-12570-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan yalpi hududiy mahsulot hajmi bir foiz punktga oshganida, viloyat yashirin iqtisodiyotning YaHMdagi ulushi 0,37 foiz punktga pasayishi mumkinligini aniqlash imkonini bergan;
yashirin iqtisodiyotni baholashning mualliflik yondashuviga ko‘ra Namangan viloyatidagi yashirin iqtisodiyot shakllanishidagi asosiy omillar bog‘liqligi va ular ta’siri korrelyasiyasi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi salmog‘i bo‘yicha kichik biznes korxonalarida jami xarajatlar [0,35 ≤ JH ≤ 0,56], boshqaruv organlari ish haqi [0,15 ≤ BIH ≤ 0,26], doimiy [0,23 ≤ DIK ≤ 0,38] va mavsumiy [0,13 ≤ MIK ≤ 0,21] faoliyat yuritayotgan ishchilar soni jihatidan maqbul chegaralaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Aholi tabaqalanishini oldini olish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha 2022-2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 13 dekabrdagi 01/00-02/26-12570-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatidagi kichik biznes sub’ektlari o‘rtasidagi murosasizlik munosabatlarni tartibga solish va yashirin iqtisodiyotni 9,3 foizga qisqartirish imkonini bergan;
Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yashirin iqtisodiyot holatiga ta’sir etuvchi omillarni baholash asosida uning miqyosini qisqartirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p omilli va ssenariyli prognozi ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan istiqboldagi rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 13 dekabrdagi 01/00-02/26-12570-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Aholi tabaqalanishini oldini olish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha 2022-2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” dasturida qo‘llanilgan istiqbol parametrlarini o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish