Abidov Abdujabbar Abduxamidovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxona faoliyati axborot tizimi barqarorligini modellashtirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika, 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt479. 
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidahror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Oybek, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajanov  Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston iqtisodiyotida axborot texnologiyalari sohasining o‘zgarishlar muhitida korxona faoliyati axborot tizimi barqarorligini ekonometrik modellashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiy jarayonlarni tavsiflovchi ma’lumotlarning to‘xtovsiz oqimini qayta ishlovchi axborot tizimiga tashqi muhit ta’siridan himoyalash usullari va yondoshuvlarni qo‘llashning ekonometrik modellashtirish metodologiyasi tasodifiy jarayonlarga bog‘liqlikni minimallashtirish asosida takomillashtirilgan; 
uzlyuksiz tranformatsiya jarayonida ma’lumotlarni qayta ishlash oddiy stasionar oqimni tashkil qilishi va iqtisodiy ob’ektni cheklangan diskret holatlarga o‘tish oqibatlari tasodifiy hodisalar bilan ifodalagan algoritmlashtirish samaradorligini ehtimollik ko‘rsatkichlarini analitik hisoblash va prognozlash uchun modellashtirish uslubiyoti navbatlar nazariyasi negizida  takomillashtirilgan;
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati axborot tizimi barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tasodifiy jarayon muhitini yaratish hamda imitasion modellashtirish asosida yakuniy natijalarning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan; 
iqtisodiy ob’ektda ma’lumotlar oqimini tarkiban o‘zgarish jadalligiga muvofiq ma’lumotni qayta ishlovchi tuzilmalar tasnifiga ko‘ra turkumlangan hamda har bir turkumga mos axborot tizimi barqarorligini oshirish usullari takomillashtirilgan;
“Foton” AJda axborot barqarorligini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalariga ajratiladigan sof pul mablag‘ini hisobga olgan holda o‘tkazilgan analitik modellashtirish asosida investisiya loyihasi bilan bog‘liq diskontlangan pul oqimlari hajmining 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotida axborot texnologiyalari sohasining o‘zgarishlar muhitida korxona faoliyati axborot tizimi barqarorligini ekonometrik modellashtirish metodologiyasini takomillashtirish asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiy jarayonlarni tavsiflovchi ma’lumotlarning to‘xtovsiz oqimini qayta ishlovchi axborot tizimiga tashqi muhit ta’siridan himoyalash usullari va yondoshuvlarni qo‘llashning ekonometrik modellashtirish metodologiyasi tasodifiy jarayonlarga bog‘liqlikni minimallashtirish asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari 5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Boshqaruv va biznes jarayonlarida ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda iqtisodiy jarayonlarni tavsiflovchi ma’lumotlarning to‘xtovsiz oqimini qayta ishlovchi axborot tizimiga tashqi muhit ta’siridan himoyalash usullari va yondoshuvlarni qo‘llashni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha nazariy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
uzlyuksiz tranformatsiya jarayonida ma’lumotlarni qayta ishlash oddiy stasionar oqimni tashkil qilishi va iqtisodiy ob’ektni cheklangan diskret holatlarga o‘tish oqibatlari tasodifiy hodisalar bilan ifodalagan algoritmlashtirish samaradorligini ehtimollik ko‘rsatkichlarini analitik hisoblash va prognozlash uchun modellashtirish uslubiyotidan “O‘zeltexsanoat” uyushmasining istiqboldagi iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining  2023-yil 15-iyundagi 04-3/748-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushma tarkibidagi korxonalarda tasodifiy hodisalar bilan ifodalagan algoritmlashtirish samaradorligini ehtimollik ko‘rsatkichlarini analitik hisoblash va prognozlash imkoni yaratilgan;
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati axborot tizimi barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tasodifiy jarayon muhitini yaratish hamda imitasion modellashtirish asosida yakuniy natijalarning 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zeltexsanoat” uyushmasining istiqboldagi iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining  2023-yil 15-iyundagi 04-3/748-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati axborot tizimi barqarorligini imitasion modellashtirish asosida erishilishi mumkin bo‘lgan yakuniy natijalarning aniqligi hamda o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
iqtisodiy ob’ektda ma’lumotlar oqimini tarkiban o‘zgarish jadalligiga muvofiq ma’lumotni qayta ishlovchi tuzilmalar tasnifiga ko‘ra turkumlangan hamda har bir turkumga mos axborot tizimi barqarorligini oshirishning takomillashtirilgan usullaridan “O‘zeltexsanoat” uyushmasining istiqboldagi iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining  2023-yil 15-iyundagi 04-3/748-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushma tarkibidagi korxonalarda ma’lumotni qayta ishlovchi tuzilmalar tasnifiga ko‘ra har bir turkumga mos axborot tizimi barqarorligini oshirish imkoni yaratilgan;
 “Foton” AJda axborot barqarorligini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalariga ajratiladigan sof pul mablag‘ini hisobga olgan holda o‘tkazilgan analitik modellashtirish asosida investisiya loyihasi bilan bog‘liq diskontlangan pul oqimlari hajmining 2026-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Foton” AJni istiqboldagi iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Foton” AJning 2023-yil 19-dekabrdagi 243-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Foton” AJda axborot texnologiyalariga ajratiladigan sof pul mablag‘ini hisobga olgan holda investisiya loyihasi bilan bog‘liq diskontlangan pul oqimlari hajmi asosiy parametrlarining aniqligi hamda o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish