Dovudova Dilzoda Sulaymanovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat protsessining sud muhokamasida prokuror ishtirokining nazariy va amaliy masalalari”,  12.00.09 - Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Yu186.
Ilmiy maslahatchi: Tuxtasheva Umida Abdilovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Qulmatov Sharof Asadovich, yuridik fanlar doktori, professor; Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor; Kadirova Moxigul Xamitovna, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessining sud muhokamasida prokuror ishtirokining nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prokuror fikrining, sud qarorlariga nisbatan keltirilgan protestlarining asosliligi kabi prokurorning faoliyatini baholash mezonlari, uning birinchi, yuqori instansiyalar sud qarorlariga protest keltirish yoki taqdimnoma kiritish kabi ishtiroki, jinoyat ishi hujjatlarini baholash, yozma fikrini majburiy bo‘lishi haqidagi hamda unda aks etishi shart bo‘lgan talablar ishlab chiqilib, ularni Bosh prokurorning sohaviy buyrug‘ida aks ettirish zarurati asoslantirib berilgan;
sud bosqichida soddalashtirilgan ish yuritish tartib-tamoyillarini yanada rivojlantirish, sud-tergov harakatlarining innovatsion shakllari va uslublarini, taraflarning o‘zaro tortishuv tamoyilini ta’minlash asosida dastlabki eshitish institutini joriy etish orqali jinoyat ishini sud muhokamasiga tayinlash bosqichini isloh qilish, shuningdek, prokuror ayblovdan voz kechishining protsessual mexanizmini yaratish, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish institutini yanada rivojlantirish zarurati asoslantirilgan;
sud muhokamasida prokuror ishtiroki hamda uni o‘zgartirish asoslari va tartibini belgilash, dastlabki eshituvni o‘tkazish haqida iltimosnomalar berish muddatlari hamda sud muhokamasida prokurorning yangi dalillarni taqdim etishi, ayblovdan voz kechish yoki ayblovni o‘zgartirishning protsessual mexanizmini, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha hukm yuzasidan protest keltirish zarurati asoslantirilgan;
sud majlisida o‘zining maqomiga ko‘ra ishtirok etishi mumkin bo‘lgan prokurorlar doirasini belgilash protsess ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirishi bu esa ish sifatiga ta’sir  etishi, inson huquqlarini ta’minlashi sababli jinoyat ishini viloyat va unga tenglashtirilgan sudda kassatsiya tartibida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning o‘rinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi, ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida taftish tartibida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etish tartibini joriy qilish lozimligi asoslab berilgan;
prokurorning sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokuror ishtiroki va vakolatlari, sud hukmi, ajrimi va qarorlariga protest keltirish, uni o‘zgartirish, to‘ldirish yoki qaytarib olishning tartib va tamoyillarini ishlab chiqish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat protsessining sud muhokamasida prokuror ishtirokining nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha olingan xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
prokuror fikrining, sud qarorlariga nisbatan keltirilgan protestlarining asosliligi kabi prokurorning faoliyatini baholash mezonlari, uning birinchi, yuqori instansiyalar sud qarorlariga protest keltirish yoki taqdimnoma kiritish kabi ishtiroki, jinoyat ishi hujjatlarini baholash, yozma fikrini majburiy bo‘lishi haqidagi hamda unda aks etishi shart bo‘lgan talablar yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Bosh prokurorining 2015 yil 27 noyabrdagi «Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda ishlar ko‘rilishida prokuror ishtirokining samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida»gi buyrug‘ini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 17 apreldagi 7/09-23/17-dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi sud muhokamasida prokuror ishtirokining samaradorligini oshirishga, tashkiliy-huquqiy tartibga solishga, jinoyat ishining qonuniy, asoslangan va adolatli hal etilishiga xizmat qilgan;
sud bosqichida soddalashtirilgan ish yuritish tartib-tamoyillarini yanada rivojlantirish, sud-tergov harakatlarining innovatsion shakllari va uslublarini joriy etish, taraflarning o‘zaro tortishuv tamoyilini ta’minlash asosida dastlabki eshitish institutini joriy etish orqali jinoyat ishini sud muhokamasiga tayinlash bosqichini isloh qilish, shuningdek, prokuror ayblovdan voz kechishining protsessual mexanizmini yaratish, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish institutini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 14 maydagi «Jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3723-qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 9 iyundagi 27/2-178-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi qonunchilikdagi prokuror faoliyatini takomillashtirish va engillashtirish, protsessual chiqimlarning kamayishi hamda sud majlisi ishtirokchilari ortiqcha sarson bo‘lishining oldini olishda samarali xizmat qilgan;
sud muhokamasida prokuror ishtiroki hamda uni o‘zgartirish asoslari va tartibini belgilash, dastlabki eshituvni o‘tkazish haqida iltimosnomalar berish muddatlari hamda sud muhokamasida prokurorning yangi dalillarni taqdim etish, ayblovdan voz kechish yoki ayblovni o‘zgartirishning protsessual mexanizmini, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha hukm yuzasidan protest keltirish haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 26 sentyabrdagi 27/2-303-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi qonunchilikdagi kollizion holatlarning bartaraf etilishi, bo‘shliqlar to‘ldirilishi, prokuror faoliyatini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
sud majlisida o‘zining maqomiga ko‘ra ishtirok etishi mumkin bo‘lgan prokurorlar doirasini belgilash protsess ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirishi, bu esa ish sifatiga ta’sir  etishi, inson huquqlarini ta’minlashi sababli jinoyat ishini viloyat va unga tenglashtirilgan sudda kassatsiya tartibida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning o‘rinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi, ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida taftish tartibida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etish tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksini tayyorlash va takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasining 2023 yil 29 sentyabrdagi 70-dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilganligi yuqori instansiya sudlarida qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq hamda erkinliklari kafolatiga xizmat qilgan;
prokurorning sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokuror ishtiroki va vakolatlari, sud hukmi, ajrimi va qarorlariga protest keltirish, uni o‘zgartirish, to‘ldirish yoki qaytarib olishning tartib va tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflardan «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunni yangi tahrirda tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 26 sentyabrdagi 27/2-302-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi xalqaro amaliyotda e’tirof etilgan ilg‘or tajribalar asosida jinoyat-protsessual munosabatlarda inson huquq va erkinliklari to‘laqonli ta’minlanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish