Ikromov Elmurod Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi amfibiyalarining gel`mintlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/B659.
Ilmiy rahbar: Amirov Oybek Olimjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim..
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Shakarboev Erkin Berdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Baxtiyor Xushmurodovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida tarqalgan amfibiyalar gel`mintlarining tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari hamda epidemiologik va epizootologik ahamiyatga ega turlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi amfibiyalari gel`mintofaunasining zamonaviy tur tarkibi tahlil qilinib, 3 tip, 6 sinf, 9 turkum, 26 oila, 35 avlodiga mansub parazit chuvalchanglarni 48 turi aniqlangan, ulardan 36 turi biogel`mintlar, 12 turi esa, geogel`mintlar guruhiga mansubligi isbotlangan;
ilk bor Markaziy Osiyo va O‘zbekiston faunasi uchun Bufotes pewzowi qurbaqasidan Aplectana caucasica Sharpilo, 1978, Pelophylax sp. baqasidan Eustrongylides excisus (Jägerskiöld, 1909) larvae hamda Rhabdias esculentarum Cipriani, Mattiucci, Paoletti et al., 2012 nematoda turlari aniqlangan;
Pelophylax sp. baqasida trematoda sinfiga mansub Tylodelphys clavata (Nordmann, 1832) larvae, Echinostoma revolutum (Fröhlich, 1802) Looss, 1899 larvae va Gnathostoma hispidum Fedtschenko, 1872 larvae nematodasi O‘zbekiston amfibiyalarida birinchi bor aniqlangan;
ilk bor hayot sikli amfibiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan sparganoz, eustrongilidioz, diplostomoz, gongilonematoz, alyarioz va exinostomotidoz kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarining tabiiy uchoqlari aniqlangan;
gel`mintlar bilan zararlangan Pelophylax sp. baqasining qon tarkibidagi shaklli elementlar va gemoglobin miqdorining o‘zgarishi asoslangan;
ilk bor nematodalar tipiga mansub Cosmocerca commutata (Diesing, 1851) turini rDNK ning 5,8S-ITS2 sohasidagi nukleotidlar ketma-ketligi tahlil qilingan va alohida mustaqil tur ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi amfibiyalarining gel`mintlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molekulyar-genetik tadqiqotlar natajasida, Farg‘ona vodiysi amfibiyalarida parazitlik qiluvchi 6 tur gel`mintlar rDNK ning 5.8S-ITS-2 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2023 yil 1 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, Cosmocerca ornata – (OR074731), Cosmocerca commutata – (OR074732), Echinostoma revolutum, larvae – (OR600232), Gorgodera cygnoides – (OR534001), Haematoloechus (Pneumonoeces) variegatus – (OR600230), Skrjabinoeces similis – (OR600231) turlarining identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash hamda filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysida tarqalgan amfibiyalarning 2 avlod va 2 turga mansub - Bufotes pewzowi va Pelophylax sp. turlarining 18 nusxa namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 26 yanvardagi №4/1255-182-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘yicha amfibiyalar fondini boyitish imkonini bergan.