Mamanov Sardorjon Sobir o‘g‘li 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “komplaens-nazorat” tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1096.
Ilmiy rahbar: Tuxtasheva Umida Abdilovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Axrorov Baxrom Jabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kabilov Sharifjon Raximovich, iqtisodiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “komplaens-nazorat” tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korrupsiyaga qarshi tuzilmalarining korrupsiya holatlarini oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rish uchun mas’ul ekanligi va ushbu tuzilma rahbarlarini ishga qabul qilish, lavozimdan ozod etishda majburiy tartibda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishish tartibini qonunchilik hujjatlarida joriy etish zaruriyati asoslantirilgan;
davlat tashkilotlarida ushbu tuzilmalar faoliyatining mustaqilligini ta’minlash, huquqiy maqomi, funksiya, vazifa, vakolat va majburiyatlarini hamda shtatlar sonini belgilashning aniq mezonlarini alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solish zaruriyati asoslantirilgan;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ular yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlari, ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishini oldini olishga doir qonunchilikda belgilash zarurligi asoslantirilgan;
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens) tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish orqali sohaga doir ilmiy nazariyalar, yangi tushunchalarning shakllanishi, amaliyotga joriy etish bosqichlari
va xorijiy davlatlarda qo‘llaniladigan asosiy modellari hamda tashkilotlarda tizimni samarali tashkil etishdagi ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimini samarali tashkil etishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023 yil 14 avgustdagi 01-07/3901-son dalolatnomasi). Ushbu hujjatlar “komplaens-nazorat” tuzilmalari faoliyatining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorati” tuzilmalarining davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash, ularni bartaraf etishga doir vazifalarni belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli Qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023 yil 14 avgustdagi 01-07/3900-son dalolatnomasi).
 Ushbu takliflar “komplaens-nazorat” tuzilmalarining mustaqil faoliyat yuritishi va ularning asosiy vazifalarini belgilash hamda qonunchilik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimining mustaqilligini ta’minlashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 4 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza haqidagi axboroti to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi 3-xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2023 yil 29 avgustdagi 62-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tuzilmalari faoliyatining normativ-huquqiy asoslarini yaratish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-729-son Qonuni 28-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 6 oktyabrdagi 04/2-09/3429-on dalolatnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabar beruvchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunchilikdagi asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish