Xasanov Rasul Kurbanalievichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa
doktori  (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Go‘zaning o‘rta tolali yangi «Gulshan» navini  xususiyatlari va amaliyotga joriy etish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD/Qx810.
Ilmiy rahbar: Gubanova Nataliya Grigorovna, biologiya fanlari nomzodi  katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning Gulshan navi (NAP 00254).  
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘o‘zaning qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli yovvoyi diploid turlari (G.anomalum, G.stocksii) dan chatishtirishda foydalanish asosida olingan L-246 tizmasidan abiotik stress omillarga bardoshli g‘o‘za navini yaratish va amaliyotga joriy etishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yovvoyi diploid qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga tabiiy chidamli G.anomalum va G.stocksii turlarining kolxisinlash yoʼli bilan tetraploid darajasiga etkazilgan duragayini madaniy nav (2n=52) bilan chatishtirib, suv tanqisligi va sho‘rlanishga chidamli nav yaratish mumkinligi isbotlangan;
G.hirsutum L.(S-4534) x (G.anomalum x G.stocksii) duragay kombinatsiyasining populyasiyasida yakka tanlov asosida qimmatli-xo‘jalik belgilari-tola tipi, bitta ko‘sakdagi paxta og‘irligi, tola chiqimi, tola uzunligi va mikroneyri bo‘yicha majmuaviy tarzda olib borish, bu belgilarning yuqori ko‘rsatkichlarini suv tanqisligi va sho‘rlanishga chidamlilik xususiyati bilan uyg‘unlashtirilgan qimmatli seleksion ashyolar olish va g‘o‘zadagi ba’zi qimmatli-xo‘jalik belgilari o‘rtasidagi salbiy korrelyasiyani bartaraf qilishga imkon berishi aniqlangan;
Gulshan navi sog‘lom tuproq(Toshkent viloyati) va sho‘rlangan tuproq (Sirdaryo viloyati) sharoitlarida morfoxo‘jalik belgilari bo‘yicha andoza navlar (Namangan-77, An-bayaut-2) navlaridan ustunligi asosida bu navning turli tuproq-iqlim sharoitlariga ekologik moslashuvchanligi yuqori ekanligi aniqlangan;
Introgressiv duragaylash asosida olingan Gulshan g‘o‘za navining kuchli suv tanqisligi (sug‘orish sxemasi 0-1-0) va yuqori me’yorga (sug‘orish sxemasi 1-2-1)  nisbatan sug‘orish 0-2-1 sxemada o‘tkazilganda yuqori hosil berishi bu navning geneologiyasi, ya’ni kelib chiqishi ko‘p suv talab qilmaydigan yovvoyi turlar ishtirok etgani bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Gulshan g‘o‘za navining turli tuproq-iqlim sharoitlarida o‘simlik bo‘yi, tola chiqimi, bitta ko‘sakdagi paxta og‘irligi, 1000 ta chigit vazni, o‘suv davri bo‘yicha kuchsiz ijobiy yoki salbiy korrelyasiya mavjudligi asosida navning bu morfoxo‘jalik belgilari bo‘yicha turli abiotik omillar ta’sirida ham yuqori barqarorligini namoyon etishi aniqlangan;
Lizimetr sharoitida suv tanqisligi fonida boshqa fonlarga nisbatan bitta bargning quruq og‘irligi yuqori bo‘lishi, barglardagi umumiy suv miqdorining past darajada kamayishi, barglardagi transpiratsiya jadalligi keskin pasayishi, barglarning suv ushlash xususiyati esa oshishi aniqlandi. Bu xolat Gulshan g‘o‘za navining kseromorflik xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zaning o‘rta tolali yangi Gulshan navining xususiyatlari va amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Gulshan g‘o‘za navi yaratilib, seleksiya yutug‘i sifatida Intellektual mulk agentligining patenti (№NAP00254) olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 14-yanvardagi № 06/22-11/8-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari qurg‘oqchilikga va sho‘rlanishga chidamli, tola chiqimi 39-40 foizni tashkil etgan, tolasi tiniq oq rangli, IV-tipga mansub yangi g‘o‘za navi bilan ta’minlangan;
O‘rta tolali Gulshan navi 2019-yilda Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Natural Cotton” klasteri paxta maydonlariga 15 gektarga, 2020-yilda 20 gektar maydonga,  Bo‘ka tumanidagi “MUXLISA EZOZA” fermer xo‘jaligida 16 gektar, “Achamayli unumdor baraka” fermer xo‘jaligida 10 gektar, “Zukko Zumrad” fermer xo‘jaligida 10 gektar ekin maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 14-yanvardagi № 06/22-11/8-son ma’lumotnomasi). Natijada qurg‘oqchilikga va sho‘rlanishga chidamli, tola chiqimi 39-40 foizni tashkil etgan, tolasi tiniq oq rangli). Natijada, yangi navning o‘rta tolali navlarga nisbatan ustunligi asosida gektaridan 36-38 sentner paxta hosili olinib, 252 tonna paxta xomashyosi tayyorlangan;
O‘rta tolali Gulshan navi g‘o‘za seleksiyasi g‘o‘za genofondi noyob ob’ektiga kiritilib, boshlang‘ich manbalar yaratishda foydalanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 14-yanvardagi № 06/22-11/8-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za seleksiyasi uchun qimmatli boshlang‘ich ashyolar yaratishda xizmat qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish