Abdullaev Abrorjon Abduxamid O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Urug‘lik chigit tayyorlash texnologiyasida chigit saralash qurilmasini takomillashtirish”  05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3336  
Ilmiy rahbar:  Obidov Avazbek Azamatovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Qayumov Abdulmalik Xamidovich texnika fanlari doktori, professor (05.02.03), Normatov Elmurod Avazamovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD),  (05.02.03).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonada urug‘lik chigit tayyorlash texnologik jarayoni uchun chigitlarni samarali saralash hamda fraksiyaga ajratish imkoniyatiga ega qurilmani yaratish va korxonaga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korxonada urug‘lik chigitlar tayyorlash va ularni saralash jarayoni ilmiy-texnik muammolarini tahlil qilish orqali fraksiyaga ajratuvchi urug‘lik chigit saralash qurilmasi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan urug‘lik chigit saralash qurilmasining ajratuvchi kameralarida chigitlarning harakati hamda sodir bo‘ladigan aerodinamik holatning nazariy asoslari differensial formulalar orqali yaratilgan;
matematik modellashtirish usuli yordamida urug‘lik chigit saralash qurilmasi ishlashiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar maqbul qiymatlari: kamera kengligi 600 mm, chigitlarni tashuvchi havo tezligi 18 m/sek hamda chigit burgichining qiyalik burchagi 300 aniqlangan;
urug‘lik chigitlarni saralash va fraksiyaga ajratish qurilmasining asosiy konstruktiv parametrlari bo‘lgan urug‘lik va texnik chigitlar uchun ajratish kameralari hajmi 600x250 mm, chigit to‘sqich qiyaligi 300 holatida 4000 kg/soat unumdorlikda samaradorlik 98 % bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takomillashtirilgan urug‘lik chigitlarni saralash qurilmasini joriy qilish orqali olingan natijalar asosida:
ikki kamerali urug‘lik chigitlarni saralash qurilmasi Jizzax viloyati “Jizzax Kenteks” MChJ ga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 16 oktyabrdagi 03/22-798-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitlarni fraksiyalarga saralash samarasi 97-98 % ni tashkil qilib, ish unumdorligi 4000 kg/soatga ortirildi, saralash sifatining oshishidan chigit unuvchanligi 3 % ga ortishiga erishildi, natijada chigit sarfi gektariga 5,8 kg ga kamaydi. 1 gektardan tejalgan urug‘lik chigitning qiymati 58,0 ming so‘mni tashkil qilingan;
takomillashtirilgan urug‘lik chigitlarni saralash qurilmasi texnologik parametrlari Jizzax viloyati “Jizzax Kenteks” MChJ ga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 16 oktyabrdagi 03/22-798-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘lik chigitni saralash qurilmasiga texnik chigitlar uchun qo‘shimcha kamera o‘rnatish orqali texnik chigitlarning urug‘likka qo‘shilib ketish holati 2-3 % gacha kamaytirildi hamda urug‘lik chigitlar sifati mavjudga nisbatan 0,13 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish