Obloqulov Abdurauf Olimjon o‘g‘lining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish asosida sholi etishtirish samaradorligini oshirish”,  
08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt1278
Ilmiy rahbar: Chariev Qurbon Amirovich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotimaxon Hakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdumalik Gapparovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni tashkiliy-tarkibiy isloh qilish sharoitida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish asosida sholi etishtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kooperativ faoliyati barqarorligiga ixtiyoriylik, bevosita ishtirok etish, ulushli pay kiritish, o‘z-o‘zini demokratik boshqarish tamoyillarining buzilishi oqibatlarini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan hamda “kooperatsiyaning barqarorlik koeffisienti” (stability coefficient)ni “inqirozli”, “nobarqaror” va “barqaror” darajali mezonlari ishlab chiqilgan;
sholichilikda tashkil etiladigan kooperativlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar transformatsiyasini rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish asoslangan hamda jamg‘armani moliyalashtirish manbalarini shakllantirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
istiqbolda sholichilikda kooperatsiya tamoyil va mexanizmlari asosida tashkil etiladigan kooperativ shakllari (ishlab chiqarish, agroservis, savdo-tijorat, qo‘shma kooperativlar)ning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi va  ustav kapitalini yillar bo‘yicha taqsimlash modeli taklif etilgan;
tabiiy-iqlim o‘zgarishlari va sholichilik sohasida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish omillarini hisobga olgan holda Sirdaryo viloyatida sholi yalpi hosilining 2030 yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish asosida sholi etishtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi kooperativlarida ixtiyoriylik, bevosita ishtirok etish, ulushli mulkiy pay kiritish, demokratik boshqarish tamoyillarining buzilish ehtimolligini inobatga olgan holda baholash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil sentyabrdagi 04/34-06/1048-son ma’lumotnomasi). Natijada, sholichilik sohasida yangidan tashkil etiladigan kooperativlar faoliyatida kooperatsiya tamoyillari buzilishining oldini  olish va tashkiliy bosqichlarda ularni to‘g‘ri qo‘llash orqali kooperativlar samaradorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
sholichilikda tashkil etiladigan kooperativlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus jamg‘arma tashkil qilish, moliyalashtirish va u orqali kooperativga a’zo xo‘jaliklarni tabaqali rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil sentyabrdagi 04/34-06/1048-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashkil etiladigan sholichilik kooperativlarini kafolatli moliyalash va aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash imkoniyati yaratilib, ular faoliyatini 20-25 foiz rentabellik darajasida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talablariga mos rivojlantirish asoslangan;
istiqbolda sholichilikda kooperatsiya tamoyil va mexanizmlari asosida tashkil etiladigan kooperativ shakllarining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi va ustav kapitalini yillar bo‘yicha taqsimlashga doir model O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil sentyabrdagi 04/34-06/1048-son ma’lumotnomasi). Natijada, sholi hosili nobudgarchiligini 9-12 foiz, transaksiya xarajatlarini esa 15-18 foizga kamayishi asoslangan;  
tabiiy-iqlim va sholichilikda kooperatsiya munosabatlarini tashkil etishga ta’sir etuvchi asosiy omillarni hisobga olgan holda Sirdaryo viloyatida sholi yalpi hosilining 2030 yilgacha prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil sentyabrdagi 04/34-06/1048-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sirdaryo viloyatida sholi etishtiruvchi xo‘jaliklarda jami sholi yalpi hosilininq 2030 yilda 2012 yilga nisbatan 20 foizga kamayishi, 2022 yilga nisbatan 57 foizga ko‘payishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish