Abdurashidova Kamola Turgunbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektroensefalografiyada biotibbiy signallarga raqamli ishlov berish algoritmlari va apparat-dasturiy ta’minotini ishlab chiqish”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD/T3459.
Ilmiy rahbar: Djumanov Jamoljon Xudaykulovich, texnika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor;
Rahimov Baxtiyar Saidovich ,texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biotibbiy signallarga erkin komponentalar tahlili usulida raqamli ishlov berish algoritmlari asosida bosh miya holatini baholovchi elektroensefalografik apparat - dasturiy ta’minotni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya biologik to‘qimalarining biotibbiy signal to‘lqinlari xossalaridagi o‘zgarishlari asosida signallarning biopotensial faolligining hududiy taqsimot modeli ishlab chiqilgan;
biotibbiy signallarni funksional holatining o‘zgarishi bilan uning to‘lqinlar xususiyatlaridagi texnik parametrlarini aniqlash va raqamli ishlov berish algoritmlari ishlab chiqilgan;
elektroensefalografiya asosida biotibbiy signallarning morfologik xususiyatlaridagi o‘zgarishlariga raqamli ishlov berish va bosh miya funksional holatining monitoring usuli ishlab chiqilgan;
elektroensefalografik signallarni berilgan cheklovlar sharoitida axborot belgilarini shakllantirish va signal xususiyatlarini tanib olishning apparat-dasturiy ta’minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektroensefalografiya signallariga raqamli ishlov berish, axborot parametrlarini ajratib olish, bosh miya holatini baholash, signallarni simsiz uzatish qurilmalarining dasturlar o‘rtasidagi aloqasini ta’minlovchi algoritm va strukturasini yaratish hamda ularning apparat-dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bosh miya biologik to‘qimalarning biotibbiy signal to‘lqinlari xossalaridagi o‘zgarishlari asosida signallarni o‘tkazuvchanligining o‘ziga xos qiymatlarini hududiy taqsimot modeli va funksional holatining o‘zgarishi bilan uning to‘lqinlar xususiyatlaridagi texnik parametrlarini aniqlash va raqamli ishlov berish algoritmlari hamda dasturiy ta’minoti Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi “Salomat hayot” nevrologik klinikasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 31 martdagi 34-8/2109-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi elektroensefalografiya asosida signallarga raqamli ishlov berish, bosh miyaning funksional holatini monitoring qilish va baholash imkonini bergan;
elektroensefalografiya asosida biotibbiy signallarni morfologik xususiyatlaridagi o‘zgarishlarga raqamli ishlov berish, kognitivlik holatini tashxislash va  monitoring usuli, axborot  belgilarini shakllantirish, signal xususiyatlarini tanib olishning apparat-dasturiy ta’minoti hamda Bluetooth orqali miya-kompyuter interfeysi TGAM platasi yordamida axborot oqimida elektr xususiyatlarini tanib olish qurilma dasturiy vositasi Toshkent shahar Uchtepa tumani “NBF MED” tibbiyot klinikasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 31 martdagi 34-8/2109-son ma’lumotnomasi). Natijada biotibbiy signallarni morfologik kuzatilishi mumkin bo‘lgan kasallik-larning bosh miya holatidagi o‘zgarishlar orqali tashxislash aniqligini ta’minlashda xolislik va aniqlikni oshirgan, 10–15% samaradorlikga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish