Kurbonov Farxod Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jag‘lar deformatsiyalari mavjud bemorlarni ambulator sharoitda ortognatik operatsiyalarga tayyorlash usullarini takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1942
Ilmiy rahbar: Abdukadirov Abdusalom Abdukadirovich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Muhammadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jag‘larda deformatsiyalari bor bemorlarni og‘iz bo‘shlig‘i jarrohi va hamkor mutaxassislar ishtirokida ambulator sharoitda ortognatik operatsiyalarga  tayyorlash algoritmini ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jag‘ deformatsiyalari bor bemorlarda yuqori va pastki jag‘ morfologik o‘zgarishlari yon tomonidan va to‘g‘ridan olingan TRG va MSKT- o‘tkazilgan kefalometrik o‘lchovlar qo‘yidagi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlari chiziqli o‘lchovlardan S-N= 59,4+1,89; N-GN=69,6+2,45; MX-MX=55,3+2,4; MP-MP=+32,9+2,2; GO-GO=117,1,4+2,0; SNA-SNP= 52,5+2,1; MT1=95,8+7,6; MT2=60,4+3,08; martaga ishonarli darajada yuqori bo‘lgani isbotlangan;
jag‘lar deformatsiyalari bor bo‘lgan qavariq va bo‘rtiq yuzli bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i va qo‘shni anatomik sohalarda surunkali infeksiya o‘choqlari 48,5% va 40% va 25% holatlarda uchraydi va ularning 66%-da esa burundan nafas olishning turli darajada qiyinlashuvi aniqlandi hamda ushbu kasalliklar uchrash darajasi bo‘yicha tavofut jag‘ deformatsiyalari soni bilan bog‘langanligi asoslangan;
jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarning 84% da distopiya, retensiyaga uchragan tishlar borligi kuzatildi, deyarli 88%da esa tish qatorlarining ikkilamchi adentiyasi va deformatsiyalari kuzatiladi hamda  25% da til va lablar yuganchalarining kaltaligi va boshqa anomaliyalari uchrash ko‘rsatkichlari statistik jihatdan ahamiyatli past bo‘lishi isbotlangan;
jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarni aniqlash diagnostik hamda stomatologik patologiyalar yakuni istiqbolini belgilashda prognostik mezon ekanlini asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 21 dekabr №23-z/102 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: jag‘ deformatsiyalari bor bemorlarda stomatologik salomatligi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalari stomatologik xizmatni tashkil etishda, stomatologik salomatlik buzilishining yuqori va pastki jag‘ patologik o‘zgarishlariga nisbatan ishonarli darajada ko‘p uchrashining aniqlanishi o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyruq (2.11.2023 y.; №154 - 1) hamda Buxoro viloya bolalar ixtisoslashtirilgan stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (11.11.2023 y.; № 60 i/ch) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jag‘ deformatsiyalari bor bemorlarda stomatologik salomatligi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish orqali bemorlarni davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jag‘ deformatsiyalari bor bemorlarda stomatologik salomatligi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalari stomatologik xizmatni tashkil etishda, stomatologik salomatlik buzilishining yuqori va pastki jag‘ patologik o‘zgarishlariga nisbatan ishonarli darajada ko‘p uchrashining aniqlanishi o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali davolash sarflanadigan xarajatlarini 1824844 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarning diagnostik hamda prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilganligi bemorning ambulator sharoitda davolanishda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini  1245000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 875 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarni ambulator shariotda ortognatik operatsiyalarga tayyorlash usullari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi raisiga Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi raisi o‘rinbosari tomonidan 2023 yil 30 noyabrdagi 7 n – z /32 - son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: jag‘lar deformatsiyalari bor bo‘lgan qavariq va bo‘rtiq yuzli bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ida boshqa turdagi patologik o‘zgarishlar uchrash darajasi jag‘ deformatsiyalarining  soni bilan bog‘liqligi aniqlangan, bu esa profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirilishi lozimligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyruq (2.11.2023 y.; №154 - 1) hamda Buxoro viloya bolalar ixtisoslashtirilgan stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (11.11.2023 y.; № 60 i/ch) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jag‘ deformatsiyalari natijasida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni samarali davolash hamda profilaktik chora tadbirlarining amalga oshirilishi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash uchun maqsadli yondashuv imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jag‘lar deformatsiyalari bor bo‘lgan qavariq va bo‘rtiq yuzli bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklarini erta tashhislash hamda profilaktik chora tadbirlarining amalga oshirilishi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bemorlarning davolanish muddatini o‘rtacha 6 oydan 3 kunga qisqartirtirib, xarajatlar miqdorini 610 ming so‘mgacha kamaytirgan. Xulosa: jag‘lar deformatsiyalari bor bo‘lgan qavariq va bo‘rtiq yuzli bemorlarda boshqa turdagi yuz – jag‘ sohasi deformatsiyalarini samarali  davolash va profilaktik chora tadbirlarining amalga oshirilishi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash uchun maqsadli yondashuv imkoniyatini berib, kasallik asoratlarining rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarni ambulator shariotda ortognatik operatsiyalarga tayyorlash usullari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi raisiga Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi raisi o‘rinbosari tomonidan 2023 yil 30 noyabrdagi 7 n – z /32 - son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarning 84% da distopiya, retensiyaga uchragan tishlar borligi kuzatildi, deyarli 88%da esa tish qatorlarining ikkilamchi adentiyasi va deformatsiyalarining uchrash konsentratsiyalarini aniqlash diagnostik hamda prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyruq (2.11.2023 y.; №154 - 1) hamda Buxoro viloya bolalar ixtisoslashtirilgan stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (11.11.2023 y.; № 60 i/ch) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarning 84% da distopiya, retensiyaga uchragan tishlar borligi kuzatildi, deyarli 88%da esa tish qatorlarining ikkilamchi adentiyasi va deformatsiyalarining uchrash konsentratsiyalarini aniqlash diagnostik hamda prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilganligi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida profilaktika chora tadbirlari ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarning diagnostik hamda prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilganligi bemorning ambulator sharoitda davolanish davrining bir necha kunga qisqartirilishiga olib kelishi hisobiga ortodontik moslamalardan foydalanish kam talab etilgan. Xulosa: jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarning diagnostik hamda prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilganligi bemorning ambulator sharoitda davolanishda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini  1245000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 875 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarni ambulator shariotda ortognatik operatsiyalarga tayyorlash usullari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi raisiga Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi raisi o‘rinbosari tomonidan 2023 yil 30 noyabrdagi 7 n – z /32 - son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jag‘larning ortodontik apparatlar ta’sir qilmagan deformatsiyalari bor bemorlarga ortodont tavsiyasiga ko‘ra  takomillashtirilgan kompkatosteotomiya va kichik oral operatsiyalarni usulini ortortognatik operatsiyaga tayyorlash jarayonini olti oydan bir yilgacha kamaytiradi. Ikkilamchi adentiyani operatsiyagacha bartaraf etilishi tish yoylaridagi tirqish-do‘mboq jipsilashuvini yaxshilanishiga, funksional hamda estetik natijalarini aniqlash imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyruq (2.11.2023 y.; №154 - 1) hamda Buxoro viloya bolalar ixtisoslashtirilgan stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (11.11.2023 y.; № 60 i/ch) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jag‘lar deformatsiyasi bor bemorlarni ambulator sharoitda ortognatik operatsiyalarga tayyorlash jarayoni avval yuz-jag‘ sohasidagi surunkali infeksiya o‘choqlarini va so‘ngra esa birlamchi va ikkilamchi patologik o‘zgarishlarni bartaraf etilganligi ommaviy va profilaktik stomatologik ko‘riklar o‘tkazish uchun ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarning diagnostik hamda prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilganligi bemorning ambulator sharoitda davolanishda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1245000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 875 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: jag‘larning ortodontik apparatlar ta’sir qilmagan deformatsiyalari bor bemorlarga ortodont tavsiyasiga ko‘ra  takomillashtirilgan kompkatosteotomiya va kichik oral operatsiyalarni usulini ortortognatik operatsiyalarni amaliyotga joriy etilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1245000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 875 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jag‘lar deformatsiyalari bor bemorlarni ambulator shariotda ortognatik operatsiyalarga tayyorlash usullari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi raisiga Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi raisi o‘rinbosari tomonidan 2023 yil 30 noyabrdagi 7 n – z /32 - son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish