Djanaev G‘ayrat Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi», 14.00.17-Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1722.
Ilmiy rahbar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda To‘raevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi dori vositasi lesboxolning eksperimental me’da yarasining turli modellarida me’da shilliq qavatini himoyalovchi ta’sirini asoslash, uni yarasini davolashda va profilaktikasida samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta gastropatiyaning turli eksperimental modellarida dorivor o‘simliklar quruq ekstrakti jamlamasi lesboxolning me’da shilliq qavati jarohatlanishiga qarshi yuqori samaradorligi va uni me’da yarasini profilaktikasida hamda davolashda qo‘llash imkoniyati asoslangan;
lesboxolning me’da shilliq qavatini himoyalovchi ta’sir mexanizmlari eriydigan va erimaydigan glikoproteinlar, fukoza, geksoza, umumiy oqsillar miqdorini oshirishi, antioksidant tizim fermentlari katalaza, superoksidismutaza faolligini kuchaytirishi, asilgidroperoksid, malon dial`degidlar miqdorini kamayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
eksperimental gastropatiyada lesboxol me’da shilliq qavatining eroziv nekrotik o‘choqlarda epiteliy hujayralarining keskin proliferativ faolligini oshirishi, o‘choqlar yuzasida shilliq modda sintezining ko‘paytirishi, auto proteolitik fermentlarning shilliq qavati epiteliylariga shikastlovchi ta’sirini keskin kamaytirishi morfologik jixatdan aniqlangan;
lesboxol me’daning motor-evakuator funksiyasini kuchaytirishi, ovqat hazm qilish a’zolarining funksional holatini yaxshilashi va prokinetik ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 21 oktyabrdagi 10/037-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi amaliy faoliyati bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 270-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo‘yicha 01.06.2023 yildagi 04/02-27-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental tadqiqotda me’da shilliq qavati shikastlanishlariga qarshi samaradorligi isbotlangan lesboxol dori vositasining klinik amaliyotga tatbiq etilishi gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Lesboxol dori vositasini klinik amaliyotga tatbiq etilishi gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarni davolash xarajatlarini (rebamipid №30 sotuvdagi narxi 180 000 so‘m, mizoprostol №30 sotuvdagi narxi 270 000 so‘mni tashkil etib, yangi dori vosita lesboxol №30 sotuvdagi narxi 60 000 atrofida bo‘lishi kutilyapti) pasaytiradi. Xulosa: Lesboxol dori vositasini klinik amaliyotga tatbiq etilishi gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarni davolanish mablag‘larini rebamipidga nisbatan 120000 so‘m, mizoprostolga nisbatan esa 210000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 10-sentyabrdagi 03/3191-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi amaliy faoliyati bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 270-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo‘yicha 01.06.2023 yildagi 04/02-27-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental gastropatiya modellarida yangi mahalliy fitopreparatning gastroprotektiv ta’siri me’da shilliq qavat himoya to‘sig‘ini hosil qiluvchi glikoproteinlar fukoza, geksoza va umumiy oqsil miqdori oshishi, antioksidant ta’sir esa malon dial`degid, asilgidroperoksidlar miqdorini kamayishi, katalaza, superoksidismutaza faolligi oshishi ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada eksperimental gastropatiya modelida o‘rganiladigan diagnostik ko‘rsatkichlari yordamida tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish, byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berishi mumkin. 2022 yilda respublikaga import bo‘lgan me’da ichak kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositalarining umumiy mablag‘i 22.449.205 AQSh dollarini tashkil etishi (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan) inobatga olinsa ushbu dori vositasining tibbiyot amaliyotiga tadbiq etilishi mahalliy dori vositalarining iqtisodiy tejamkorligiga imkon bergan. Xulosa: eksperiment dorivor o‘simliklar quruq ekstrakti jamlamasidan tashkil topgan lesboxolning me’da shilliq qavati himoya to‘sig‘ini kuchaytirishini isbotladi, undan gastropatiyani profilaktikasi va terapiyasida foydalanish davolanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 10-sentyabrdagi 03/3191-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi amaliy faoliyati bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 270-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo‘yicha 01.06.2023 yildagi 04/02-27-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Lesboxolni qo‘llashda indometatsinli gastropatiya kechimida o‘zgargan kalamushlar me’da shilliq qavatining arxitektonikasini tiklash yangi preparatda gastroprotektor ta’sir mavjudligini ko‘rsatadi. Bu lesboxolni nafaqat tajribada, balki klinikada gastropatiyalar bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashda gastroprotektor sifatida tavsiya qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: indometatsinli gastropatiya kechimida Lesboxol dori vositasidan foydalanish o‘zgartirilgan me’da shilliq qavati arxitektonikasini tiklashga olib keldi. Shu munosabat bilan ushbu dori vositasini gastropatiyani profilaktikasi va kompleks davolashda qo‘llash mumkin bo‘lgan holda davolash sifati oshishi mumkin, bu asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va davolash muddatini qisqartiradi. Bu esa bemorlarni davolash uchun ajratilgan mablag‘ni mizoprostol va rebapimidga nisbatan bemorlarning farmakoterapiya xarajatlarini 98 000 va 56 000 so‘mga tejash imkonini beradi. Xulosa: Lesboxolni indometatsinli gastropatiya kechimida qo‘llash o‘zgargan kalamushlar me’da shilliq qavatining arxitektonikasini tiklab, bu preparatda gastroprotektor ta’sir mavjudligi ko‘rsatildi. Gastropatiyani profilaktikasi va kompleks davolashda gastroprotektor sifatida lesboxolni kiritish kasallik asoratlari rivojlanishining oldini oladi, bu kasallik davomiyligini va davolanish xarajatlarini kamaytiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 10-sentyabrdagi 03/3191-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi amaliy faoliyati bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 270-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo‘yicha 01.06.2023 yildagi 04/02-27-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada lesboxol me’daning motor-evakuator funksiyasini kuchaytirishi, ovqat hazm qilish a’zolarining funksional holatini yaxshilashi va prokinetik samarali ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligi me’da ichak trakti disfunksiyasini davolanish yangi usullarini ishlab chiqishda va davolashda qo‘llash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taqdim qilingan yangi dori vositasini klinik amaliyotga tatbiq etilishi ma’lum prokinetik vositalar bilan solishtirganda davolanish xarajatlarini (Doprokin №20 sotuvdagi narxi 80 000 so‘m, Lesboxol №20 sotuvdagi narxi 40 000 atrofida bo‘lishi kutilyapti) 40000 so‘mga kamaytiradi va import dori vositalar o‘rnini bosishiga imkon beradi. Xulosa: Lesboxol dori vositasini klinik amaliyotga tatbiq etilishi gastropatiya bilan og‘rigan bir nafar bemorni davolanish mablag‘larini 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 10-sentyabrdagi 03/3191-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish