Musaeva Dilfuza Maxmudovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hazm tizimining kislotaga bog‘liq kasalliklarida MDR-1 va SUR2S19 genlari polimorfizmi” 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib373.
Ilmiy maslahatchi: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda Turaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda proton pompasi ingibitorlari dozasini tanlashda ularning transportyor (MDR-1) va metabolizatorlari (SUR2S19) genlarini, shuningdek H.pylori genotiplarini hisobga olgan holda personal yondashuv tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda SUR2S19 geni polimorfizmlarining «oraliq» va «sekin» metabolizatorlari bemorlarning 1/3 qismida mavjud bo‘lib, proton pompasi ingibitorlari metabolizmi tezligining pasayishiga olib kelishi va ushbu metabolizatorlarning MDR-1 genining sust efflyuksga ega bo‘lgan genotiplari bilan kombinatsiyasida davoning nojo‘ya oqibatlari ko‘payishi aniqlangan;
kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning jinsi bilan «oraliq» hamda «sekin» metabolizatorlar soni va sust efflyuksantlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi, shuningdek, ularning erkak bemorlarda ayollarga nisbatan 2 barobar ko‘proq uchrashi va nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi ehtimolining erkaklarda yuqoriroq ekanligi aniqlangan;
H.pylori shtammining Ice A virulent geni Ice A1/Ice A1 genotipi kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda bakteriyaning boshqa genotiplariga nisbatan 3 barobar ko‘proq uchrashi va kasallikning klinik belgilarining yaqqolroq namoyon bo‘lishi hamda uning avjlanishi ehtimoli yuqoriligi asoslangan;
farmakoterapiyani personifikatsiyalashda kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda proton pompasi ingibitorlari transportyorlari va metabolizmi uchun mas’ul bo‘lgan genlar, shuningdek metabolizatorlar turlari va H.pylori shtammining Ice virulent geni Ice A1/Ice A1 genotipi bilan bog‘liqligi, proton pompasi ingibitorlari va mikroblarga qarshi dorilar farmakoterapiyasi samaradorligiga bevosita aloqadorligi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2023-yil 10 noyabrdagi №23-Z/078 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda SUR2S19 geni polimorfizmlarining «oraliq» va «sekin» metabolizatorlari bemorlarning 1/3 qismida mavjud bo‘lib, proton pompasi ingibitorlari metabolizmi tezligining pasayishiga olib kelishi va ushbu metabolizatorlarning MDR-1 genining sust efflyuksga ega bo‘lgan genotiplari bilan kombinatsiyasida davoning nojo‘ya oqibatlari ko‘payishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 22-sentyabridagi 413-sonli buyrug‘i bilan, Moxi-Xossa davolash-profilaktika markaziga 2022 yilning 23-sentyabridagi 297-sonli buyrug‘i bilan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialiga 2022 yilning 27-sentyabridagi 544-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul dorilar nojo‘ya ta’sirini bashorat qilish va bartaraf etish orqali davo samaradorligi va xavfsizligini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) kislotaga bog‘liq kasalliklarni davolash o‘rtacha 1 ta bemorda 1 kunda 120 ming so‘mga to‘g‘ri keladi va davo kursi 10 kunda 1 200 000 so‘mni tashkil etsa, nojo‘ya ta’sirlar rivojlangan bemorlarda davo kursi o‘rtacha 17-18 kunga cho‘ziladi va o‘rtacha 2 040 000 so‘mga to‘g‘ri keladi. Bemorni genotiplash va dorilar nojo‘ya ta’siri oldini olish orqali davo kursi 7 kunni tashkil etib (3 kunga qisqardi), 840 000 so‘m sarflanadi. Bunda 360 000 so‘mdan 1 200 000 so‘mgacha mablag‘ iqtisod qilinadi. 2) polipragmaziya oldi olinishi sababli har bir bemor uchun 4 000 000 mablag‘ tejab qolinadi. Xulosa: bemorni genotiplash usullarini amaliyotga joriy qilish 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 200 000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning jinsi bilan «oraliq» hamda «sekin» metabolizatorlar chastotasi va sust efflyuksantlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi, shuningdek, ularning erkak bemorlarda ayollarga nisbatan 2 barobar ko‘proq uchrashi va nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi ehtimolining erkaklarda yuqoriroq ekanligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 22-sentyabridagi 413-sonli buyrug‘i bilan, Moxi-Xossa davolash-profilaktika markaziga 2022 yilning 23-sentyabridagi 297-sonli buyruq bilan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialiga 2022 yilning 27-sentyabridagi 544-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tadqiqotlar majmuasi kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan erkak bemorlarda davo jarayonlarining nojo‘ya ta’siri odini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: nojo‘ya ta’sirlar rivojlangan bemorlarda davo kursi o‘rtacha 17-18 kunga cho‘ziladi va o‘rtacha 2 040 000 so‘mga to‘g‘ri keladi. Nojo‘ya ta’sirlarning oldi olinsa, davo kursi 7 kunni tashkil etib, 840 000 so‘m xarajat qilinadi. Bunda har bir erkak bemordan 1 200 000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan metabolizator turi bog‘liqligining gender xususiyatini amaliyotga joriy qilish 1 nafar erkak bemor uchun byudjet mablag‘larini 600 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: H.pylori shtammining Ice A virulent geni Ice A1/Ice A1 genotipi kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda bakteriyaning boshqa genotiplariga nisbatan 3 barobar ko‘proq uchrashi va kasallikning klinik namoyon bo‘lish belgilarining yaqqolroq namoyon bo‘lishi, uning avjlanishi ehtimoli yuqoriligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 22-sentyabridagi 413-sonli buyrug‘i bilan, Moxi-Xossa davolash-profilaktika markaziga 2022 yilning 23-sentyabridagi 297-sonli buyruq bilan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialiga 2022 yilning 27-sentyabridagi 544-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda H.pylori shtammining Ice A virulent geni genotiplarini aniqlash har bir bemor uchun davoni tanlash va uning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: H.pylori shtammining Ice A virulent geni mavjud genotipiga ko‘ra bemorda dori vositalarini individual tanlash davo kursini 10 kundan 7 kunga qisqarishini ta’minladi. Bunda davo kursiga 1 200 000 so‘m o‘rniga 840 000 so‘m sarflanib, har bir bemordan o‘rtacha 1 kunda 120 000 so‘mdan jami 3 kunda 360 000 so‘m iqtisod qilindi. Nojo‘ya ta’sirlar va poliprogmaziya oldi olinganligi hisobidan, umumiy iqtisodiy samaradorlik 4 000 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: H.pylori shtammining Ice A virulent geni mavjud genotipiga ko‘ra davoni tanlash 540 000 so‘m byudjet mablag‘larini va 3 460 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini yaratdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kislotaga bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda proton pompasi ingibitorlari transportyorlari va metabolizmi uchun mas’ul bo‘lgan genlar, shuningdek metabolizatorlar turlari va H.pylori shtammining Ice A virulent geni Ice A1/Ice A1 genotipi bilan bog‘liqligi aniqlandi, bu esa proton pompasi ingibitorlari va mikroblarga qarshi dorilar farmakoterapiyasi samaradorligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, farmakoterapiyani personifikatsiyalash uchun asos bo‘la oladi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kislotaga bog‘liq kasalliklarda bemorlarni proton pompasi ingibitorlari transportyorlari va metabolizmi uchun mas’ul genlar bo‘yicha hamda H.pylori shtammining Ice A virulent geni bo‘yicha genotiplash, dori vositalarini individual tanlash va ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘yilmasligiga hamda davoning nojo‘ya ta’sirlari oldi olinib, uning samaradorligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga 2022 yilning 22-sentyabridagi 413-sonli buyrug‘i bilan, Moxi-Xossa davolash-profilaktika markaziga 2022 yilning 23-sentyabridagi 297-sonli buyruq bilan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialiga 2022 yilning 27-sentyabridagi 544-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kislotaga bog‘liq kasalliklarda bemorlarni proton pompasi ingibitorlari transportyorlari va metabolizmi uchun mas’ul genlar bo‘yicha hamda H.pylori shtammining Ice A virulent geni bo‘yicha genotiplash orqali 10 kunlik davo kursi 7 kunlik (3 kunga qisqardi) bo‘ldi va 1 nafar bemorga 1 200 000 so‘m o‘rniga, 840 000 so‘m bo‘ldi va 360 000 so‘m iqtisod qilindi. Bu ko‘rsatkich yil davomida 100 ta bemorda 36 000 000 so‘mni iqtisod qilishga olib keldi. Xulosa: Personal davo natijasida 18 000 000 so‘m byudjet mablag‘larini va 18 000 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkoni yaratildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: Musaeva Dlfuza Maxmudovnaning “Hazm tizimining kislotaga bog‘liq kasalliklarida MDR-1 va SUR2S19 genlari polimorfizmi” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 12 oktyabrdagi 04/4766-sonli xati yuborilgan.