Mirxusanova Ra’no Sergey qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Implantat atrofi yumshoq to‘qimalar shakllanishini lazer biomodifikatsiyasini asoslash”, 14.00.21 Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3380.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Muxamadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Chunui Lee, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya).
Yetakchi tashkilot: Malaya universiteti (Malayziya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milk konturini shakllantirishni optimallashtirish orqali dental implantatlarga tayangan holda protezlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yumshoq to‘qimalar konturini shakllantirish bosqichida noablyasion lazer fototermolizni qo‘llash algoritmining umumiy klinik samaradorligi dental implantatlar atrofi milk hajmini o‘rtacha 50,4%ga oshirishi isbotlangan;
lazer doppler floumetriya va optik to‘qima oksimetriya natijalariga ko‘ra, noablyasion lazer fototermoliz seanslari o‘tkazilgan milk sohalarida doimiy ortopedik konstruksiya o‘rnatilishida funksional yuklama tufayli rivojlangan ishemiya holati qisqa muddatda bartaraf etilishi aniqlangan;
modifikatsiyalangan buklangan laxtak milk plastikasi qo‘llanilgan sohalarda implantat atrofi milk egati suyuqligida yallig‘lanish asoratlari xavfini oshiruvchi patogen mikroorganizmlar (P. gingivalis, T. forsythia, A. actinomycetemcomitans, T. denticola, P. intermedia, F. nucleatum) DNKsining yuqori miqdori (0,38±0,03)*104) aniqlangan;
implantat atrofi milk egati suyuqligi immunoferment (IL-1β, TNF-α, aMMR-8) tahlili natijalariga asoslanib noablyasion lazer fototermoliz seanslari o‘tkazilgan sohalarda marginal suyak parametrlari barqarorligi va yallig‘lanishga qarshi rezistentlik darajasi yuqoriligi isbotlangan;
protezlashning birlamchi va uzoq muddatli klinik baholash asosida noablyasion lazer fototermolizni qo‘llash dental implantatlar atrofidagi milkning maqbul parametrlari va yuqori estetik natijaning barqarorligini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2024 yil 3 yanvar`dagi №04-x/24-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: dental implantat atrofidagi keratinlashgan milk etishmovchiligini bartaraf etish uchun lazer yordamida biomodifikatsiya istiqbolli minimal invaziv usul jarrohlik aralashuv hajmini kamaytirishga imkon beradi, an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini oladi va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahridagi 4-son stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 27 noyabrdagi №79-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 23 noyabrdagi №126-u sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, optimal estetik va funksional natijaga erishildi, an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olindi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani hisoblashda, an’anaviy milk plastikasi uchun harajatlar, ushbu an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan va implantat atrofi keratinlashgan milk etishmovchiligi oqibatida yuzaga keluvchi asoratlarni davolashga sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Shuningdek, diod lazerni qo‘llash milk shakllanishi muddatini o‘rtacha 2 haftaga qisqartiradi hamda kamida 1 400 000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: «Implantat atrofi yumshoq to‘qimalar shakllanishini lazer biomodifikatsiyasini asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023 yil 18 dekabrdagi 04-z/35-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: dental implantatlarga milk shakllantirgich va doimiy ortopedik konstruksiya o‘rnatilishi oqibatida yumshoq to‘qimalarda yuzaga keluvchi ishemiya va gipoksiya holatlari qisqa muddatda bartaraf etilishi implantat atrofi yumshoq to‘qimalar, marginal suyak hajmini va mahalliy gemodinamika ko‘rsatkichlarini maqbul darajada saqlab qolish imkoniyatini beradi va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahridagi 4-son stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 27 noyabrdagi №79-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 23 noyabrdagi №126-u sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: milk shakllantirgich va doimiy ortopedik konstruksiyani o‘rnatgandan so‘ng funksional yuklama va bosim tufayli kelib chiqqan ishemiya holati qisqa muddatda bartaraf etilishi implantat atrofi yumshoq to‘qimalar atrofiyasi va resessiyasini oldini oladi. Bu protez xizmat qilish vaqtini sezilarli darajada oshiradi, yallig‘lanish ehtimolini kamaytiradi va yuqori estetik ko‘rsatkichlarni ta’minlashda muhim axamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mahalliy gemodinamikaning maqbul ko‘rsatkichlari davolash samarodorligini oshirib, mikrotsirkulyasiya buzilishi oqibatida kelib chiquvchi asoratlarni bartaraf etish bilan bog‘liq ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani hisoblashda, to‘qimalarda ishemiya va gipoksiya holati oqibatida yuzaga keluvchi asoratlarni bartaraf etishga sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Shuningdek, diod lazerni qo‘llash milk shakllanishi muddatini o‘rtacha 2 haftaga qisqartiradi, protez xizmat qilish vaqtini oshiradi hamda kamida 1 400 000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: «Implantat atrofi yumshoq to‘qimalar shakllanishini lazer biomodifikatsiyasini asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023 yil 18 dekabrdagi 04-z/35-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: dental implantat atrofidagi keratinlashgan milk etishmovchiligini bartaraf etish uchun lazer yordamida biomodifikatsiya istiqbolli minimal invaziv usul barqaror parametrlarga ega milk shakllanishiga olib keladi va bakterial invaziya xavfini sezilarli darajada kamaytirish orqali yallig‘lanish asoratlar rivojlanishini oldini oladi, dental implantat atrofi biriktirilgan keratinlashgan milk parametrlarini korreksiya qilish uchun tavsiya etilgan usul samaradorligining mikrobiologik ko‘rsatkichlarini o‘rganishning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahridagi 4-son stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 27 noyabrdagi №79-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 23 noyabrdagi №126-u sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: implantat atrofi milk egatidan olingan suyuqlikdagi umumiy patogen mikroorganizmlarning ko‘rsatkichini tahlil qilish orqali yallig‘lanish jarayonini rivojlanish xavfini erta aniqlash qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlarni talab etuvchi asoratlarni oldini olishga imkon beradi. Yuqorida keltirilgan barcha omillar jarrohlikdan keyingi asoratlar, hayot sifatining pasayishi, qoniqarsiz estetik natija va davolanish muddati oshishi tufayli bemorlarda kelib chiquvchi turli psixologik muammolar va bezovtalikni oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: implantat atrofi milk egati suyuqlikdagi patogen mikroorganizmlar miqdorini monitoringi yallig‘lanishni erta bosqichlarda aniqlash va o‘z vaqtida davolashni boshlash orqali ortiqcha sarf-harajatlar va patologik jarayonni tarqalishini oldini olish imkonini beradi. Xulosa: «Implantat atrofi yumshoq to‘qimalar shakllanishini lazer biomodifikatsiyasini asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023 yil 18 dekabrdagi 04-z/35-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: dental implantat atrofidagi keratinlashgan milk etishmovchiligini bartaraf etish uchun lazer yordamida biomodifikatsiya istiqbolli minimal invaziv usul barqaror parametrlarga ega milk shakllanishiga olib keladi va funksional bosimni teng taqsimlanishi orqali yallig‘lanish asoratlar rivojlanishini va okklyuzion yuklamaning noto‘g‘ri taqsimlanigi oqibatida kelib chiquvchi marginal suyak rezorbsiyasi jadalligi oshishini oldini oladi, dental implantat atrofi biriktirilgan keratinlashgan milk parametrlarini korreksiya qilish uchun tavsiya etilgan usul samaradorligining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganishning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahridagi 4-son stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 27 noyabrdagi №79-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 23 noyabrdagi №126-u sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: implantat atrofi milk egatidan olingan suyuqlikdagi proinflamator sitokinlar miqdorini tahlil qilish orqali yallig‘lanish jarayonini rivojlanish xavfini erta aniqlash, ushbu kam invaziv usul orqali implantatsiya bosqichlarida monitoring olib borish, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlarni talab etuvchi asoratlarni oldini olishga imkon beradi. Yuqorida keltirilgan barcha omillar jarrohlikdan keyingi asoratlar, hayot sifatining pasayishi, qoniqarsiz estetik natija va davolanish muddati oshishi tufayli bemorlarda kelib chiquvchi turli psixologik muammolar va bezovtalikni oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: implantat atrofi milk egati suyuqlikdagi proinflamator sitokinlar va patogen mikroorganizmlar miqdorini monitoringi yallig‘lanishni erta bosqichlarda aniqlash va o‘z vaqtida davolashni boshlash orqali ortiqcha sarf-harajatlar va patologik jarayonni tarqalishini oldini olish imkonini beradi. Xulosa: «Implantat atrofi yumshoq to‘qimalar shakllanishini lazer biomodifikatsiyasini asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023 yil 18 dekabrdagi 04-z/35-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: dental implantatlarga muvaffaqiyatli va funksional protezlash, shuningdek, o‘ziga xos himoya to‘sig‘i bo‘lgan yumshoq to‘qimalarning barqaror muqobil parametrlari va konturini shakllanishi tufayli bakterial invaziya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, bosimni to‘g‘ri taqsimlanishi marginal suyak parametrlari barqarorligini ta’minlaydi va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahridagi 4-son stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 27 noyabrdagi №79-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 2023 yil 23 noyabrdagi №126-u sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: implantat atrofi yumshoq to‘qimalarining optimal barqaror parametrlari mukozit va periimplantit xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va shu bilan uzoq muddatli ijobiy prognozni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Iqtisodiy samarani hisoblashda, an’anaviy milk plastikasi uchun harajatlar, ushbu an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan va implantat atrofi keratinlashgan milk etishmovchiligi oqibatida yuzaga keluvchi asoratlarni davolashga sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Shuningdek, diod lazerni qo‘llash milk shakllanishi muddatini o‘rtacha 2 haftaga qisqartiradi hamda kamida 1 400 000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: «Implantat atrofi yumshoq to‘qimalar shakllanishini lazer biomodifikatsiyasini asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2023 yil 18 dekabrdagi 04-z/35-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish