Kuziev Ortiksher Ilmiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlanishlarini tashxislash va davolash usullarini muvofiqlashtirish» 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1579.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ravshan Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc 04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Makarevich Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belarus Respublikasi), Norov Abduraxmon Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlangan bemorlarni tashxislash va davolashning maqbul usullarini asoslash va ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
C1 va S2 umurtqalari shikastlangan bemorlarning klinik xarakteri, jumladan  atlanto-aksial bo‘g‘im funksional bukilish va yozilish xolati, shikastlanish turiga (Spensa qoidasi, Anderson va D`Alonso tasnifi bo‘yicha) davolash taktikasini tanlashda va natijalarni oldindan baxolashda muhim ekanligi isbotlangan;
bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlanishlarida fiziologik bo‘yin lordozini hosil qilish va uni saqlab qolish, umurtqa pog‘onasining ikkilamchi kompensator deformatsiyasini bartaraf etish, bemor gorizontal tekislikda tananing holatini o‘zgartirishi va uxlash vaqtida qulaylik xis qilishi imkoniyatlarini beruvchi  modifikatsiyalashtirilgan individual mahkamlovchi qurilma ishlab chiqilgan va Galo-uskunasi yordamida davolash usuli takomillashtirilgan;
singan suyak bo‘laklari repoziyasi va umurtqa pog‘onasi o‘qini barqarorlashtirish maqsadida modifikatsiyalashtirilgan individual fiksator yordamida davolash usuli  an’anaviy davolash usulidan ustunligi, bunda C1-C2 burchagini 100gacha va C1-C7 burchagini 120gacha kamaytirishga erishilishi davolash natijalarining 70%dan 89%gacha yaxshilanishi isbotlangan;
VC2  tishsimon o‘sig‘ini Anderson va D`Alonso tasnifi bo‘yicha II va III tip sinishlari va antlantoaksial nostabillik (siniq bo‘lagini siljish ko‘rsatkichi >5 mm) xolatlarida suyak bo‘laklarini fiksatsiya qilish maqsadida g‘ovak vint yordamida teri orqali old tomondan mahkamlash usulidan foydalanish bemorlarni erta faollashtirish va shifoxonada davolanish muddatini 4–7 kungacha qisqartirish imkonini berishi isbotlangan;
VC1 sinishlarida Spensa qoidasi bo‘yicha umurtqa ravog‘i siljish ko‘rsatkichi <7 mm va shans tipida qattik yoqa siljish ko‘rsatgichi >7 mm bo‘lganda modifikatsiyalashtirilgan Galo-uskunasi; asoratlangan atlanto-oksipital chiqishda ochiq dekompressiya usuli va segment metallofiksatsiyasi; VS2 tishsimon o‘sig‘i sinishlarida proksimal suyak bo‘lagining siljish ko‘rsatgichi <5mm bo‘lganda Galo-uskunasi; siljish ko‘rsatkichi >5mm va atlanto-aksial nostabillik kuzatilganda tishsimon o‘siqni oldingi bir vintli fiksatsiyasi usullarini tanlash ijobiy davolash natijalarini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashining 01-02/d-x-05-son 09.11.2023 yildagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: C1 va S2 umurtqalari shikastlangan bemorlarning klinik xarakteri, jumladan  atlanto-aksial bo‘g‘im funksional bukilish va yozilish xolati, shikastlanish turiga (Spensa qoidasi, Anderson va D`Alonso tasnifi bo‘yicha) davolash taktikasini tanlashda va natijalarni oldindan baxolashda muhim ekanligi isbotlangan. 2020-yil 05-fevraldagi 34/1-son buyrug‘iga asosan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali neyroxirurgiya bo‘limiga va 2020-yil 05-fevraldagi 22a-son buyrug‘iga asosan Respublika ixtisslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy amaliy markazi umurtqa pog‘onasi va orqa miya patologiyasi bo‘limiga kiritilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligini quyidagilar tasdiqlaydi: bemorlarning mehnatda va jamiyatda faol hayotga qaytishi, tibbiy yordamdan qoniqish, umur ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlik xavf darajasining pasayishi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, shifokor bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlangan bemorlarda 75% hollarda qo‘shma jarohatlar bilan birgalikda kuzatilib klinik va nevrologik alomatlar yashirin kuzatilishini biladi, bemorlarga kerakli individual tibbiy yordam ko‘rsatish talab qilinadi. Shikastlanish natijasida yuzaga kelgan asoratlarni oldini olish uchun kompleks tekshiruv, asoratlarni davolash uchun xarajatlar tejaladi. Xulosa: Bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlangan bemorlarda to‘g‘ri va o‘z vaqtida qo‘yilgan klinik tashxis o‘rtacha 2 570 000 so‘mni tejaydi (hozirda klinikamizning neyroxirurgiya bo‘limida 10 kunlik yotishga 1 920 000 so‘m, dori-darmonlarga 650000 so‘m sarflanadi).
ikkinchi ilmiy yangilik: bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlanishlarida fiziologik bo‘yin lordozini hosil qilish va uni saqlab qolish, umurtqa pog‘onasining ikkilamchi kompensator deformatsiyasini bartaraf etish, bemor gorizontal tekislikda tananing holatini o‘zgartirishi va uxlash vaqtida qulaylik xis qilishi imkoniyatlarini beruvchi  modifikatsiyalashtirilgan individual mahkamlovchi qurilma ishlab chiqilgan va Galo-uskunasi yordamida davolash usuli takomillashtirilgan. 02.05.2020 yildagi 34/1-son buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali neyroxirurgiya bo‘limida va 02.05.2020 yildagi 22a-son buyrug‘i bilan Respublika ixtisslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy amaliy markazi umurtqa pog‘onasi va orqa miya patologiyasi bo‘limida amalga oshirildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: Bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlanishlarini davolashda o‘zgartirilgan individual fiksator moslamasidan foydalanish bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, ularning erta faollashishini ta’minlaydi va suyak bo‘laklarining ikkilamchi siljishini oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlangan bemorlarda o‘zgartirilgan individual fiksator moslamasidan foydalanish bemorlarning erta faollashishiga, hayot sifatining yaxshilanishiga, statsionar davolanishning 5-7 kungacha qisqarishiga va singan suyak bo‘laklarining qayta joyidan siljishi profilaktikasi tufayli takroriy operatsiyalar sonining qisqarishiga olib keldi. Bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlangan bemorning bir kunlik statsionar davolanishi o‘rtacha 600 ming so‘mni tashkil etadi. Modifikatsiyalangan individual fiksator moslamasidan foydalanish natijasida statsionar davolanish kunlarini qisqartirish hisobiga o‘rtacha 3000000–4200000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Bo‘yin yuqori umurtqalari sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning ochiq barqarorlashtiruvchi usullarini moliyaviy xarajatlari 15000000 so‘mdan 25000000 so‘mgacha. Shuningdek, ushbu operatsiyalarning bajarilishi asab va qon tomir magistrallarining shikastlanishi ko‘rinishidagi asoratlarga olib kelishi mumkin. Bo‘yin yuqori umurtqalari sinib siljigan bulaklarini qayta joylashtirish va barqarorlashtirishda o‘zgartirilgan individual fiksator moslamasidan foydalanish moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi va asoratlar xavfini oldini oladi.
uchinchi ilmiy yangilik: singan suyak bo‘laklari repoziyasi va umurtqa pog‘onasi o‘qini barqarorlashtirish maqsadida modifikatsiyalashtirilgan individual fiksator yordamida davolash usuli  an’anaviy davolash usulidan ustunligi, bunda C1-C2 burchagini 100gacha va C1-C7 burchagini 120gacha kamaytirishga erishilishi davolash natijalarining 70%dan 89%gacha yaxshilanishi isbotlangan. 02.05.2020 yildagi 34/1-son buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali neyroxirurgiya bo‘limida va 02.05.2020 yildagi 22a-son buyrug‘i bilan Respublika ixtisslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy amaliy markazi umurtqa pog‘onasi va orqa miya patologiyasi bo‘limida amalga oshirildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlangan bemorlarda o‘zgartirilgan individual fiksator moslamasi bemorning pozisiyasi o‘zgarganda (gorizontaldan vertikalga) an’anaviy Galo - uskunasi bilan solishtirganda C1-C2 va C1-C7 segmentlarini sezilarli darajada kuchaytirdi (vertikaldan gorizontalgacha), segmentar burchak farqi 10o dan 4o - gacha kamaydi. Bu suyak bo‘lagining qayta siljish xavfini kamaytirdi va soxta bo‘g‘im shakllanishiga to‘sqinlik qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Yuqori bo‘yin umurtqalari shikastlangan bemorlarda o‘zgartirilgan individual fiksatordan foydalanish bemorlarning erta faollashishiga, statsionar davolanish muddatining 5-7 kungacha qisqarishiga va singan suyak bo‘laklarining qayta siljishini oldini olish xisobiga takroriy yuqori texnologik operatsiyalar utkazishni kamaytirdi. Modifikatsiyalangan Galo - uskunasidan foydalanish ochiq operatsiyalarning oldini olish hisobiga o‘rtacha 20000000 so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa: Bo‘yin yuqori umurtqalari sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning ochiq barqarorlashtiruvchi usullarini moliyaviy xarajatlari 15000000 so‘mdan 25000000 so‘mgacha. Shuningdek, ushbu operatsiyalarning bajarilishi asab va qon tomir magistrallarining shikastlanishi ko‘rinishidagi asoratlarga olib kelishi mumkin. Bo‘yin yuqori umurtqalari sinib siljigan bulaklarini qayta joylashtirish va barqarorlashtirishda o‘zgartirilgan individual fiksator moslamasidan foydalanish moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi va asoratlar xavfini oldini oladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: VC2  tishsimon o‘sig‘ini Anderson va D`Alonso tasnifi bo‘yicha II va III tip sinishlari va antlantoaksial nostabillik (siniq bo‘lagini siljish ko‘rsatkichi >5 mm) xolatlarida suyak bo‘laklarini fiksatsiya qilish maqsadida g‘ovak vint yordamida teri orqali old tomondan mahkamlash usulidan foydalanish bemorlarni erta faollashtirish va shifoxonada davolanish muddatini 4–7 kungacha qisqartirish imkonini berishi isbotlangan. 02.05.2020-son 34/1-son buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali neyroxirurgiya bo‘limida va 18.03.2022-sonli 18/2-sonli buyrug‘i bilan Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo‘limida amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: C2 umurtqa tishsimon o‘sig‘i beqaror sinishida, teri orqali old taraflama bir vintli fiksatsiya usulini qo‘llash, bemorning erta faollashishini, umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismi funksional imkoniyatlarini to‘liq saqlanishini, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilanishini, nogironlik xavfini kamaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ushbu usul C2 umurtqa tishsimon o‘sig‘i beqaror sinishida teri orqali old tarafdan bir vintli fiksatsiya usulidan foydalanish bemorning kasalxonada qolish muddatini 4 - 7 kungacha, operatsiya vaqtini 45 daqiqagacha qisqartirdi va og‘riqni kamaytirishga olib keldi. Singan suyak bo‘laklarining qayta siljishini oldini olish tufayli takroriy operatsiyalar soni kamaydi. Bo‘yin yuqori umurtqalari  shikastlangan bemorning bir kunlik statsionar davolanishi o‘rtacha 600000 so‘mni tashkil etadi. Teri orqali old taraflama bir vintli mahkamlash usulidan foydalanish statsionar davolanish kunlarini qisqartirish hisobiga o‘rtacha 2 million 400 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: Tishsimon o‘siq sinishini jarrohlik yo‘li bilan orqa taraflama  ochiq usulda davolashning moliyaviy xarajatlari 15000000 so‘mdan 25000000 so‘mgachani tashkil qiladi. Shuningdek, ushbu operatsiyalarning bajarilishi asab va qon tomir magistrallarining shikastlanishi ko‘rinishidagi asoratlarga olib kelishi mumkin. Barqaror bo‘lmagan tishsimon usiq siniqlarini teri orqali old taraflama bir vintli mahkamlash usulidan foydalanish moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi va asoratlar xavfini kamaytiradi.
beshinchi ilmiy yangilik: VC1 sinishlarida Spensa qoidasi bo‘yicha umurtqa ravog‘i siljish ko‘rsatkichi <7 mm va shans tipida qattik yoqa siljish ko‘rsatgichi >7 mm bo‘lganda modifikatsiyalashtirilgan Galo-uskunasi; asoratlangan atlanto-oksipital chiqishda ochiq dekompressiya usuli va segment metallofiksatsiyasi; VS2 tishsimon o‘sig‘i sinishlarida proksimal suyak bo‘lagining siljish ko‘rsatgichi <5mm bo‘lganda Galo-uskunasi; siljish ko‘rsatkichi >5mm va atlanto-aksial nostabillik kuzatilganda tishsimon o‘siqni oldingi bir vintli fiksatsiyasi usullarini tanlash ijobiy davolash natijalarini berishi isbotlangan. 2020-yil 5-fevraldagi 34/1-son buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali neyroxirurgiya bo‘limida va 2020 yil 5-fevraldagi 22a-son buyrug‘i bilan Respublika ixtisslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy amaliy markazi umurtqa pog‘onasi va orqa miya patologiyasi bo‘limida amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligini quyidagilar tasdiqlaydi: bemorlarning mehnat va jamiyatda faol hayotga qaytishi, tibbiy yordamdan qoniqish; umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlik darajasining pasayishi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlangan bemorlarni davolashning tabaqalashtirilgan taktikasi va algoritmi davolashning muayyan turlarini (Buyin yoqa, modifikatsiyalangan Galo-uskuna yoki teri orqali fiksatsiya) shikastlanish turi, suyak bo‘laklarining siljish darajasiga ko‘ra tanlashni aniqlaydi. Bu bemor uchun keraksiz jarrohlik muolajalarni qo‘llashning oldini olish orqali davolash samaradorligini oshiradi va kasalxona kunlarini, dori darmonlarga extiyojni kamaytiradi. Xulosa: Bo‘yin yuqori umurtqalari shikastlangan bemorlarga to‘g‘ri va o‘z vaqtida klinik tashxis qo‘yish o‘rtacha 2570000 so‘mni tejaydi (hozirda klinikamizning neyroxirurgiya bo‘limida 10 kunlik davolash muddati 1920000 so‘m, dori-darmonlarga 650000 so‘m sarflanadi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish