Sa’dullaeva Zamira Ravshan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr O‘zbekiston badiiy hunarmandchiligini muzeylashtirish”, 17.00.04 – “Tasviriy va amaliy-bezak san’ati”, 17.00.06 – “Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash” (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/San104.
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi PhD.02/09.07.2020.Tar.70.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muxsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim; Orifjonova Gulra’no Ravshan qizi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy hunarmandchilikning nazariy masalalari, O‘zbekiston badiiy hunarmandchiligi sohalarining XX asr mobaynidagi rivojlanish yoʻllari, milliy hunarmandchilikning obrazli tizimini, XX asr O‘zbekiston badiiy hunarmandchiligi yirik badiiy muzeylari kolleksiyalarida shakllanish tarixini va muzeylashtirish aspektlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
san’atshunoslik fanida qo‘llanilib kelinayotgan “maktab-markaz”; “hunar-badiiy hunar-amaliy-bezak san’ati”; “badiiy hunarmandchilik ekologiyasi”; “ustoz-shogird” atamalari qayta ko‘rib chiqilib, muzeylarda saqlanayotgan ashyolarning hammasi ham “amaliy-bezak san’ati asari” atamasi talablariga to‘g‘ri kelmasligi, aksariyati badiiy hunar ashyosi ekanligi, XX asr materialini baholashda ayrim tadqiqotchilar tomonidan noto‘g‘ri metodologiya tanlangani, “an’ana” va “innovatsiya” atamalari aslida bir atama ekanligi, badiiy hunarmandchilikning sohalari muzeylarda va ayrim ilmiy nashrlarda noto‘g‘ri guruhlashtirilgani dalillangan;
XX asrdagi O‘zbekiston badiiy hunarmandchiligining asosiy bezagi – naqsh va tasvir masalasiga yangicha yondoshilib, “an’ana” iborasi ko‘p holatda “meros” atamasiga singdirib yuborilgani, oqibatda ma’lum davrlardagi yangi badiiy topilmalarga nisbatan “bachkana” (kich) tamg‘asi bosilgani aniqlangan;
XX asr O‘zbekiston badiiy hunarmandchiligini muzeylashtirishda M.A.Andreevning XX asrning boshidagi ekspedisiya materiallari; S.M.Krukovskayaning O‘zbekiston Milliy arxividagi shaxsiy hujjatlari asosida O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan amaliy-bezak san’ati kolleksiyalarini yaratish va ko‘rgazmalardagi namoyishiga oid bilimlari ilk bor ilmiy muomilaga kiritilgan;
muzeylarda omma e’tiboridan chetda qolib kelayotgan kolleksiyalarda saqlanayotgan Qo‘qon kandakorligi ustasi Lutfulla Fozilovning muzeyga kirim paytidan boshlab zaxirada saqlanib kelinayotgan albomi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyining “Qoliplar”, “Xalq naqshlari” kolleksiyasidagi boshqa ustalarning naqshlarning chizmalari, eskizlari ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr O‘zbekiston badiiy hunarmandchiligini muzeylashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
san’atshunoslik fanida qo‘llanilib kelinayotgan “maktab-markaz”; “hunar-badiiy hunar-amaliy-bezak san’ati”; “badiiy hunarmandchilik ekologiyasi”; “ustoz-shogird” atamalari qayta ko‘rib chiqilib, muzeylarda saqlanayotgan ashyolarning hammasi ham “amaliy-bezak san’ati asari” atamasi talablariga to‘g‘ri kelmasligi, aksariyati badiiy hunar ashyosi ekanligi, XX asr materialini baholashda ayrim tadqiqotchilar tomonidan noto‘g‘ri metodologiya tanlangani, “an’ana” va “innovatsiya” atamalari aslida bir atama ekanligi, badiiy hunarmandchilikning sohalari muzeylarda va ayrim ilmiy nashrlarda noto‘g‘ri guruhlashtirilgani dalillanganligi hamda XX asrdagi O‘zbekiston badiiy hunarmandchiligining asosiy bezagi – naqsh va tasvir masalasiga yangicha yondoshilib, “an’ana” iborasi ko‘p holatda “meros” atamasiga singdirib yuborilgani, oqibatda ma’lum davrlardagi yangi badiiy topilmalarga nisbatan “bachkana” (kich) tamg‘asi bosilgani aniqlanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 19-sentyabrdagi 02-31-1531-son dalolatnomasi). Natijalar badiiy hunarmandchilik san’atini asrab avaylash, shunindek muzeyga tashrif buyuruvchilarning boy tariximizga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilgan;
XX asr O‘zbekiston badiiy hunarmandchiligini muzeylashtirishda M.A.Andreevning XX asrning boshidagi ekspedisiya materiallari; S.M.Krukovskayaning O‘zbekiston Milliy arxividagi shaxsiy hujjatlari asosida O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan amaliy-bezak san’ati kolleksiyalarini yaratish va ko‘rgazmalardagi namoyishiga oid bilimlari ilk bor ilmiy muomilaga kiritilganligi hamda muzeylarda omma e’tiboridan chetda qolib kelayotgan kolleksiyalarda saqlanayotgan Qo‘qon kandakorligi ustasi Lutfulla Fozilovning muzeyga kirim paytidan boshlab zaxirada saqlanib kelinayotgan albomi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyining “Qoliplar”, “Xalq naqshlari” kolleksiyasidagi boshqa ustalarning naqshlarning chizmalari, eskizlari ilk bor ilmiy muomalaga kiritilganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Badiiy akademiyasining III Toshkent Xalqaro amaliy san’at biennalesi doirasida o‘tkazilgan “Zamonaviy amaliy-bezak san’ati: dekor va uslub” deb nomlangan ko‘rgazma ekspozisiyasining ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022-yil 16-sentyabrdagi QB04567484-son dalolatnomasi). Natijalar faktik materiallar va ko‘rgazma ekspozisiyasini takomillashtirish uning mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga xizmat qilgan.