Imamov Otabek Sunnatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klinik, mikrobiologik va immunogenetik mexanizmlarni o‘rganish asosida zooantroponoz trixofitiyaning moslashtirilgan terapiyasi”, 14.00.11- Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc /Tib339.
Ilmiy raxbar: Abidova Zura Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSs 04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Akrom Baratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabiev Talat Abduvaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Alisher Abdumavlyanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Ostona tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trixofitiya kasalligida klinik-mikrobiologik, molekulyar-genetik va immunologik tadqiqotlar natijalari asosida kompleks etiopatogenetik terapiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trixofitiya kasalligining klinik kechishi va jarayonning chuqurlashishiga, kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlash va uzoq muddat qo‘zg‘atuvchi turini ajratishdagi qiyinchiliklar sabab bo‘ladi. Yangi ixtiro qilingan ozuqa muhiti yordamida tashhislash, diagnostika  muddatlarini 1,7 barobar qisqarishiga, ya’ni 24-26 kundan 14-15 kunga kamayishiga olib kelganligi isbotlangan;
trixofitiya kasalligining klinik kechishi va jarayonning og‘irlik darajasi teridagi simbioz mikroflora holatiga bog‘liqligi, jarayon chuqurlashgan sari terida patogen mikroorganizmlar xususan Staphylococcus aureus (35,5%), Staphylococcus epidermidis (31,0%), Proteus mirabilis (19,4%), Proteus vulgaris (18,6%) koloniyalarini o‘sishi va ko‘payib borishi, asoratlangan klinik turlariga olib kelishi, kasallikning chuqur xolatlari, xususan infil`trativ- yiringli shakllarida bu mikroorganizmlar simbiozi yaqqolroq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
trixofitiya bilan kasallangan bemorlarda davolashda qo‘llaniladigan - terbinafin metabolizmida ishtirok etadigan sitoxrom R-450 SYP2D6, SYP3A4, SYP2C9 fermentlari polimorfizmini o‘rganish keng tarqalgan mikozni davolashda shaxsiy yondashuvni ishlab chiqishda va zamburug‘ga qarshi dorilarni differensiatsiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
 trixofitiya bilan og‘rigan bemorlarda kasallik davomiyligi, klinik kechishi, jarayonning og‘irlik darajasi sitokin tizimi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, xususan IL-2, IL-4 ni kamayishi va TNF-α 4 baravar, IL -8 ni 3 baravar oshishi bilan kechishi, jarayon qanchalik chuqur bo‘lsa, bemorlarda bu ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar yaqqolroq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
klinik, mikrobiologik, tibbiy-genetik va immunologik tadqiqotlar natijasida trixofitiya kasalligida tomir ichini lazer bilan nurlantirish usuli (TILBN) va “FarGals” eritmasi bilan kompleks davolash usuli ishlab chiqildi va ushbu usulning patologik o‘choqlarda patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasini kamaytirishi va limfotsitar infil`tratsiya, teri regeneratsiyasini yaxshilovchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 23 noyabridagi 02-10/7-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 1 iyundagi 09/421-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: trixofitiya kasalligida taklif etilgan yangi ixtiro qilingan o‘rik ekstrakti qo‘shilgan ozuqa muhiti yordamida tashhislash, diagnostika  muddatlarini 1,7 barobar qisqarishiga, ya’ni 24-26 kundan 14-15 kunga kamayishiga olib keldi. Zooantroponoz trixofitiyani tashxislash, davolash va davolashda asoratlarini oldini olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati hududiy filialida 2022 yil 12 iyuldagi №01/207-buyrug‘i hamda Buxoro viloyati hududiy filialida 2022 yil 19 iyundagi № 51/1- buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yangi ozuqa muxiti yordamida zamburug‘larga tekshirish usulidan foydalanish, kasallikni erta tashxislash, asoratlar paydo bo‘lishini oldini olish va davolash muolajalarini erta boshlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya kasalligida taklif etilgan yangi, o‘rik ekstrakti qo‘shilgan ozuqa muxiti yordamida zamburug‘larga tekshirish usulidan foydalanish kasallik qo‘zatuvchisini erta aniqlash, kasallikni tashxislash davomiyligini 1,7 martaga kamaytirdi va tashxislash samaradorligi 94,4% ga teng bo‘ldi. Xarajatlar 1,9 barobarga kamayib, ya’ni shifoxonada yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan mablag‘lar 250 nafar bemorda 45 000 000 so‘mga iqtisod qilindi. Xulosa: terining trixofitiya kasalligida to‘g‘ri tanlangan davoni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 180 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 180 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: trixofitiya kasalligining klinik kechishi va jarayonning og‘irlik darajasi teridagi simbioz mikroflora holatiga bog‘liqligi, jarayon chuqurlashgan sari terida patogen mikroorganizmlar xususan Staphylococcus aureus (35,5%), Staphylococcus epidermidis (31,0%), Proteus mirabilis (19,4%), Proteus vulgaris (18,6%) koloniyalarini o‘sishi va ko‘payib borishi, asoratlangan klinik turlariga olib kelishi, kasallikning chuqur xolatlari, xususan infil`trativ- yiringli shakllarida bu mikroorganizmlar simbiozi yaqqolroq namoyon bo‘ldi. Zooantroponoz trixofitiyani tashxislash, davolash va davolashda asoratlarni oldini olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati hududiy filialida 2022 yil 12 iyuldagi №01/207-buyrug‘i hamda Buxoro viloyati hududiy filialida 2022 yil 19 iyundagi № 51/1- buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya kasalligiga bo‘lgan bemorlarda terida patogen mikroorganizmlar xususan Staphylococcus aureus (35,5%), Staphylococcus epidermidis (31,0%), Proteus mirabilis (19,4%), Proteus vulgaris (18,6%) koloniyalarini o‘sishi va ko‘payib borishi, asoratlangan klinik turlariga olib kelishi aniqlanganligi sababli maxalliy antibakterial “FarGals” eritmasi bilan davolash usulining to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat beradi va samarali davolash usulini qo‘llash imkoniyatini yaratdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda o‘rganilayotgan “FarGals” eritmasi bilan kompleks davolash muolajasi to‘g‘riligidan dalolat berdi, bu bemorning shifoxonada davolanish muddatini 14 kundan 10 kungacha qiskartirib, xarajatlarni 520 000 ming so‘mga kamaytirgan (RIDVvaKIATM Toshkent viloyati filiali preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun yotib davolanish 130 ming so‘mni tashkil qiladi), yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar miqdorini 141 nafar bemor hisobiga 73 320 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: trixofitiya bilan og‘rigan bemorlarda statsionar sharoitida yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga byudjet mablag‘larini 130 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: trixofitiya bilan kasallangan bemorlarda davolashda qo‘llaniladigan - terbinafin metabolizmida ishtirok etadigan sitoxrom R-450 SYP2D6, SYP3A4, SYP2C9 fermentlari polimorfizmini o‘rganish keng tarqalgan mikozni davolashda shaxsiy yondashuvni ishlab chiqishda va zamburug‘ga qarshi dorilarni differensiatsiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi.  Zooantroponoz trixofitiyani tashxislash, davolash va davolashda asoratlarini oldini olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati hududiy filialida 2022 yil 12 iyuldagi №01/207-buyrug‘i hamda Buxoro viloyati hududiy filialida 2022 yil 19 iyundagi № 51/1- buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya kasalligida sitoxrom R-450 SYP2D6, SYP3A4, SYP2C9 fermentlari ekspressiya darajasini aniqlash bemorlarda samarali patogenetik davolashning taktikasini belgilashga va dorilarning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya bilan og‘rigan bemorlarda sitoxrom R-450 SYP2D6, SYP3A4, SYP2C9 fermentlari ekspressiya darajasini aniqlash va kompleks samarali patogenetik davolashning taktikasini belgilash, an’anaviy usulga nisbatan davolanish muddatini qisqartirib, dorilar nojo‘ya ta’siri hamda asoratlarini kamaytirish imkonini yaratdi (RIDVvaKIATM Toshkent viloyati filiali preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 o‘rin kun narxi 130 ming so‘mni tashkil etadi), statsionar davolanishga sarf qilinadigan harajatlar miqdori 141 nafar bemorda 18 330 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: trixofitiya bilan kasallangan bemorlarda sitoxrom R-450 SYP2D6, SYP3A4, SYP2C9 fermentlari ekspressiya darajasini aniqlash va kompleks samarali patogenetik davolash usulini qo‘llash 1 nafar bemorda byudjet mablag‘larini 130 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: trixofitiya bilan og‘rigan bemorlarda kasallik davomiyligi, klinik kechishi, jarayonning og‘irlik darajasi sitokin tizimi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, xususan IL -2, IL -4 ni kamayishi va TNF-b 4 baravar, IL -8ni 3 baravar oshishi bilan kechishi, jarayon qanchalik chuqur bo‘lsa, bemorlarda bu ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar yaqqolroq namoyon bo‘ldi. Zooantroponoz trixofitiyani tashxislash, davolash va davolashda asoratlarini oldini olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati hududiy filialida 2022 yil 12 iyuldagi №01/207-buyrug‘i hamda Buxoro viloyati hududiy filialida 2022 yil 19 iyundagi № 51/1- buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya kasalligida sitokin tizimidagi ko‘rsatkichlar o‘zgarishi bemorlarda samarali patogenetik davolash taktikasini belgilashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya bilan kasallangan bemorlarda kompleks usulida pleyotrop ta’sirga ega tomir ichiini lazer bilan nurlantirish usuli (TILBN) bilan davolash, an’anaviy usulga nisbatan davolash muddatlarini kamaytirish imkonini yaratib, (RIDVvaKIATM Toshkent viloyati filiali preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 o‘rin kun narxi 130 ming so‘mni tashkil etadi) statsionar davolash jarayoniga sarf qilinadigan harajatlarni 141 nafar bemorga 18 330 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: trixofitiya bilan kasallangan bemorlarda sitokinlar holatini baholash orqali kompleks davo usulini qo‘llash 1 nafar bemorda byudjet mablag‘larini 130 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
beshinchi ilmiy yangilik: klinik, mikrobiologik, tibbiy-genetik va immunologik tadqiqotlar natijasida trixofitiya kasalligida tomir ichini lazer bilan nurlantirish usuli (TILBN) va “FarGals” eritmasi bilan kompleks davolash usuli ishlab chiqildi va ushbu usulning patologik o‘choqlarda patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasini kamaytirishi va limfotsitar infil`tratsiya, teri regeneratsiyasini yaxshilovchi
va yallig‘lanishga qarshi ta’sirini oshirishi isbotlandi. Zooantroponoz trixofitiyani tashxislash, davolash va davolashda asoratlarini oldini olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati hududiy filialida 2022 yil 12 iyuldagi №01/207-buyrug‘i hamda Buxoro viloyati hududiy filialida 2022 yil 19 iyundagi № 51/1- buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tomir ichini lazer bilan nurlantirish (TILBN) va “FarGals” eritmasi bilan samarali kompleks davolash usuli zararlangan o‘choqlarda infil`trativ-giperemiya holatini sezilarli darajada so‘rilishi, asoratlarni kamayishiga, davolash kunini qisqarishi va bemorlar xayot sifatini yaxshilanishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trixofitiya bilan og‘rigan bemorlarda kompleks davolash usulini qo‘llash davo muddatlarini qisqarishi, asoratlarni kamayishi, statsionarda davolash jarayoniga sarf qilinadigan harajatlarni o‘rtacha 100 nafar bemorga bir yilda 52 000 000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: trixofitiya bilan xastalangan bemorlarda statsionar sharoitida kompleks davolash usulini qo‘llash 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 520 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 520 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish