Tashpulatova Feruza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirishda manzarali daraxtlar bioekologiyasi va ularning sanitar-gigienik xususiyatlari», 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V1006.
Ilmiy rahbar: Berdiev Erkin Turdalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qayimov Abduxalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yodgorova Dilfuza Shavkatovna,  biologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirishda manzarali dararxtlar barglarining og‘ir metallarni to‘plash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori bioindikator, giperakkumulyator daraxt turlarini tanlash, ularning bioekologik, biokimyoviy, sanitar-gigienik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent shahri sharoitida ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlarida 9 tur manzarali daraxtlarning bioekologik, sanitar-gigienik, biokimyoviy  va manzaraviylik xususiyatlari aniqlangan;
tadqiqot ob’ektlari 9 tur manzarali daraxt barglari tarkibidagi og‘ir metallar mis (Cu), rux (Zn), qo‘rg‘oshin (Pb), kadmiy (Cd) akkumulyasiyasi hamda barg tarkibida 44 ta makro-mikroelementlar miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tadqiqot ob’ektlarining barglarida og‘ir metallarni to‘planishi ob’ekt joylashgan xududning xolati, mavsumiyligiga bog‘liqligi aniqlangan bo‘lib, ularning xududiy va mavsumiy o‘zgarish dinamikasi hamda barglarning 4 ta darajadagi sanitar-gigienik bioindikatorlik baholash shkalasi ishlab chiqilgan;
manzarali daraxt barglari tarkibidagi og‘ir metallar absorbsiyasi natijasida ko‘kalamzorlashtirish tizimi uchun yuqori bioindikator, giperakkumulyativ turlar ajratilib, ular zaharli moddalar – misdan (Cu) 10 – 97 m3, ruxdan (Zn) 11 – 105 m3, qo‘rg‘oshindan (Pb) 14 – 133 m3, kadmiydan (Cd) 7 –71 m3 hajmli maydonni tozalashi isbotlangan;
daraxtlar shox-shabbasidagi barg maydonining yuzasiga ko‘ra, og‘ir metallarni eng yuqori o‘zlashtirish hamda 1 ta daraxt tozalashi mumkin bo‘lgan atmosfera havosi bo‘yicha yaproq bargli daraxtlardan Magnolia grandiflora - 406 m3, Aesculus hippocastanum - 344 m3, nina bargli daraxtlardan Pinus Pallasiana - 250 m3 va Ginkgo biloba – 158 m3 turlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirishda manzarali daraxtlar bioekologiyasi va ularning sanitar-gigienik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent shahri sharoitida havo tarkibidagi og‘ir metallarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan daraxtlarni ekish tavsiyasi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limining 10 ga maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 19 oktyabrdagi 03-03/3-5928-son ma’lumotnomasi). Natijada, daraxtlar tomonidan mis (Cu) ni 10-97 m3, rux (Zn) ni 11-105 m3 hajmli maydonda tozalash orqali ekologik samaradorlikka erishish imkonini bergan;
Havo tarkibidagi og‘ir metallarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan daraxtlarni ekish tavsiyasi Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi Irrigatsiya xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlarini ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasining 10 ga maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 19 oktyabrdagi 03-03/3-5928-son ma’lumotnomasi). Natijada, daraxtlar tomonidan havo tarkibidagi og‘ir metallar – qo‘rg‘oshin (Pb) ni 14-133 m3, kadmiy (Cd) ni esa 7-71 m3 hajmli maydonda tozalash orqali ekologik samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish