Xolikulov O‘tkirjon Arzimurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aminokislotalar va ularning eritmalaridagi molekulalararo ta’sirlarning tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishi”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM807
Ilmiy rahbar: Jumabaev Abduvaxid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Astanov Salix Xusenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Ilyos Arzimurodovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Millliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aminokislotalar va ularning eritmalarida molekulyar komplekslarning hosil bo‘lish mexanizmlarini hamda molekulalararo o‘zaro ta’sirlar va ularning spektral namoyon bo‘lishini tebranish spektroskopiyasi va noempirik hisoblashlar yordamida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
molekulalar va ularning nurlanish maydoni bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish usullarini ishlab chiqish hamda eritmalarda spektroskopik tajribalarni izohlash uchun noempirik hisoblashlarning eng samarali usullarini aniqlash;
aminokislotalar va ularning eritmalarida molekulyar komplekslarning hosil bo‘lish mexanizmini, shuningdek, nurlanish maydoni bilan o‘zaro ta’sirini tebranish spektroskopiyasi va noempirik hisoblashlar yordamida o‘rganish;
komplekslardagi molekulalararo ta’sirlarning topologik parametrlarini (elektron zichligi, elektron zichligining laplasi, energiya zichligi va boshqalar) aniqlash;
tanglangan molekulalar (valin, asparagin va orto-aminobenzoy kislotalari) va ularning molekulyar komplekslari uchun energiya jihatidan eng optimal strukturalarni o‘rnatish;
o‘rganilayotgan ob’ektlardagi agregatsiya jarayonlariga solvatatsiya effektining ta’sirini va molekulyar komplekslarning Raman va IQ spektrlaridagi spektroskopik ko‘rinishlarini aniqlash.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aminokislotalar va ularning eritmalaridagi molekulalararo ta’sirlarning tebranish spektrlariga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
valinning suvli eritmasidagi vodorod bog‘lanishli molekulyar komplekslarning tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishini aniqlash bo‘yicha taklif etilgan usullar No 22BF051-03-raqamli “Radiation functionalization of electrical conductivity and conjuction in polymer systems with nano additives” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida va “Fundamentals of Biomechanics” nomli maxsus kursning “Aminokislotalarning tuzilishi va tebranish spektrlarining kvant kimyoviy simulyasiyasi” mavzusidagi laboratoriya ishini bajarishda foydalanilgan (Kiev Milliy universitetining 2023-yil 3-maydagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, eritmalardagi molekulyar komplekslarning tuzilishi va spektral namoyon bo‘lish qonuniyatlarini eksperimental hamda hisoblash natijalarni solishtirish orqali aniqlash imkonini bergan;
aminokislotalarning strukturaviy, elektron va tebranish xususiyatlariga qutbli erituvchilarning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha aniqlangan qonuniyatlar No 0110PK153-“Issledovanie vzaimnogo vliyaniya mnogoatomnix sistem v kondensirovannix sredax opticheskimi metodami” mavzusidagi ilmiy lohiyada foydalanilgan (Tojikiston Milliy universitetining 2023-yil 6-maydagi ma’lumotnomasi). Bundan tashqari Tojikiston Milliy universiteti optika va spektroskopiya kafedrasining xodimlari o‘qitishda fizika yo‘nalishining yuqori bosqich talabalari uchun “Atomnaya i molekulyarnaya spektroskopiya”, “Spektroskopiya MMV”, “Spektroskopiya vodorodnix svyazey” va “Opticheskie metodi analiza” kabi maxsus kurslarni o‘qitishda foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, orto amino benzoy kislotasining etil spirtidagi eritmasida molekulyar komplekslarning hosil bo‘lish mexanizmi va molekulalararo ta’sirlarning tebranish (C=O, O-H, N-H) spektrlariga ta’sirini aniqlash imkonini bergan.