Raximjonova Gulnora Abdumajidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Allergik riniti bor bo‘lgan bemorlarda ekssudativ o‘rta otitning patogenezi va davolash tamoyillari», 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1351.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Gavhar Saidaxmadovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Radsig Elena Yur`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon Davlat tibbiy malaka oshirish instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: allergik rinit bor bo‘lgan bolalarda ekssudativ o‘rta otit kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda ekssudativ o‘rta otit rivojlanishining etiopatogenezida evstaxiy nayi ventilyasion va drenaj funksiyasining uzoq vaqt buzilishiga olib keluvchi omillar uchrash chastotasi aniqlangan;
umumiy qon taxlilida eozinofillar, immunologik taxlilda IgE miqdori yuqori bo‘lgan bolalarda EO‘O kataral, sekretor bosqichlari ustunligi, eshituv nayi vazifasi buzilishi asosan IV darajadaligi aniqlangan;
allergik rinit bo‘lgan bolalarda EO‘O audiometriyada eshitish konduktiv tipda II va III darajada eshitish pasayganligi aniqlangan;
allergik rinit bo‘lgan bemorlarda EO‘O kataral va sekretor bosqichlarida davolash usullari asosan konservativ bo‘lib, nazal kortikosteroid, antileykotrien qo‘llangan, samarasiz bo‘lgandagina nog‘ora parda shuntlash va adenoidektomiya jarrohlik amaliyotini o‘tkazilishi samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 13 noyabrdagi №11/038 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda ekssudativ o‘rta otit rivojlanishining etiopatogenezida evstaxiy nayi ventilyasion va drenaj funksiyasining uzoq vaqt buzilishiga olib keluvchi omillar uchrash chastotasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar 2021 yanvardan 2021 iyulgacha “Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi” va “Voice LOR Clinic” xususiy klinikasida  amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ekssudativ o‘rta otit bilan kasallangan bolalarda eshitishi pasayishi darajasini, kasallik bosqichlarini, nog‘ora bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarni, eshituv nayi disfunksiyasi darajasini baholashni o‘ziga xosligini olish maqsadida xar bir tashxislash uchun o‘rtacha 300 000-500 000 so‘mni,  qo‘shimcha ravishda tashxislash uchun 200 000-250 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Hamda kasallik darajasi va yondosh keltirib chiqaruvchi kasalliklarni aniq aniqlash orqali davolash ketma-ketligi ham o‘zgarib, buning natijasida bemorda ortiqcha jarrohlik amaliyotisiz, konservativ davo va etiologik omillarni bartaraf qilish yordamida kasallik samarali davolangani tufayli 1 000 000 – 1 500 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Ekssudativ o‘rta otit bilan kasallangan bolalarda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlash uchun  davlat byudjetidan 500 000 dan 750 000 so‘mni tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Allergik riniti bor bo‘lgan bemorlarda ekssudativ o‘rta otitning patogenezi va davolash tamoyillari” mavzusida ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yildagi 13 apreldagi 03-1214-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: umumiy qon taxlilida eozinofillar, immunologik taxlilda IgE miqdori yuqori bo‘lgan bolalarda EO‘O kataral, sekretor bosqichlari ustunligi, eshituv nayi vazifasi buzilishi asosan IV darajadaligi aniqlangan. tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati allergik rinit bilan kasallangan bolalarda ekssudativ o‘rta otitning o‘ziga xos kechishi, eshitish pasayishi turg‘unligi, shunga ko‘ra davolash usuli ham o‘zgarishini hisobga olish muhim hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar 2021 yanvardan 2021 iyulgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va “Voice LOR Clinic” xususiy klinikasi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar ekssudativ o‘rta otit kasalligi  bosqichlarining o‘ziga xosligini inobatga olib erta bosqichida aniqlash bolalarda turg‘un eshitish pasayishi oldini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha 500 000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: Ekssudativ o‘rta otit kasalligini yangi tashxislash amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari  mablag‘larni 500 000dan 1 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Allergik riniti bor bo‘lgan bemorlarda ekssudativ o‘rta otitning patogenezi va davolash tamoyillari” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy  etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yildagi 13 apreldagi 03-1214-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: allergik rinit bo‘lgan bolalarda EO‘O audiometriyada eshitish konduktiv tipda II va III darajada eshitish pasayganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar 2021 yanvardan 2021 iyulgacha “Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi” va “Voice LOR Clinic” shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari allergik rinit bilan kasallangan bolalarda ekssudativ o‘rta otit kasalligida har bir bosqichning o‘ziga xosligini baholashda eshitish pasayishi muddatga doir rivojlanishi mumkin bo‘lishi, buni oldini olish uchun audiologik ko‘rsatkichlar asosida tashxislash darajasini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar ekssudativ o‘rta otit kasalligida  bosqichlarning o‘ziga xosligini inobatga olib erta bosqichda aniqlash bolalarda turg‘un eshitish pasayishini oldini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha 500 000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: ekssudativ o‘rta otit kasallikda eshitish pasayishining o‘ziga xosligi tashxislash uchun  davlat byudjetidan 500 000dan 1 500 000 ming so‘m tejash imkonini bergan.  “Allergik riniti bor bo‘lgan bemorlarda ekssudativ o‘rta otitning patogenezi va davolash tamoyillari” mavzusidagi tadqiqotida olingan ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy  etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yildagi 13 apreldagi 03-1214-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: allergik rinit bo‘lgan bemorlarda EO‘O kataral va sekretor bosqichlarida davolash usullari asosan konservativ bo‘lib, nazal kortikosteroid, antileykotrien qo‘llangan, samarasiz bo‘lgandagina nog‘ora parda shuntlash va adenoidektomiya jarrohlik amaliyotini o‘tkazilishi samaradorligi baholangan. Ekssudativ o‘rta otit bilan og‘rigan bolalarni davolash uchun ishlab chiqilgan davolash algoritmi, nog‘ora bo‘shliqni shuntlash operasiyasi o‘tkazilgan bemorlarda operasiyadan keyingi davolashni optimallashtirish, nog‘ora pardaga o‘rnatish uchun ventilyasiya naychalarini tanlash va ularning qolish muddati bo‘yicha tavsiyalar ushbu guruhdagi bemorlarda barqaror klinik samaraga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi” va “Voice LOR Clinic” xususiy klinikasida  amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ekssudativ o‘rta otit allergik rinit fonida kechganida kasallik belgilari turg‘un va eshitish pasayishi darajasi yuqori bo‘lgani aniqlangan. Shunga ko‘ra davolash taktikasi belgilangan. Bu kasallikning bosqichlariga ham taalluqli. Kasallik o‘z vaqtida aniqlanishi va davo choralarini otorinolaringolog, allergolog va otoxirurglar bilan birgalikda olib borilishi xisobiga bolalarimizda kasallik oson, ya’ni konservativ yo‘l bilan davolangan. Kechki asoratlarda esa jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolangan. Allergik rinit bo‘lgan bolalarimizda xattoki jarrohlik amaliyotining o‘zigina samarasiz xisoblanadi. Qo‘shimcha ravishda konservativ davo muolajalarini o‘tkazish tavsiya qilingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalari asosida ekssudativ o‘rta otit bilan kasallangan bolalarimizda kasallikning etiologik omili, patogenetik ta’siri, bosqichlari va eshitish pasayishi darajasiga ko‘ra davo chorasi konservativ, jarrohlik usullari o‘z vaqtida va aniq belgilansa, turg‘un eshitish pasayishining oldi olinadi. Eshitish pasayishi butun dunyoda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xolat xisoblanadi. Davo choralari samaradorligiga ko‘ra bolalarda eshitish o‘z vaqtida tiklanadi va rivojlanmaydi. Bu esa o‘z navbatida nogironlik soni ortishini oldini oladi va har bir nogiron uchun davlat tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan nafaqa, ya’ni 1,5-2 mln.dan ortiq xarajatlarni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: Ekssudativ o‘rta otit bilan kasallangan bolalarda turg‘un eshitish pasayishi tufayli davlat byudjetidan to‘lanishi kerak bo‘lgan 1,5 - 2 mln.dan ortiq xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. “Allergik riniti bor bo‘lgan bemorlarda ekssudativ o‘rta otitning patogenezi va davolash tamoyillari” mavzusidagi tadqiqotida olingan yuqoridagi ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yildagi 13 apreldagi 03-1214-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish