Abilov Pulat Melisovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.Lucidum qo‘ziqorinidan ekstraktning eksperimental oksidlanish stressi sharoitida erkin radikal jarayonlariga ta’siri», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2808.
Ilmiy rahbar: Iriskulov Baxtiyar Uktyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Karabaev Amin Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: G.lucidumning qondagi erkin radikal oksidlanish jarayonlarining faolligi va oksidlovchi stress sharoitida gepatotsitlarning tuzilmaviy va funksional holatiga ta’sirini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oksidlanish stressi sharoitida eksperimental hayvonlari organizimida erkin radikal jarayonlarning faolligiga G.Lucidum asosidagi Cordy Goldning ta’siri birinchi marta isbotlangan;
eksperimental tadqiqotda G.Lucidum ta’sirida fermentlarning antioksidant faolligi ko‘rsatkichlarning an’anaviy antioksidantga  nisbatan qisqa vaqt ichida normallashishi isbotlangan;
G.Lucidumdan kurslik foydalanish oksidativ stress sharoitida jigarning morfologik tuzilmasini tiklashga olib kelishi isbotlangan;
oksidlanish stressida G.Lucidumdan foydalanish an’anaviy antioksidantga nisbatan qisqa vaqt ichida jigarning morfologik tuzilishini tiklashi isbotlangan;
Ganoderma lucidumni eksperimental oksidlanish stressi sharoitida qo‘llashda biokimyoviy va morfologik tadqiqot usullari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2023-yil 9-oktyabrdagi 10/029-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 22-sentyabrdagi 03-3403-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: oksidlanish stressi sharoitida eksperimental hayvonlari organizimida erkin radikal jarayonlarning faolligiga G.Lucidum asosidagi Cordy Goldning ta’siri birinchi marta isbotlangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 254-son hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 226-IAF-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimentda oksidlovchi stressni tuzatish uchun G.Lucidumdan foydalanish antioksidant himoya tizimi va lipid peroksidlanishi o‘rtasidagi muvozanatni tiklashga olib keldi, bu esa kalamushlar tanasida antioksidant fermentlar faolligining oshishi bilan bog‘liq. G.Lucidumning, tabiiy moddasida topilgan antioksidant faollik, rivojlanishi oksidlovchi stressga asoslangan kasalliklarni kompleks davolashni takomillashtirishda klinik tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jigar kasalliklarini kompleks davolashda G.Lucidumning kiritilishi davolash samaradorligini oshirishi va uning vaqtini qisqartirishi, bu esa davolanish xarajatlarini qisqartirishga olib kelishi bilan izohlanadi. Xulosa: tajriba G.Lucidumning antioksidant faolligini isbotladi. Jigar kasalliklarini kompleks davolashda G.Lucidumdan foydalanish davolash samaradorligini oshiradi, kasalliklarning asoratlari xavfini kamaytiradi, bu esa bemorlarni davolashga ajratilgan xarajatlarini iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental tadqiqotda G.Lucidum ta’sirida fermentlarning antioksidant faolligi ko‘rsatkichlarning an’anaviy antioksidantga  nisbatan qisqa vaqt ichida normallashishi isbotlangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 254-son hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 226-IAF-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: G.Lucidumni qo‘llash davolash samaradorligini oshirish va patogenezida oksidativ stress bo‘lgan kasalliklarni kompleks terapiya qilish uchun preparatlar arsenalini kengaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ish G.Lucidum ta’sirida antioksidant fermentlarining tizim faolligi klassik antioksidantni qo‘llashdan ko‘ra qisqa vaqt ichida tiklanganligini aniqladi. Bu davolanish vaqtini qisqartirishga yordam beradi. Shunday qilib, xususan, G.Lucidumdan foydalanganda, klassik antioksidant askorbin kislotasidan farqli o‘laroq, davolanish muddati taxminan 8-17 kunga qisqarishi mumkin. Bu davolanish uchun ajratilgan mablag‘ni tejash imkon berishi bilan izohlanadi. Xulosa: eksperiment G.Lucidumning tabiiy antioksidant preparat sifatida samaradorligini isbotladi, undan jigar kasalliklarini kompleks davolashda foydalanish davolash muddatini qisqartirish va davolanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: G.Lucidumdan kurslik foydalanish oksidativ stress sharoitida jigarning morfologik tuzilmasini tiklashga olib kelishi isbotlangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 254-son hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 226-IAF-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: G.Lucidumni qo‘llashda oksidlovchi stress paytida o‘zgargan kalamushlar jigarining arxitektonikasini tiklash preparatda gepatotrop ta’sir mavjudligini ko‘rsatadi. Bu G.Lucidumni nafaqat tajribada, balki klinikada jigar kasalliklari bilan o‘rigan bemorlarni kompleks davolashda gepatoprotektor sifatida tavsiya qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: oksidlanish stressida G.Lucidum kursidan foydalanish o‘zgartirilgan jigar arxitektonikasini tiklashga olib keladi. Shu munosabat bilan ushbu preparatni jigar kasalliklarini kompleks davolashda qo‘llash mumkin bo‘lgan holda davolash sifati oshishi mumkin, bu asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va davolanish muddatini qisqartiradi. Bu esa bemorlarni davolash uchun ajratilgan mablag‘ni tejash imkon berishi bilan izohlanadi. Xulosa: oksidlanish stressining eksperimental modelida tabiiy preparat G.Lucidumning membranani himoya qilish va gepatotrop ta’siri ko‘rsatildi. Jigar kasalliklarini kompleks davolashda gepatoprotektor sifatida G.Lucidumni kiritish kasallik asoratlari rivojlanishining oldini oladi, bu kasallikning davomiyligini va davolanish xarajatlarini kamaytish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: oksidlanish stressida G.Lucidumdan foydalanish an’anaviy antioksidantga nisbatan qisqa vaqt ichida jigarning morfologik tuzilishini tiklashi isbotlangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 254-son hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 226-IAF-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar kasalliklarini kompleks davolashda G.Lucidumdan foydalanish nisbatan qisqa vaqt ichida o‘zgargan jigar arxitektonikasini to‘liq tiklashga olib kelishi mumkin. Natijada davolash sifati va kasallikning prognozi yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: G.Lucidumni gepatoprotektor sifatida jigar kasalliklarini kompleks davolashga kiritish davolash sifatini yaxshilash va uning vaqtini qisqartirishi mumkin. Bu davolanish narxini va bemorning kasallik kunlarini to‘lov xarajlarini kamaytirishi bilan izohlanadi. Xulosa: oksidlanish stressi bilan o‘tkazilgan tajribada G.Lucidumning gepatotrop ta’siri isbotlanib, G.Lucidum klinik sinovlarga jigar kasalliklarini kompleks davolashda gepatoprotektor sifatida tavsiya etilishi natijasida davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: Ganoderma lucidumni eksperimental oksidlanish stressi sharoitida qo‘llashda biokimyoviy va morfologik tadqiqot usullari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi isbotlangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 254-son hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 226-IAF-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar kasalliklarini o‘rganishda taklif etilayotgan kompleks usuldan foydalanish tibbiyot muassasalarining laboratoriya va bo‘limlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jigar kasalliklarida biokimyoviy tadqiqot usullarini morfologik usullar bilan birgalikda qo‘llash diagnostika sifatini yaxshilash va bemorlarni malakali va maqsadli davolashga yordam beradi. Bu davolanish muddatini, bemorning ishlay olmaydigan kunlar sonini va bu uchun ajratilgan to‘lovlarni qisqartirishi bilan izohlanadi. Xulosa: tadqiqot issiq qonli hayvonlarning organizmidagi erkin radikal jarayonlarning intensivligi va eksperimental oksidlovchi stress sharoitida jigarning morfologik rasmidagi o‘zgarishlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni isbotladi. G.Lucidumdan foydalanganda antioksidant tizimi va lipid peroksidatsiyasi muvozanatga erishish o‘zgartirilgan jigar arxitektonikasini tiklashga to‘g‘ri keldi. Biokimyoviy tadqiqot usullarini morfologik usullar bilan birgalikda qo‘llash laboratoriyalarda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish