Nuryog‘dieva Mushtariy Murodjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onaning  gipotireoz  holatida homila bosh miyasidagi o‘zgarishlar», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib1130.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmatova Mukaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ul`tratovush tekshiruvi yordamida sog‘lom va gipotireoz holatidagi homilador ayollarning homilasini bosh miyasini tuzilmalarini ko‘rsatkichlarini rivojlanishini dinamikada o‘zgarishi, shuningdek tajribaviy gipotireoz holatida bosh miyaning morfologik o‘zgarishini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlikning turli davrlarida homilaning bosh miyasining asosiy anatomik tuzilmalari: tiniq pardaning bo‘shlig‘ini kengligi, silviev egatining chuqurligi, yon qorinchalarning kengligi, miyachaning ko‘ndalang diametri, katta sisternaning oldingi orqa o‘lchami, qadoqsimon tananing uzunligi homiladorlikning 2 skrining davrida jadal o‘sishi aniqlangan;
homila bosh miyasining anatomik ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasi o‘rganish asosida yangi hududiy protsentillar ishlab chiqilgan;
gipotireoz holatidagi onalar homilasining bosh miyasida qorinchalarning kengayishi, qadoqsimon tananing o‘lchamlarining me’yorga qaraganda kichikroq bo‘lishi, tiniq pardaning anomal shakllarda bo‘lishi, yon qorinchalarning tomchisimon bo‘lishi kabi belgilar uchrashi ilmiy asoslangan;  
tajribaviy gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlar bosh miyasida gipoksiyaning rivojlanishi nerv xujayralarida distrofiya va destruksiyaning morfologik belgilari bilan namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yildagi 30 noyabrdagi 06/31-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 31 maydagi 6I-11/x-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlikning turli davrlarida homilaning bosh miyasining asosiy anatomik tuzilmalari: tiniq pardaning bo‘shlig‘ini kengligi, silviev egatining chuqurligi, yon qorinchalarning kengligi, miyachaning ko‘ndalang diametri, katta sisternaning oldingi orqa o‘lchami, qadoqsimon tananing uzunligi homiladorlikning 2 skrining davrida jadal o‘sishi aniqlangani Andijon viloyati Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-tug‘ruq uyi bo‘yicha 14.03.2023 yildagi 54-soni hamda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar tumanlararo perenatal markazi bo‘yicha 29.05.2023 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bo‘yicha homilaning rivojlanishini baholash, homilada uchraydigan nuqsonlarni erta tashxislashga imkon yaratishi ilmiy asoslandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida yangi tug‘ilgan bolalarda kelib chiqadigan nuqsonlarni erta tashxislash va oldini olishni baholashni o‘ziga xosligini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha  onalar uchun 250000-500000 so‘mni, qo‘shimcha ravishda tashxislash uchun 200000-250000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: yangi tug‘ilgan bolalarda kelib chiqadigan nuqsonlarni erta tashxislash va oldini olishni baholashni o‘ziga xosligini aniqlash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 450000 so‘mdan 750000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: homila bosh miyasining anatomik ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasi o‘rganish asosida ishlab chiqilgan yangi hududiy protsentillar Andijon viloyati Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-tug‘ruq uyi bo‘yicha 14.03.2023 yildagi 54-soni hamda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar tumanlararo perenatal markazi bo‘yicha 29.05.2023 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan protsentillar asosida homilaning bosh miyasining qorinchalarida 95 protsentildan yuqori ko‘rsatkich ventrikulometgaliya haqida, qadoqsimon tananing ko‘rsatkichlarning 5 protsentiladn kichik bo‘lishi qadoqsimon tananing qisman eki to‘liq agneziyasi haqida xulosa qilishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar Tadqiqot natijalari asosida yangi tug‘ilgan bolalarda kelib chiqadigan nuqsonlarni erta tashxislash va oldini olishni baholashni o‘ziga xosligini olish maqsadida bir tashxislash uchun bir ona hisobiga o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: homilada yuzaga keladigan nuqsonlarni erta tashhishlash va oldini olish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mdan 1500000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: gipotireoz holatidagi onalar homilasining bosh miyasida qorinchalarning kengayishi, qadoqsimon tananing o‘lchamlarining me’yorga qaraganda kichikroq bo‘lishi, tiniq pardaning anomal shakllarda bo‘lishi, yon qorinchalarning tomchisimon bo‘lishi kabi belgilar uchrashi ilmiy asoslangani Andijon viloyati Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-tug‘ruq uyi bo‘yicha 14.03.2023 yildagi 54-soni hamda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar tumanlararo perenatal markazi bo‘yicha 29.05.2023 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot gipotireoz holatidagi ayollarning homilasida kuzatildagan nuqsonlarni erta aniqlash va ularni kamaytirish darajasini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar yangi tug‘ilgan bolalarda kelib chiqadigan nuqsonlarni erta tashxislash va oldini olishni baholashni o‘ziga xosligini olish maqsadida bir tashxislash uchun bir ona hisobiga o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: homilada yuzaga keladigan nuqsonlarni erta tashhishlash va oldini olish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mdan 1500000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: tajribaviy gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlar bosh miyasida gipoksiyaning rivojlanishi nerv xujayralarida distrofiya va destruksiyaning morfologik belgilari bilan namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangani Andijon viloyati Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-tug‘ruq uyi bo‘yicha 14.03.2023 yildagi 54-soni hamda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar tumanlararo perenatal markazi bo‘yicha 29.05.2023 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari tajribaviy gipotireoz holatida homilaning bosh miyasida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarni baholash va bu o‘zgarishlar rivojlanish algoritmini ishlab chiqarishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: joriy qilingan tadqiqot natijalari bosh miya nuqsonli chaqaloqlar homila rivojlanishini cheklaydi. Gipotireoz ayollarni davolash va nogiron bolalar tugilishini kamaytirish, imkoniyati cheklanganlik nafaqalarini kamayishiga olib keladi. Erta muddatda aniqlab davolanish uchun ketadigan sarf harajat kamayishiga olib keladi. Xulosa: homilada yuzaga keladigan nuqsonlarni erta tashhishlash va oldini olish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mdan 1500000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish