Mirzabekova Ozoda Alibekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlar o‘pkasi gialinli membrana kasalligining uchrash darajasi, xavfli omillari va patologik anatomiyasi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2801.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabbay Israilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Reyimnazarova Gulsara Jamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chaqaloqlarda o‘pka gialinli membrananing xavf omillarini tahlil qilish, gestatsiya davrlari bo‘yicha turlarining o‘ziga xos patomorfologik belgilarini aniqlash va «nafas buzilishi sindromi»dagi diagnostik ahamiyatini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gialin membrana kasalligida yuzaga kelgan o‘zgarishlarga asfiksiya va qog‘onoq suvining aspiratsiyasi, etilib tug‘ilgan chaqaloqlarda esa – homiladorlik davrida infeksiya yuqishi va qandli diabet natijasida qand miqdori ortishi bilan bog‘liq asoratlar sabab bo‘lishi isbotlangan;
gialin membrana kasalligida o‘pka to‘qimasida gialin membrana paydo bo‘lishi tufayli chala tug‘ilgan chaqaloqlarning aksariyati bir kungacha, ularning to‘rtdan bir qismi bir haftagacha, muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarning uchdan ikki qismi bir haftagacha yashaganligi, ularning yarmidan yarmidan ko‘pi o‘g‘il bolalar mansubligi, qizlarning nisbiy ko‘rsatkichi esa pastligi isbotlangan;
gialin membrana kasalligida uchta davrining o‘ziga xosligi birinchisida to‘rsimon oqsilning paydo bo‘lishi, ikkinchisida gomogen oqsilga aylanishi, uchinchisida alveolalar devori yuzasiga yopishgan gialin membranalarning paydo bo‘lishi natijasida tug‘ilgan chaqoloqlarda o‘limning yuzaga kelishi isbotlangan;
chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gestatsiya davri oshib borgan sari o‘pka to‘qimasida gialin membrana egallagan maydonning kengayishi natijada al`veolalar bo‘shlig‘ining faollik koeffisienti keskin kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yildagi 23 noyabrdagi 11/045-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 21 oktyabrdagi 09/09344-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gialin membrana kasalligida yuzaga kelgan o‘zgarishlarga asfiksiya va qog‘onoq suvining aspiratsiyasi, etilib tug‘ilgan chaqaloqlarda esa – homiladorlik davrida infeksiya yuqishi va qandli diabet natijasida qand miqdori ortishi bilan bog‘liq asoratlar sabab bo‘lishi isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 05.04.2022 yildagi 1-2/i-son hamda Respublika patologik anatomiya markazining Xorazm filiali bo‘yicha 16.09.2022 yildagi 33-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bo‘yicha gialin membrana kasalligida chaqaloqlarni oldindan prospektiv bashoratlash va tashxislash uchun xavf omillarni barataraf etish bo‘yicha aniq taklif ishlab chiqish, gialin membrana kasalligi morfogenetik rivojlanishi davrlari bo‘yicha oldini olish bo‘yicha etiopatogenetik davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar, bolalar o‘limini kamaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar uchun ilmiy asos yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gialin membrana kasalligida yuzaga kelgan o‘zgarishiga asfiksiya, qog‘onoq suvi aspiratsiyasi hamda homiladorlik davri infeksiyalarni yuqishi va qandli diabet kasalligi natijasida qand miqdori ortishini baholashni o‘ziga xosligini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha onalar uchun 250000-500000 so‘mni, qo‘shimcha ravishda tashxislash uchun 200000-250000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gialin membrana kasalligida onalarda va vafot etgan chaqoloqlarda yuzaga kelgan o‘zgarishlarni tashxislash uchun 1 nafar bemor hisbiga byudjet mablag‘larini 450000 so‘mdan 750000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gialin membrana kasalligida o‘pka to‘qimasida gialin membrana paydo bo‘lishi tufayli chala tug‘ilgan chaqaloqlarning aksariyati bir kungacha, ularning to‘rtdan bir qismi bir haftagacha, muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarning uchdan ikki qismi bir haftagacha yashaganligi, ularning yarmidan yarmidan ko‘pi o‘g‘il bolalar mansubligi, qizlarning nisbiy ko‘rsatkichi esa pastligi isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 05.04.2022 yildagi 1-2/i-son hamda Respublika patologik anatomiya markazining Xorazm filiali bo‘yicha 16.09.2022 yildagi 33-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar gialin membranali kasallikda davrlarning o‘ziga xosligini inobatga olib davrlarni erta bosqichida aniqlash bolalar o‘limini oldini olish va onalarda yuzaga keladigan xastaliklarni oldini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar gialin membranali kasallikda davrlarning o‘ziga xosligini inobatga olib davrlarni erta bosqichida aniqlash bolalar o‘limini oldini olish va onalarda yuzaga keladigan xastaliklarni oldini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: gialin membranali kasallikda uchta davrining o‘ziga xosligi tashxislash uchun 1 nafar bemor hisbiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mdan 1500000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: gialin membrana kasalligida uchta davrining o‘ziga xosligi birinchisida to‘rsimon oqsilning paydo bo‘lishi, ikkinchisida gomogen oqsilga aylanishi, uchinchisida alveolalar devori yuzasiga yopishgan gialin membranalarning paydo bo‘lishi natijasida tug‘ilgan chaqoloqlarda o‘limning yuzaga kelishi isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 05.04.2022 yildagi 1-2/i-son hamda Respublika patologik anatomiya markazining Xorazm filiali bo‘yicha 16.09.2022 yildagi 33-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari gialin membranali kasallikda uchta davrining o‘ziga xosligini baholashda chala tug‘ilgan chaqaloqlar yoshi va jinsi, muddatga doir rivojlanishi mumkin bo‘lgan gialin membrana kasalligida o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish uchun asosli klinik morfologik tavsiyalar asosida tashxislash darajasini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar gialin membranali kasallikda davrlarning o‘ziga xosligini inobatga olib davrlarni erta bosqichida aniqlash bolalar o‘limini oldini olish va onalarda yuzaga keladigan xastaliklarni oldini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: gialin membranali kasallikda uchta davrining o‘ziga xosligini tashxislash uchun 1 nafar bemor hisbiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mdan 1500000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gestatsiya davri oshib borgan sari o‘pka to‘qimasida gialin membrana egallagan maydonning kengayishi natijada al`veolalar bo‘shlig‘ining faollik koeffisienti keskin kamayishi isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 05.04.2022 yildagi 1-2/i-son hamda Respublika patologik anatomiya markazining Xorazm filiali bo‘yicha 16.09.2022 yildagi 33-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari o‘pka to‘qimasida gialin membranasining qoplanish natijasida bir oygacha bo‘lgan bolalar o‘pka to‘qimasida yuz beradigan morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar asosida bu kasalliklarni retrospektiv va prospektiv usulda baholash orqali klinisistlarga xastalik orqali tug‘ilgan bolalar va homiladorlarni olib borish taktikasini baholash algoritmini ishlab chiqarishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gestatsiya davri oshib borgan sari o‘pka to‘qimasida gialin membrana egallagan maydon kengayishi natijada al`veolalar bo‘shlig‘i faollik koeffisienti keskin kamayishi oldini olishga qaratilgan algoritm orqali bolalar o‘limini oldini olish natijasida bir marta bolalarni tashxislash uchun kamida davlat byudjetidan bir kurs uchun 2 mln. so‘mdan ortiq xarajatlarni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gestatsiya davri oshib borgan sari o‘pka to‘qimasida gialin membranali xastalikni tashxislash uchun 1 nafar bemor hisbiga bir kurs uchun byudjet mablag‘larini 2 mln. so‘mdan ortiq iqtisod qilish imkonini bergan.