Nasirov Yigitali Kadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikning biokimyoviy jihatlari ”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3263
Ilmiy rahbar: Jabborov Ulug‘bek Uzoqovich , tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01
Rasmiy opponentlar: Najmiddinova Dilbar Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbaev Rustam Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi perinatal davrdagi patalogiyalarni kamaytirish uchun COVID-19ning turli shakllari bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikning miqdori va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikning biokimyoviy tarkibi turlicha ekanligi va kasallikning og‘irligiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
koronavirus infeksiyasiga chalingan homilador ayollarda homilaning amniotik suyuqligidagi o‘zgarishlarning bilvosita belgisi sifatida umumiy oqsil miqdori past bo‘lib, ular qurilish, energiya, transport va boshqa muhim funksiyalarni amalga oshirishi, homilada uglevod almashinuvida ishtirok etadigan alfa-amilaza konsentratsiyasi xam past bo‘lishi aniqlangan;
COVID-19 yuqtirgan homilador ayollarning amniotik suyuqligida ishqoriy fosfataza faolligi darajasi oshib, homila jigar hujayralarining shikastlanishiga va homilada anemiya rivojlanishining bilvosita sabablaridan biri ekanligi asoslangan;
ikkinchi trimestrda COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning amniotik suyuqligida bu oqsillar miqdorining kamayishi homila sirt faol moddalar tizimining tarkibi va rivojlanishining o‘zgarishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarning perinatal natijalarini yaxshilashga qaratilgan izlanishlar natijalari amaliy sog‘liqni saqlash sohalarida, jumladan, Respublika, Toshkent shahar va Navoiy viloyati perinatal markazlarida homilador ayollar patologiyasi bo‘limi va konsultatsiya poliklinikalari joriy etildi.(O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 10 yanvardagi 8 n-d/27-sonli guvohnomasi).
birinchi ilmiy yangilik: birinchi bo‘lib Respublika perinatal markazi buyrug‘iga asosan, Toshkent davlat tibbiyot markazi va Navoiy viloyat klinik markazi klinik amaliyotida COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikning biokimyoviy tarkibi o‘zgarishi va bevosita kasallikning og‘irligi bilan bog‘liqligi isbotlangan (№ 1). 2023-yil 10-yanvardagi 18 va/3). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikning biokimyoviy tarkibi o‘zgarishi kasallikning og‘irlik darajasiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan.Bu esa perinatal asoratlar va o‘limning oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikning biokimyoviy tarkibini o‘rganish xarajatlari kasalxonada o‘tkazilgan bemorlar holatining og‘irligiga bevosita bog‘liq bo‘lib, shu orqali kasalxonaga yotqizish belgilanadi.1 kunlik kasalxonada bo‘lish uchun to‘lov miqdori 223 500 so‘m; (jami iqtisodiy samaradorlik har bir bemorga 447 000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikning biokimyoviy tarkibi ko‘rsatkichlarini laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish har bir bemor uchun 447 ming so‘m byudjet mablag‘larini, 269 ming so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Respublika perinatal markazining buyrug‘i bilan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning amniotik suyuqligida qurilish, energiya, transport va boshqa muhim funksiyalarni bajaradigan umumiy oqsilning past darajasi va homilada uglevod almashinuvida ishtirok etuvchi alfa-amilaza kontsentratsiyasining pastligi Toshkent davlat tibbiyot markazi va Navoiy viloyat klinik markazi akusherlik va ginekologiya amaliyoti davomida aniqlanishi joriy etildi (2023-yil 10-yanvardagi 18-i-i/3-son). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilaning amniotik suyuqligida qurilish, energiya, transport va boshqa muhim funksiyalarni bajaradigan umumiy oqsilning past darajasi va uglevod almashinuvida ishtirok etadigan alfa-amilaza kontsentratsiyasining pastligi homilaning amniotik suyuqlikligida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollardagi homilaning metabolizmini aniqlash perinatal asoratlar va o‘limni erta aniqlash xamda oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning amniotik suyuqlikdagi umumiy oqsil darajasi ko‘rsatkichlarini o‘rganish xarajatlari kasalxonaga yotqizilgan pulni tejash uchun: kasalxonada yotish 1 kunlik to‘lov miqdori 223 500 so‘m; (jami iqtisodiy samaradorlik har bir bemorga 447 000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning amniotik suyuqlikdagi umumiy oqsil miqdorini o‘rganish xarajatlari har bir bemor uchun 447 ming so‘m byudjet mablag‘larini, 269 ming so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: Respublika Perinatal markazining buyrug‘i bilan (18-son i-i/3-son 01/10/2023), COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarning amniotik suyuqligida homila jigar hujayralari va platsentaning shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan homiladorlik patologiyalariga sabab bo‘ladigan ishqoriy fosfataza faolligi oshishini aniqlash Toshkent davlat tibbiyot markazi va Navoiy viloyat klinik markazi klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikda ishqoriy fosfataza faolligi darajasining oshishi natijasida kuzatiladigan homila jigar hujayralarining va platsentaning shikastlanishi bilan namoyon bo‘luvchi homiladorlik patologiyalarini aniqlash perinatal asoratlar va o‘lim holatlarini erta aniqlash hamda oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikda ishqoriy fosfataza faolligi darajasi oshganligi qayd etilganda kasalxonaga yotqizish uchun tejalgan mablag miqdori:1 kunlik kasalxonada qolish uchun to‘lov-223 500 so‘m; (umumiy iqtisodiy samaradorlik har bir bemor uchun 2 235 000 so‘mni tashkil etdi), shuningdek, o‘z vaqtida profilaktik terapiya o‘tkazish byudjetdan tashqari 637 800 mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikda ishqoriy fosfataza miqdori oshgan holatlarida laboratoriya tekshiruvlaridan foydalanganda homila jigar hujayralari va platsentaning shikastlanishi bilan homiladorlik patologiyalarini profilaktik davolash byudjet mablag‘larini har bir bemor uchun 2 235 000 so‘mga va byudjetdan tashqari 637 800 so‘m mablag‘ni tejaydi
turtinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba amniotik suyuqlikda sfingomielin va fosfatidilxolin (lesitin) kabi xomila surfanktant tizimining o‘ziga xos membrana oqsillari o‘rganildi. Ikkinchi trimestrda COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda homilaning amniotik suyuqligida bu oqsillar miqdorining kamayishi homila surfanktant tizimining tarkibi va ishlab chiqarilishining o‘zgarishiga olib kelishi aniqlandi. Homilada surfanktant tizimining o‘zgarishi yoki to‘liq rivojlanmaganligi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nafas olish qiyinlishuvi sindromining rivojlanishiga olib kelishini aniqlash Respublika perinatal markazi buyrug‘iga asosan (18 i-i/3-sonli 01/10/2023-sonli) Toshkent viloyat tibbiyot markazi va Navoiy klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ikkinchi trimestrda COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikdagi xomila surfanktant tizimi membranalarining o‘ziga xos oqsillari miqdorining kamayishi homila surfanktant tizimining tarkibi va hosil bo‘lishining o‘zgarishiga olib kelishi yangi tug‘ilgan chaqaloqning perinatal nafas olish kasalliklarining keng qamrovli medikomentoz profilaktikasi uchun asos bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikdagi sfingomielin va fosfatidilxolin (lesitin) kabi homila membranalarining o‘ziga xos oqsillarini o‘rganish, miqdorini aniqlash narxi kasalxonaga yotqizish davomiyligida pulni tejalishiga olib keldi:1 kunlik kasalxonada qolish uchun to‘lov miqdori-223500; (umumiy iqtisodiy samaradorlik har bir yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun 1,341,000 so‘m), shuningdek, o‘z vaqtida profilaktika terapiya o‘tkazish 452,000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon beradi. Xulosa: laboratoriya usullaridan foydalanganda, COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda amniotik suyuqlikdagi sfingomielin va fosfatidilxolin (lesitin) kabi xomila surfanktant tizimining o‘ziga xos membrana oqsillarini o‘rganish narxi kasalxonaga yotqizish muddatida pul tejalishiga olib keladi: 1 kunlik kasalxonada qolish uchun to‘lov miqdori-223500; (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1,341,000 so‘m har bir yangi tug‘ilgan chaqaloqqa), shuningdek, o‘z vaqtida profilaktika terapiya o‘tkazish 452,000 byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon beradi.